Navoiy ijodiga bağişlangan tadbir ötkazildi
Ayni kunlarda butun mamlakatimiz böylab söz mulkining sultoni, mutafakkir bobomiz Alişer Navoiy tavalludining 578 yilligiga bağişlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bölib ötmoqda.
Şunday tadbirlardan biri 9-fevral kuni Manğit Iqtisodiyot kollejida ham bölib ötdi.
Kollejning “English Speaking Students” klubi aʼzolari tomonidan taşkillaştirilgan uşbu marosimga kollej rahbarlari, öqituvçilar, öquvçilar iştirok etdilar. Dastlab kollej direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Yaxşimurod Ahmedov Alişer Navoiy ijodi haqida, şuningdek, uning öz davrida adabiy jarayonga boşçilik qilib, köpgina iqtidorli şogirdlar tarbiyalab yetiştirgani, davlat boşqaruvi, siyosat va ijtimoiy sohalardagi ulkan xizmatlari, Navoiy ijodini örganişga berilayotgan bugungi kundagi eʼtibor haqida batafsil gapirdi.
Kollejning ijodkor va isteʼdodli öquvçilari Navoiy hayotiga oid sahna körinişlari namoyiş etişdi, alloma bobomizning ijodidan namunalar öqidilar.
Şuningdek, tadbirda kollejning axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan “Milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi” deb nomlangan kitoblar körgazmasi namoyiş etildi. Körgazmadan Alişer Navoiy ijodi namunalari, dostonlari va hikmatli sözlari joy oldi. Dunyo tamadduniga ulkan hissa qöşgan köplab fozillar, şoirlar, mutafakkirlarning beşigi bölgan yurtimizda Alişer Navoiy siymosi özbek tilining asosçisi, buyuk ijodkor sifatida alohida ehtirom bilan tilga olinadi. Ularning maʼnaviy merosini yoşlarga çuqur örgatişda ana şunday tadbirlar bu borada muhim ahamiyatga ega.
Sayyora Ibodullayeva, şu kollej öqituvçisi.
Bekzod Ismoilov, Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti yetakçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶