25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 05:20
Jamiyat 👁 1,337

Meningit xavfli, yuqumli kasallik, undan saqlaning!

Meningit xavfli, yuqumli kasallik, undan saqlaning!

Kunlar soviy boshlagani sari yuqumli kasalliklar avj oladi. Ana shunday dardlardan biri - meningit. Xoʻsh, meningit qanday kasallik? Kelib chiqish sabablari, yuqish yoʻllari va davolanish usullari nimalardan iborat? Ushbu kasallikka chalinmaslik uchun qanday jihatlarga eʼtibor berish kerak?

Meningit – miya pardalarining oʻtkir yalligʻlanishi bilan kechadigan yuqumli kasallik. Meningitning ogʻir turlari bolalik davrida koʻp kuzatiladi. Katta yoshdagilarda meningit kam uchraydi va biroz yengil kechadi. Kasallik havo haroratining oʻzgarishlari, ovqat ratsionidagi cheklashlar, vitamin yetishmasligi, sovuq havo hamda kishilarning kam shamollatiladigan xonalarda yigʻilishi yuz beradi.

Meningit qanday belgilarga ega?

Toʻsatdan bolaning tana harorati 40°S gacha oshadi, kuchli bosh ogʻrigʻi paydo boʻladi, ketma-ket qayt qiladi, boshi orqaga qayrilib, yotib qoladi. Biroz vaqt oʻtmay bola hushini yoʻqotib, komaga tushishi yoki tutqanoq xurujlari kuzatilishi mumkin. Meningitning baʼzi turlarida tanaga toshmalar toshib ketadi. Kasallikning erta bosqichlarida meningit yashin tezligida rivojlanadi va ong chalkashishi, haddan tashqari holsizlik yoki qoʻzgʻalish, gallyutsinator hodisalar namoyon boʻlishi ham mumkin.

Meningit kasalligi kuzatilsa nima qilish kerak?

Zudlik bilan “tez yordam” chaqiriladi va bola shifoxonaga olib boriladi. Bemorni uyda qoldirish mutlaqo mumkin emas. Bemor yotgan uy dezinfektsiya qilinishi va oila aʼzolari mutaxassis shifokor tekshiruvidan oʻtib, nazoratga olinishi lozim.

Davolash usullari

Meningit tashxisi bilan bemor oʻz vaqtida shifoxonaga olib borilsa, u 10 kun ichida tuzalib ketadi. Bemor komaga tushgan holatlarda davolash muddati choʻzilib ketishi va asoratlar qolishi mumkin. Shu yerda bitta muammoni aytib oʻtish kerak. Baʼzi ota-onalar boladan orqa miyani funktsiya qilib miya suyuqligini tekshirishga toʻsqinlik qilishadi. Ushbu muhim tekshiruvga toʻsqinlik qilish aslo mumkin emas. Bu tekshiruvni bolaning ota-onasi ruxsatisiz, tibbiy koʻrsatmalarga binoan mutaxassis-shifokor bemalol oʻtkazishi lozim. Chunki miya suyuqligini olib tekshirib turish, miyaning ichki bosimi oshib ketishining oldini oladi va bemor komaga tushmaydi. Hatto komada yotgan bemor hushiga keladi, miya ortiqcha yiringli suyuqlikdan xalos boʻladi va uning oʻrniga toza miya suyuqligi ishlab chiqariladi.

Kasallik asoratlari

Aksariyat hollarda hech qanday asorat qolmaydi. Biroq davolash kech boshlangan holatlar yoki meningitning ogʻir turlarida turli asoratlar qolishi mumkin. Bunday bolalarda surunkali bosh ogʻriqlar, oʻta injiqlik va jizzakilik, miya ichki bosimining surunkali tarzda oshib borishi, xotira buzilishlari, parishonxotirlik kabi asoratlar vujudga kelish havfi bor. Juda kam holatlarda eshitish pasayishi, tutqanoq xurujlari va aqliy rivojlanishdan orqada qolishi kuzatiladi. Bunday bolalar doimiy ravishda nevropatolog nazoratida davolanib yurishlari lozim.

Davron Gulmirzayev, tuman DSENM epidemiolog-shifokori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026