“Eng namunali sardorlar Kengaşi” tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi
Özbekiston yoşlar ittifoqi ösmir-yoşlarning intellektual qobiliyatini oşiriş, qiziqişlari doirasini kengaytiriş, bilimdon bölib voyaga yetişlariga erişiş borasida köpgina saʼy-harakatlarni amalga oşirmoqda.
“Eng namunali sardorlar Kengaşi” tanlovi ham şular jumlasidandir.
Şu yilning 27-fevralida 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida mazkur tanlovning tuman bosqiçi ötkazildi. Tanlov 1-7-sinflar va 8-11-sinflar öquvçilari orasida bölib ötdi va unda 1-7-sinflar sardorlaridan 7 ta, 8-11-sinflar sardorlaridan 7 ta jamoa özaro bellaşdilar.
Tanlov uçta şart böyiça ötkazildi. “Bu bizning faoliyat” deb nomlangan ilk şartda iştirokçi jamoalar sardorlar kengaşi tomonidan amalga oşirilayotgan işlarni badiiy çiqiş orqali taniştirdilar.
“Bizning imkoniyatlarimiz” deb nomlangan ikkinçi şartda iştirokçi jamoalar keyingi öquv yilidagi sardorlar Kengaşi faoliyati yönalişlaridan kelib çiqib, bugungi kunda öquvçi-yoşlar örtasida dolzarb bölgan muammolar va uning yeçimiga bağişlangan loyihani işlab çiqib, körgazmali vositalardan foydalangan holda sahnada himoya qildilar.
Uçinçi şartda esa sinf sardorlar Kengaşi aʼzolari 5 daqiqa içida ijtimoiy, siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy va Özbekiston yoşlar ittifoqi, “Kamalak” bolalar taşkiloti, şuningdek, sinf sardorlar Kengaşi faoliyatiga oid 10 ta savollarga javoblar berdilar.
Tanlov yakunida 1-7-sinflar sardorlari örtasida 76-sonli maktabning “Kelajak” jamoasi ğolib böldi. Ikkinçi örinni 11-sonli maktabning “Nihol”, uçinçi örinni 31-sonli maktabning “Temuriylar avlodi” jamoasi egalladi. Şuningdek, 8-11-sinflar sardorlari örtasidagi bahsda 15-maktabning “Kelajak” jamoasi ğoliblikni qölga kiritdi. Ikkinçi örinni 76-sonli maktabning “Yoşlar”, uçinçi örinni 40-sonli maktabning “Özbekiston yoşlari” jamoasi egalladi.
Ğoliblar va iştirokçilar Özbekiston yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi tomonidan rağbatlantirildi.
O.Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶