25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 05:20
Jamiyat 👁 827

HUQUQIY MADANIYaTNI YuKSALTIRISh JAMIYaT TARAQQIYoTINI TAʼMINLAYDI

HUQUQIY  MADANIYaTNI YuKSALTIRISh JAMIYaT TARAQQIYoTINI TAʼMINLAYDI

Soʻnggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Bu borada bugungi kunga qadar bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan uygʻun ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini va asosan yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan shu yil 9-yanvarda qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon ham ana shu hujjatlarning uzviy davomi boʻldi.

Mazkur Farmon talablariga asosan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish kontseptsiyasi” va “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish kontseptsiyasini 2019-yilda samarali amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. Farmonga asosan jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari belgilandi. Unga koʻra aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimi shakllantiriladi. Maktabgacha taʼlim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyat chuqur singdirib boriladi.

Bolalar uchun maxsus huquqiy portal yaratilib, unda Konstitutsiyani oʻrgatishga doir ilk tushunchalar, kundalik hayotda qoʻllashga moʻljallangan boshlangʻich huquqiy bilimlar, huquqni targʻib qiluvchi turli xil oʻyinlar, mashgʻulotlar va dasturlar boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar, boshqa zarur maʼlumotlar muntazam berib boriladi.

Mahallalarda malakali mutaxassislar, advokatlar, notariuslar, yuridik xizmatlar xodimlari va boshqalar tomonidan aholiga huquqiy tushuntirishlar berilishi taʼminlanadi. Yoshlarga oʻz huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlarini oʻrgatishga qaratilgan loyihalar keng joriy qilinadi. Shuningdek, advokatlik tuzilmalari va advokatlar tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam koʻrsatish tizimi rivojlantiriladi. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning kelgusida ijtimoiy hayotga moslashuvi uchun koʻmak berish maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida masofadan turib taʼlim olish tizimini yoʻlga qoʻyish ham koʻzda tutilmoqda.

Turli hayotiy holatlar boʻyicha huquqiy yechim taklif etiladigan va davlat xizmatlari koʻrsatish elektron tizimi bilan bogʻlanadigan Advice.uz huquqiy axborot tizimi ham yaratiladi.

Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilandi hamda bu bilan masʼuliyat yanada oshirildi.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, huquqiy taʼlim va tarbiya ishlarini jadallashtirish, aholi orasida huquqiy bilimlarni keng targʻib va tashviq qilish, qabul qilinayotgan farmonlar, hukumat qarorlari, qonunlarni odamlarga yetkazish, xalqimizning islohotlar mohiyatini teran tushunib-anglashiga erishish biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat poydevori hisoblanadi. Oʻta dolzarb boʻlgan mazkur Farmon bu borada muhim asos boʻlib xizmat qilishi shubhasizdir.

I.Aldabergenov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Adliya vazirligi bosh maslahatchisi,

2-darajali yurist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026