Nogironligi bölgan yoşlar örtasida “Vatan-mening nigohlarimda” tanlovi ötkazildi
Insonlar örtasida özaro mehr-oqibat körsatiş, kömakka muhtoj kişilarga beğaraz yordam körsatiş, ularni qöllab-quvvatlaş kabilar yurtimizda milliy qadriyat sifatida davom ettirib kelinmoqda. Ayniqsa, imkoniyati çeklangan kişilarga kömaklaşiş, ularni moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaş, imkon darajasida mehnatga jalb etiş, hayotimizning barça jabhalarida iştirok etişlariga imkoniyat yaratiş va haq-huquqlarini himoya qiliş borasida doimiy ğamxörlik körsatib kelinmoqda.
bölgan yoşlar orasida isteʼdodli yoşlarni izlab topiş, yangi umidli ijodkorlarni kaşf etiş, öz isteʼdodlarini, ijod namunalarini namoyon qilişlari uçun şaroit yaratiş va yuzaga çiqariş maqsadida turli körik-tanlovlar ötkazilib, ularga keng imkoniyat yaratilmoqda. Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi, Nogironlar jamiyati tuman bölinmasi, tuman Xalq taʼlimi bölimi hamkorligidagi “Vatan-mening nigohlarimda” tanlovi ham şu maqsadda ötkazildi va unda tumanimizdagi nogironligi bölgan yoşlar iştirok etdilar.
22-fevral kuni Amudaryo qişloq xöjaligi kasb-hunar kolleji binosida ötkazilgan mazkur tanlovning tuman bosqiçi ikki guruhga bölib ötkazildi. Birinçi guruhda 7-14 yoş, ikkinçi guruhda 14-30 yoş oraliğidagi nogironligi bölgan yoşlar qatnaşişdi. Ular turli yönalişlar böyiça öz ijodiy işlarida Vatanga bölgan muhabbatini, mehrini, tasavvurlarini ifoda etişga harakat qildilar. Astoydil işlangan ijod namunalari belgilangan hakamlar hayʼati tomonidan körib çiqildi va har bir yönaliş böyiça ğoliblar aniqlandi.
Tanlov yakuniga köra, 7-14 yoş toifasi böyiça rassomçilik yönalişida 1-örin 61-sonli maktab öquvçisi Samandar Abdullayev, 2-örin 69-sonli maktab öquvçisi Zulayho Karimboyeva, 3-örin 74-sonli maktab öquvçisi Diyorbek Ortiqovlarga, 20-30 yoş toifasidagi rassomçilik yönalişida esa 1-örin Aziza Yöldoşeva, şu yoş toifasi böyiça tikuvçilik yönalişida 1-örin Sohida Köklanova, biser töqiş yönalişida 1-örin Yulduz Karimovalarga berildi.
Ğoliblar taşkilotçilar tomonidan “Faxriy yorliq” va sovğalar bilan taqdirlandilar. Şuningdek, 1-örin ğoliblariga Respublika bosqiçiga yöllanma ham berildi.
M.Örazimbetov, yoşlar ittifoqi tuman
Kengaşining Yoşlarni ijtimoiy himoyalaş
va matbuot bilan işlaş böyiça boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶