Navröz bayrami tumanimizda yuqori va kötarinki kayfiyatda nişonlandi
Elimizga yangilaniş va yaşariş fasli – bahor ayyomi kirib keldi. Ölkamizda daraxtlar uyğonib, öriklar oppoq gullarga burkangan. Bahor tarovati dillarga xuş yoquvçi özgaça tuyğularni ham olib kelgandek göyo. Bahorning eng gözal bayrami bölmiş Navrözi ayyom şukuhi butun Respublikamiz böylab kezmoqda. Yurtimizda Navröz bayrami munosabati bilan sayllar va sumalak qaynatiş marosimlari taşkil etilib, bayramona va kötarinki kayfiyatda davom etmoqda.
ham Navröz bayrami keng nişonlandi. Bayram munosabati Manğit istirohat boği va Markaziy öyingohda yurtimiz ahli uçun katta bayram sayli taşkil etildi.
boğida maktabgaça taʼlim muassasalari tomonidan tayyorlangan körgazma va bayram dasturi namoyiş etildi. Şuningdek, tumandagi fermer xöjaliklari, tadbirkorlar tomonidan yetiştirilgan mahsulotlar, özini özi boşqariş organlari hamda akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, umumtaʼlim maktablarining milliy taomlar, qöl mehnati bilan tayyorlangan buyumlari bilan bezatilgan körgazmalari taşkil qilindi.
Bayram tomoşasi Markaziy öyingohda “Assalom, Navröz! ” musiqiy dastur bilan davom ettirildi. Bayram dasturida tuman Madaniyat markazi tomonidan maxsus tayyorlangan kuy va qöşiqlar, köngiloçar milliy öyinlar, raqslar, urf-odat namunalari aks etgan körinişlar bilan birga millatlararo totuvlik, birdamlik va döstlikni aks ettirgan turli millatga xos çiqişlar ijro etildi.
Tumanimiz sportçilari namoyiş etgan bayramona tomoşalar ham bayram dasturiga özgaça fayz kiritdi. Bayramga tuman sanʼatkorlari, şuningdek, Nukus şahridan taniqli sanʼatkorlar taşrif buyurib, bahor, Navröz, Vatanni tarannum qilgan kuy-qöşiqlari bilan dillarni xuşnud etdilar.
Navröz sayli nihoyatda zavqli ötdi hamda tumanimiz ahliga bayramona va kötarinki kayfiyat baxş etdi.
O.Abdullayev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶