Huquqbuzarga maʼmuriy jazo tayinlandi
... Yaqinlarini çorlab töy qilayotgan xonadon egalari Abdulla aka va Gulsara opalar (ismlar özgartirilgan) quvonçini kelgan mehmonlar bilan birga baham körib, nihoyatda xursand edi. Mansur ham dösti Nodirning quvonçiga şerik bölib, uni tabriklaş uçun töyga keldi. Dösti undan kuyovjöra bölişni iltimos qilganida şunday kunida yonida turib astoydil xizmat qiliş uçun darrov rozi bölganida hali oldinda uni nimalar kutayotganidan aslo xabari yöq edi. Hammasini eplay olaman deb öylagan yigit bazm boşlanganidan mast-u alast mehmonlarning kuyovjöra bölsang sen ham “erişing” kerak, deya içkilik sörab, hadeb kelaverişidan bezor böldi. Ularning tixirliklaridan asablari tarang bölib turganida yana bir notaniş yigit kelib, çekkaroqqa tortdi va u ham içkilik talab qila boşladi.
Mansurning bundan toqati toq böldi va berolmasligini aytib, ketişga çoğlandi. Ammo notaniş yigitga bu yoqmadi. Mast bölganligi uçun özini har qaçongidan ham qudratli his qilib, sözini rad qilgan Mansurga zörligini körsatib qöymoqçi böldi va yuziga muşt tuşirdi. Şirakayf Sardorning kutilmagandagi ketma-ket zarbalaridan esankirab qolgan Mansur özini önglay olmay yerga yiqildi.
Kuyovjöralik qimmatga tuşgan Mansurni behuş holda şifoxonaga olib kelişdi. Uni tibbiy tekşiruvdan ötkazib, umumiy ahvoli oğir bölganligi uçun jonlantiriş bölimiga yotqizişdi. Öziga kelib qilmişining oqibatidan xabardor bölgan Sardor puşaymonligini aytib, keçirim söradi.
Içkilik taʼsirida kimningdir yaxşi niyat bilan qilayotgan töyida janjal kötarib, bir insonga tan jarohati yetkazgan Sardorga bu huquqbuzarligi uçun Maʼmuriy işlar böyiça tuman sudi tomonidan tegişli qonunga muvofiq çora körildi va u qilmişiga yaraşa jazolandi.
M.Karimboyeva, tuman Maʼmuriy sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶