Partiya taşabbusi bilan bepul öquv kurslari taşkil qilinmoqda
Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi taşabbusi bilan ötkazilayotgan qator loyihalar köplab yoşlarni öz atrofiga jamlab, iqtidor va qobiliyatlarini namoyon etişlarida, kasb-hunar egallaşlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, partiya tomonidan yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlari, kam taʼminlangan oilalar farzandlarini turli xil fan va hunar tögaraklariga jalb qiliş maqsadida taşkil etilgan “Xizmat – beminnat” loyihasi amalda öz samarasini bermoqda.
Mazkur loyiha Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi dasturiy vazifalari hamda Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasida yoşlarga oid belgilangan vazifalarni amalga oşiriş, şuningdek, “Ijtimoiy şeriklik töğrisida”gi va “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi qonunlar ijrosini taʼminlaş maqsadida amalga oşirilmoqda.
Partiya taşabbusi bilan ötkazilayotgan mazkur loyiha bilim va kasb-hunar örganiş istagida bölgan yoşlarni öz atrofiga birlaştirib, yoşlarning kelajakda yetuk mutaxassis bölib yetişişlariga zamin yaratmoqda.
Loyiha doirasida partiyaning tuman kengaşi tomonidan ötgan yil davomida jami 14 ta bepul öquv kurslari taşkil etildi. Mazkur loyiha böyiça 120 dan ziyod yoşlar bepul taʼlim va kasb-hunarga jalb qilinib, ularga 14 nafar köngilli öqituvçi va murabbiylar rahbarlik qilgan bölsa, joriy yilda ham uşbu yönalişdagi işlar izçillik bilan davom ettirilmoqda.
Jumladan, 8-fevral kuni tumandagi 40-sonli va 16-sonli umumtaʼlim maktablarida Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi tuman Kengaşi taşabbusi bilan uşbu loyihasi doirasida jami 9 nafar köngilli öqituvçilar tomonidan jami 36 nafar öquvçilar uçun ingliz tili, ona tili, fizika, matematika, kimyo va boşqa fanlar böyiça bepul öquv kurslari oçildi.
Loyihani taşkil etişdan közlangan maqsad – yoşlarni öz kasbining yetuk mutaxassisi sifatida şakllanişiga, intellektual, ijodiy, jismoniy, ahloqiy va boşqa yönalişdagi salohiyatlarini kamol toptirişiga kömaklaşiş, kelajagimiz egalarining ongida soğlom turmuş tarziga könikmalarini şakllantiriş, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularni ahloqiy negizlarni buzişga olib keladigan xatti-harakatlar hamda ğoyalardan himoya qilişga munosib xissa qöşişdir.
Aytiş kerakki, “Xizmat – beminnat” loyihasi doirasida taşkil qilingan öquv kurslarida yoşlarga ilm-fan va kasb-hunar sirlarini örgatayotgan öqituvçilarning aksariyati “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasining faol aʼzolaridir. Iştirokçi yoşlar ham öquv kurslarida faqatgina tegişli fanga oid bilim hamda könikmalarini şakllantirib qolmasdan, partiyaning maqsad va vazifalari haqida tuşunçalarga ham ega bölmoqdalar. Bu esa ularning orasidan kelgusida yetuk siyosatçilar ham yetişib çiqişiga zamin hozirlaydi.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶