AYoL BAXTLI BÖLSA – JAMIYaT BAXTLI BÖLADI
Inson kamolotida, ayniqsa, yoş avlodni voyaga yetkazişda milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizning alohida örni bor. Ayolning öz farzandiga bergan tarbiyasi uning jamiyatda tutgan örnini belgilaydi. Zero, farzand ota-ona uçun közgudir, farzand tarbiyasi avvalo oilada şakllanadi, uluğlanadi va qadr topadi. Bu boradagi asosiy urğu oilaga beriladi. 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” gi Prezident Farmonining eʼlon qilinişi oilalarimizda ayol-qizlarimizning huquqiy manfaatlarini himoya qiliş, oğir ijtimoiy ahvoldagi, nogironligi bölgan va nogiron farzandlarini parvarişlayotgan ayol-qizlarning manzilli röyxatini şakllantiriş, ularning bandligini taʼminlaş, mehnat şaroitini yaxşilaş, ayol-qizlar örtasida huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini olişga qaratilgan dolzarb vazifalarni amalga oşirişda dasturilamal böldi.
Bizning Daryo böyi mahallamizda 2544 nafar aholi istiqomat qiladi, şundan 1328 nafari ayol-qizlardir. Mehnatga layoqatli 538 nafar ayol-qizlarimiz turli sohalarda xizmat qilmoqdalar. Mahallamizdagi boquvçisi yöq, nogironligi bölgan va oğir ijtimoiy ahvoldagi ayol-qizlarimizning röyxati şakllantirilib, tuman hokimligi va xotin-qizlar qömitasi tomonidan zarur yordam körsatib kelinmoqda.
Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini taʼminlaşga qaratilayotgan eʼtibor natijasida oilalarda ayolga bölgan munosabat özgarib, ularga hurmat-ehtirom körsatiş kun sayin hayotimiz maʼno-mazmuniga aylanib bormoqda.
Ayol gözal bölsa – olam gözal, ayol tinç va xotirjam bölsa, oila, butun jamiyat baxtli böladi. Men gözal va nazokatli opa-singillarimizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklayman. Oilalarimiz fariştalari bölgan muhtarama onajonlarimiz, opa-singillarimiz hamişa omon bölsinlar!
Guljamila QURBONBOYeVA,
tuman Xotin-qizlar qömitasining Xotin-qizlar bilan işlaş va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶