“Yoş çegaraçilar” musobaqasining tuman bosqiçi ötkazildi


Yoşlar qalbida Vatanga muhabbat tuyğularini yanada mustahkamlaş, ularni çegara xizmatiga qiziqtiriş va bosqiçma-bosqiç tayyorlab boriş, çegara qöşinlarining şonli va jangovar anʼanalarining davomçilari etib tarbiyalaş maqsadida öquvçi-yoşlar örtasida “Yoş çegaraçilar” musobaqasi ötkazib kelinmoqda. Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi, tuman Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi, tuman Xalq taʼlimi bölimi, tuman Tibbiyot birlaşmasi hamda tuman Mudofaa bölimi, “9202”–harbiy qism hamkorligida taşkil qilinib kelinayotgan uşbu musobaqalarda yoşlar qizğin iştirok etişmoqda.


26-mart kuni “Yoş çegaraçilar” musobaqasining tuman bosqiçi bölib ötdi hamda unda umumtaʼlim maktablari va kasb-hunar kollejlaridan hududiy bosqiçda qatnaşib, ğolib bölgan 8 ta jamoa iştirok etdi. Jamoalardagi yoşlar özini taniştiriş, safda töğri yuriş, belgilangan masofaga yuguriş, jangovar qurollarni qismlarga ajratiş, yaralanganda birinçi tibbiy yordam körsatiş kabi şartlar asosida epçilliklarini, abjirliklarini namoyiş etdilar va ular hakamlar hayʼati tomonidan odilona baholab borildi. Qizğin ötgan musobaqada NDPI qoşidagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyining "Amir Temur vorislari" jamoasi 1-örinni, 6-sonli umumtaʼlim maktabining "Burgutlar" jamoasi 2-örinni, Amudaryo maişiy xizmat körsatiş kasb-hunar kollejining "Samoviy burgutlar" jamoasi esa 3-örinni yegallaşdi.
“Yoş çegaraçilar” musobaqasi yakunida ğoliblar va faol iştirok etganlar Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi tomonidan tayyorlangan sovğalar, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.



J.Davletov, Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi qoşidagi
“Kamalak” bolalar taşkiloti raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶