Kollejda “Sen muqaddassan, ayol!” deb nomlangan bayram tadbiri ötkazildi
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Manğit Iqtisodiyot kollejida “Sen muqaddassan, ayol!” deb nomlangan tadbir ötkazilib, unda kollej öqituvçilari va öquvçilari iştirok etdilar.
Kollejning “English speaking students” klubi aʼzolari tomonidan taşkil etilgan uşbu tadbirni kollej direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Yaxşimurod Ahmedov kiriş sözi bilan oçib, ayol-qizlarni bayramlari bilan tabrikladi. Şundan keyin bayram tadbirida öquvçilar tomonidan ayollarni uluğlovçi şeʼrlar öqildi va ularni bahorga qiyoslovçi qöşiqlar aytildi.
“English speaking students” klubi tarkibida taşkil etilgan “Ideal” QVZ jamoasi tomonidan yiğilganlarga yuqori kayfiyat bağişlovçi çiqişlar bilan birga onalarimizning qadriga yetib, ularning duolarini olişga undovçi sahna körinişlari ham namoyiş etildi.
Ayniqsa, Zebiniso Davlatboyeva tomonidan yaxşilikka va nafis gullarga burkangan bahorning tabiatini özida aks etgan “Bahor” obrazining sahnaga olib çiqilişi barçaga tom maʼnodagi bahoriy kayfiyatni baxş etdi.
Bayram tadbirida kollejning raqqosa qizlari hamda raqqos yigitlari tomonidan dilbar va jöşqin raqslar ijro etildi.
Şuningdek, bayram tadbirida iqtidorli öquvçilardan biri Baxtiyor Qutimov ijrosida köz boylağiç öyinlari va tomoşabinlar iştirokida interaktiv öyinlar namoyiş etildi.
Bayram tadbiri yakunida kollejda faoliyat körsatayotgan ayol öqituvçilarga “English speaking students” klubi aʼzolari tomonidan tayyorlangan estalik sovğalari topşirildi.

Sayyora IBODULLAYeVA, kollejning
ingliz tili fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶