25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 06:33
Jamiyat 👁 1,058

1-apreldan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga mediatsiya instituti joriy etiladi

1-apreldan boshlab  sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga mediatsiya instituti joriy etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.03.2019-yilgi
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PQ-4236-sonli Qarori bilan ijro tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini soʻzsiz va oʻz vaqtida ijro etishni taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini samarali himoya qilish, ularga har tomonlama qulayliklar yaratish hamda ijro ishi yurituvida sansalorlikka chek qoʻyish nazarda tutilgan.

Xususan, joriy yilning 1-apreldan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga mediatsiya instituti joriy etiladi. Bunda undiruvchining arizasi boʻyicha 15 kundan koʻp boʻlmagan muddatga ijro ishi yuritish toʻxtatib turiladi. Tomonlar oʻrtasida ijro ishining har qanday bosqichida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalari boʻyicha ijro predmetiga doir kelishuv rasmiylashtirilgan hollarda davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni tugatadi. Jarayonga davlat ijrochisi va davlatning boshqa organlari vakillarining aralashuvi taqiqlanadi.

Xoʻsh, Mediatsiya soʻzining manosi nima?

Rimliklar bahs-munozaralarni hal qiluvchi mutaxassislarni «medium»-«vositachi» soʻzi bilan ifodalashgan. Umuman aytganda, bahs-munozaralarni uchinchi betaraf tomon ishtirokida tartibga solishga doir huquqiy texnologiya. Ushbu yoʻnalish oʻzining maʼlum bir shartlari va tamoyillariga ega. Masalan: tomonlarning teng huquqliligi; ixtiyoriylik;

oʻzaro hurmat; konfidentsiallik; jarayonning shaffofliligi; mediatorning xolisligi demakdir.

Endilikda, 1-iyundan boshlab ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masala ijro hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab  1 ish kuni ichida hal etiladi. Ijro harakatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar mavjud boʻlsa, qarzdorning arizasiga koʻra yoki davlat ijrochisining oʻz tashabbusiga koʻra oʻn besh kun muddatga koʻpi bilan ikki marta kechiktiriladi. Ijro harakatlarini bajarishda yuzaga kelgan masalalarni tushuntirish uchun davlat ijrochisi tomonidan tayinlangan mutaxassis ijrochining qarori bilan tanishgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida yozma xulosa taqdim etishga majbur ekanligi belgilandi.

Shuningdek, 1-oktyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi ijro hujjatlarining yagona elektron bazasini yuritishi va unga tegishli maʼlumotlar bazasi tizimlari bilan integratsiya qilish yoʻli bilan quyidagilar kiritib borilishi belgilandi:

- ijro organlari yurituviga kelib tushgan barcha ijro hujjatlari;

- maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan solingan va undirilgan maʼmuriy jarimalar haqidagi maʼlumotlar.

Undiruvchi yoki qarzdorning elektron pochtasi yoki telefon (mobil) raqami haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi xabarnoma uning joʻnatilganligi va qabul qilinib olinganligi faktlarini qayd etish imkonini beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda elektron pochtaga yoki mobil aloqa vositalari orqali qisqa xabar (SMS) koʻrinishida yoʻllanadi.

Bundan tashqari, 1-oktyabrdan Majburiy ijro byurosi rasmiy veb-saytida bepul asosda ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi boʻyicha davlat interaktiv xizmati koʻrsatish tizimini joriy etish topshirildi va bu xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham koʻrsatilishi belgilandi.

Shu bilan birga, bir oy muddatda Majburiy ijro byurosiga shartnoma-vositachilik asoslarida sotishga topshiriladigan mol-mulkni internet-doʻkonlar orqali sotish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflarni kiritish vazifasi qoʻyildi, yaʼni:

- Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilgan, tovarlar harakatini monitoring qilishning elektron tizimini joriy etgan va tovarlarni xaridorga yetkazib berish uchun zarur logistika imkoniyatlariga ega boʻlgan tadbirkorlik subʼektlarini keng jalb qilish;

- mol-mulkni mobil ilovalar va elektron toʻlov tizimlari orqali xarid qilish imkoniyatini yaratish;

Alohida aytib oʻtish joiz, mazkur Qarorning 9 bandida Bosh prokuraturaga sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish sohasidagi, shuningdek, ularning toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishini taʼminlash borasidagi protsessual normalarni tizimlashtirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Ijro ishini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritishi;

- manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda sud tomonidan maʼmuriy jarimaga tortish holatlaridan tashqari, maʼmuriy jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish: huquqbuzarga qaror topshirilgan sanadan boshlab 15 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, uni qolgan summani toʻlashdan ozod etishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish haqidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish vazifasi topshirilgan.

Quyidagi holatlarda, maʼmuriy jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest keltirilganda;

maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganida;

jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilmasligi belgilangan.

U.S.Abdiyev, Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari 2-darajali yurist

A.B.Yesnazarov, Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari 1-darajali yurist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026