Taassurotlarga boy bölgan tadbir
9-fevral kuni 70-sonli umumtaʼlim maktabida uluğ şoir va olim, buyuk mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alişer navoiy tavalludining 578 yilligiga bağişlangan tadbir ötkazilib, unda maktabning yuqori sinf öquvçilari iştirok etdilar.
Tadbirni maktab direktori G.Yusupov kiriş söz bilan oçib, A.Navoiy hayoti va ijodi töğrisida, uning ölmas asarlari haqida gapirdi.
Şundan söng maktab kutubxonaçisi Ç.Abdurahmonov sözga çiqib, maktab öquvçilarida A.Navoiy ijodiga bölgan qiziqişning tobora ortib borayotganligi töğrisida söz yuritdi.
Tadbir davomida maktab öquvçilari A.Navoiy siymosini yaratiş, uning şeʼrlarini ifodali öqiş va savollarga javoblar qaytariş böyiça özaro bellaşdilar.
Tadbir yakunida maktab psixologi M.Örinboyeva uşbu tadbirning tarbiyaviy ahamiyati haqida gapirdi va öquvçilarning uluğ şoir va mutafakkir A.Navoiy ijodiga bölgan qiziqişlariga, uni yanada teranroq anglaş yölidagi harakatlariga munosib baho berdi.
A.Navoiy tavalludining 578 yilligiga bağişlab ötkazilgan bu tadbir maktab öquvçilarida katta taassurot qoldirdi.
Mohira YÖLDOŞEVA, “Muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶