Pensiya va nafaqalar böyiça muammolar bölmaydi
Mamlakatimizda faxriylarga, keksalarga, pensionerlarga, nogironligi bölgan, boquvçisini yöqotgan fuqarolarga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada davlat pensiyalarini tayinlaş, moliyalaştiriş, ularning tölanişini hisobga oliş, tölovlarni nazorat qiliş hamda tizim faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça Prezidentimiz tomonidan bir neça farmon va qarorlar qabul qilindi. Moliya Vazirligi huzuridagi Byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi Amudaryo tuman bölimida ham 2019-yil «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili» Davlat dasturi asosida bir qança işlar amalga oşirilmoqda. Tumanda 2019-yil 1-yanvar holatiga jami pensiya, ijtimoiy nafaqa oluvçilardan yoşga doir pensiya oluvçilar 15615 nafarni, nogironlik böyiça pensiya oluvçilar 2360 nafarni, boquvçisini yöqotganlik pensiyasi oluvçilar 970 nafarni, pensiya tayinlaş uçun zarur iş stajiga ega bölmagan qariyalar va boquvçisini yöqotganlar uçun ijtimoiy nafaqa tölanadiganlar 2025 nafarni taşkil etadi. Fuqarolarga pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlaş masalalari jarayonida asosiy eʼtibor pensiyalarning qonun talablari asosida töğri tayinlanişi uçun korxona va taşkilotlar, arxiv idorasi tomonidan iş staji va iş haqi töğrisidagi maʼlumotlar töğri belgilanganligi joylarga çiqib tekşirilib, keyin tölovga ötkazilişiga qaratildi va bu özining ijobiy natijalarini berdi.
2018-yil davrida mutaxassislar pensionerlar bilan uçraşib, mablağlarning maqsadli yetkazib berilişi yuzasidan monitoring işlarini olib borişdi. Natijada tuman böyiça ötgan 12 oy davomida 9 ta qonunbuziliş holatlari aniqlandi. Bu holatlar yuzasidan Xalq banki tuman filialiga tegişli tartibda çora köriş uçun maʼlumotlar taqdim etildi.
Özbekiston Pespublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi «Pensiya va nafaqalar tölaş mexanizmini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori asosida Xalq banki orqali pensiya tölovlari amalga oşirilmoqda.
Tuman böyiça 13645 nafar pensiya va nafaqa oluvçilarning MFYlar kesimida tölov röyxatlari şakllantirilib, oyiga örtaça 8 mlrd. sömlik tölov vedomostlari har oyning uçinçi sanasiga qadar töliq Xalq banki filiallariga yetkazilmoqda. Bundan taşqari tuman hokimligi tomonidan OFY va MFYlar kesimida tölov kuni böyiça reja tasdiqlanib, pensionerlarning taşkil etilgan kassalarga navbat bilan kelişlari yölga qöyildi. Şuningdek, tuman böyiça 5839 nafar yotib qolgan, yolğiz, kam taʼminlangan, 1-, 2-guruh nogironligi bölgan şaxslar röyxatlari alohida şakllantirilib, oyning öninçi sanasiga qadar uşbu toifa fuqarolarga pensiya pullari uylariga yetkazib berilmoqda.
Ötgan 2018-yil davomida ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarga pensiya tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar, pensiya taʼminotini taşkil qiliş sohasidagi yangiliklar va qonunçilik böyiça, Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi Ijro etuvçi apparat tomonidan tasdiqlangan grafik böyiça mahalla fuqarolar yiğinlarida 67-marta sayyor qabullar ötkazildi, pensiya tayinlaş va tölaş masalalari böyiça tuşuntirişlar berildi.
2018-yil mobaynida bölimimizga 14 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tuşdi va ularga tuşuntiriş berildi.
Prezidentimizning 2018-yil 12-dekabrda imzolagan Farmoniga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan boşlab barça toifadagi işlovçi pensionerlarga pensiya töliq tölanmoqda.
Bu esa, keksa yoşdagi fuqarolarning pensiyaga çiqqandan keyin ham mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida teng iştirokini taʼminlaşga, yoşlarga özlarining kasbiy mahorati, boy tajribalarini singdirişiga imkoniyat yaratadi.
Bundan taşqari, yuqori iş haqi hisobidan pensiyaga çiqqan fuqarolarimizga munosib pensiya miqdorini belgilaş orqali ijtimoiy adolat printsipini qaror toptiriş maqsadida uşbu Farmonda pensiyani hisob-kitob qiliş uçun iş haqining maksimal miqdori eng kam oylik iş haqining 8 barobaridan 10 barobarigaça oşirildi.
Muxtasar qilib aytganda, bölimimiz xodimlari bundan keyin ham aholiga pensiya xizmati körsatiş, pensiya va nafaqalarni qonunçilikda belgilangan tartiblar asosida tayinlaş, tölaş va ularning monitoringini olib boriş işlarini yanada samarali taşkil etadi.
Oybek Jumanov, Byudjetdan taşqari
Pensiya jamğarmasi tuman bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶