21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 12:04
Jamiyat 👁 4,489

Erta turmush - keltirar tashvish

Erta turmush - keltirar tashvish

Baxt deganingiz sarob boʻlmasin!

Farzand! U ota-ona orzu umidlari chechagi, oila deya atalguvchimehr-muhabbat, oʻzaro ishonch va hurmat, oqibatdan boʻy tiklagan oila qoʻrgʻonining chirogʻboni. Ota-ona orzu-umidlarini roʻyobga chiqaruvchi, hayot bardavomligini taʼminlovchi xalqa.

Xalqimiz oilani, oilani mustahkamlovchi farzandlarni yuksak qadrlab kelgan. Ha, farzand bilan barobar ota-ona orzulari ham ulgʻayadi, hayotining farzandi bilan kechgan damlari eng sururli onlari hisoblanadi. Kun sayin ulgʻayayotgan bolaning har bir harakati, qiligʻi qalbini quvonchga toʻldiradi. Shu bolasini mehri ogʻushida asrab-avaylab oʻstiradi, kamolini koʻrgisi keladi. Dunyoda bizning xalqimizchalik borini bolasiga ataydigan mehrchan xalq yoʻqdir-ov.

Xalqimizning xohish-irodasi mamlakatimiz olib borayotgan siyosatda ham oʻz aksini topgan. Ayniqsa istiqlol yillarida yosh avlodning barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishi uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bugun butun dunyo havas bilan qaramoqda. Bizning mamlakatimizchalik hech bir mamlakat bepul 12 yillik uzluksiz taʼlimni zimmasiga olgan emas, bizning mamlakatimizdagidek farzandlar tarbiyasiga, ularning yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishlariga gʻamxoʻrlik qilinib, mablagʻlar ajratilayotgani yoʻq, taʼlimning uzviy qismi boʻlgan sportning ommalashuviga bizdagidek eʼtibor berilayotgani yoʻq.

Bu saʼy-harakatlarning natijasida fan, sport sohasida, badiiy ijodiyot sohasida yoshlarning qoʻlga kiritayotgan muvaffaqiyatlaridan barchamiz birdek quvonamiz. Zamonaviy oʻquv asbob-anjomlari bilan jihozlangan oʻquv xonalarida taʼlim olib, kasb-hunar egallab, mustaqil hayotga uchirma boʻlayotgan yoshlarning dadillik va ishonch bilan oʻzlarining mehnat faoliyatlarini boshlayotganini koʻrib, quvonamiz. Rus, ingliz tilida ham burro-burro soʻzlashayotganlarni koʻrib koʻnglimiz togʻday koʻtariladi. Ertamiz bugunimizdan ham fayzli va farahli boʻlishiga ishonchimiz ortadi.

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan umumtaʼlim maktablari, 8 ta kasb-hunar kollejlari, 1 ta akademik litsey bagʻrida taʼlim-tarbiya olayotgan, kasb-hunar oʻrganayotgan oʻgʻil-qizlarimiz mamlakatimiz rivojida muhim oʻrin tutadi, deb oʻylaymiz.

Ha, murabbiy pedagoglarimizning ham, ota-onalarning ham ulardan umidi katta. Biroq doim ham bunga erishayapmizmi? Hamma oilada ham farzand tarbiyasiga yetarli eʼtibor berilayaptimi?

Azizlar! Bizning bugungi suhbatimiz mavzui asrlar davomida milliy mentalitetimizning koʻzgusiga aylangan oilada ota-ona masʼuliyati, farzandlar kamoloti yoʻlida yoʻl qoʻyilayotgan baʼzi kamchiliklar haqida.

Ota-ona borki, bolam deb yashaydi, kamolini koʻrsam, keksayganimda belimga quvvat, koʻnglimga madadboʻlsa, deydi. Orzusiga erishish yoʻlidaoʻzini oʻtga-choʻqqa uradi, baʼzan bolam baxti, deb baxtiga rahna solib qoʻyganini sezmay qoladi. Ayrimlari hali voyaga yetmagan bolalarini oʻz holiga tashlab, bolalariga toʻkis sharoit yaratib berish uchun moʻmay daromad ilinjida chet ellarda yurishibdi. Ular oilasiga moddiy taʼminot berishar, lekin farzandga mehrni,tarbiyani kim beradi? Ota-ona parvarishidan mosuvo, qarindoshlar, bobo-buvi va hatto qoʻshnilarga tashlab ketilgan, voyaga yetmagan bolalarga har qanday molu-dunyodan ota-onasining bir erkalashi, bir ogʻiz shirin soʻzi afzal emasmi? Ularga kim ota-ona oʻrnini bosa oladi? Ota-ona tarbiyasini kim bera oladi? Hech kim! Bu farzandlar kelajagiga xiyonat emasmi? Ayrim ota-onalarning bola oʻzimniki, nima qilsam oʻz ixtiyorimda, deb oʻylab maktabga, kollejga yubormay, uy ishlariga jalb qilayotganiga nima deysiz? Boyligini koʻz-koʻz qilgisi kelib maktabga bolasigamashina mindirib yuborayotganlar, choʻntagini pulga toʻldirib qoʻyayotganlar ham, oʻgʻlining, qizining tungi vaqtlarda ham internet kafelarda, koʻngilochar maskanlarda yurishiga yoʻl qoʻyayotganlar ham bor.

Baʼzan odamlarning suhbatida ular haqda "bolalari hali yosh-ku” yoki "endi ota-ona nazorati kerak payti-da” degan soʻzlarni eshitib qolamiz. Nahot farzand tarbiyalash uchun, nazorat qilish uchun biron yoshga yetishini kutish kerak boʻlsa?

Bir donishmandga bolasini aqlli, odobli, bilimli va jasur qilib tarbiyalab berishini soʻrab, olib kelgan odamdan u:

- Bolangiz necha kunlik, - deb soʻrabdi.

- Qirq kunlik, - deb javob beribdi ota.

Unga donishmand:

- Bola tarbiyasida qirq kun kechikibsiz, degan ekan.

Ha, bola tarbiyasi naqadar masʼuliyatli va dolzarb ish. Ayrim ota-onalarning bu masʼuliyatni toʻla ado etolmagani bois, jamiyatimizda yoshlar majburiy uzluksiz 12 yillik taʼlimni tugallamay turib, biron kasbni, hunarni toʻla egallamay turib erta turmush qurishga intilayotgani va buning oqibatida turli koʻngilsizliklar kelib chiqayotganidan koʻz yumib boʻlmaydi. Shu boisdan ham mamlakatimizda oilalarni mustahkamlash, har jihatdan sogʻlom oilani shakllantirish maqsadida nikoh yoshiga doir qonunlarni buzganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi.

Endilikda nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh munosabatlariga kirishganlik uchun eng kam ishhaqining 5 barobaridan 10 barobarigacha, ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish – eng kam ish haqining 7 barobaridan 15 barobarigacha, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish esa eng kam ish haqining 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shuningdek, Oʻz.R jinoyat Kodeksining 17-moddasi toʻrtinchi qismi ham "Nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish haqida”gi modda bilan toʻldirildi. Bunga koʻra maʼmuriy jazo olgan va nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan oila qurgan shaxslar eng kam oylik ish haqining20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi yoki 1-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 oygacha qamoq jazosi bilan jazolanadi.

Maʼmuriy jazo olgan boʻlishiga qaramay, nikoh yoshiga yetmagan farzandini turmushga bergan yoxud uylantirgan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga eng kam oylik ish haqining 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud 4 oygacha qamoq jazosi qoʻllaniladi. Yuqoridagi kabi achinarli holatlar afsuski, uchrab turibdi.

Hali aqlini tanib ulgurmagan yoshlarning bir-biriga intilishlarini, turmush qurishgashoshayotganliklarini hech narsa bilan oqlab boʻlmaydi. Ular toʻy qilsak boʻldi, baxtli boʻlaveramiz, deb xato oʻylashadi.

Habiba Toʻrayeva, ginekolog shifokor:

- Nikoh qurish avvalo farzand koʻrishdek murakkab fiziologik jarayonlar bilan aloqador boʻlganligi sabablierta turmush qurish koʻpincha bepushtlikka, bolaning oy kuni yetmay tugʻilishiga, homila notoʻgʻri rivojlanishigasabab boʻlishi mumkin. Ilmiy izlanishlarda aniqlanishicha, yigit-qiz 20 yoshdan soʻng anatomik va fiziologik kamolotga yetadilar. Erta turmush qurgan qizlarda rivojlanish oxiriga yetmaganligi uchun homila rivojlanishi, tugʻruq jarayoni juda ogʻir kechadi. Bola chala, vazni meʼyordan kam, nuqsonlar bilan tugʻilishi mumkin. Bu ularni ruhiy tushkunlikka olib keladi. Erta uylangan yigitlar ham koʻpgina muammolarga duch kelishi, otalik vazifasini toʻla ado etolmasligi kuzatilmoqda. Natijada bunday oilalar tez buzilib ketadi.

Xulosa shuki, erta turmush qurishning salbiy oqibatlari juda mudhish. Ota-onalar, keng jamoatchilik buni chuqurroq anglab yetsa, birgalikda bunga qarshi kurashsa, kelajak avlodning sogʻlom dunyoga kelishiga zamin yaratilgan boʻlar edi.

Farzand tarbiyasida ota-ona nazorati sustligi, qolaversa, ommaviy madaniyat koʻrinishidagi kinolar, internetdagi nomaqbul koʻrinishlar tufayli yigit-qizda erta shakllangan turmush qurishga moyillik hech bir oilaga baxt ham, xotirjamlik ham olib kelmagan. Aksincha, aqlini tanimay turmush qurish tufayli boshi berk koʻchaga kirib qolayotganlar ham, uch-toʻrt yilda va hatto undan ham tez ajrashib ketayotgan oilalar ham bor. Qizlik shaʼnini oʻtkinchi havaslarga almashib qoʻyib, pushaymondan boshi egik qizlar ham bor.

Biz shunday bir ayanchli taqdirga guvoh boʻldik: kasb-hunar kollejida oʻqiydigan qiz oʻzidan bir bosqich yuqorida oʻqiydigan yigitni yoqtirib qolibdi. Oilada uch oʻgʻildan keyin tugʻilgan, hamma aytgani muhayyo boʻlib, erka ulgʻaygan qiz bir yil oʻtib shoshilinch oʻsha yigitga turmushga chiqishga majbur boʻlgan. Tumanimizning olis hududidan Mangʻitga kelib oʻqiyotgan yigit bu gapni oilasidagilarga aytolmay hatto oʻzini oʻzi oʻldirish fikriga ham borgan va baxtli tasodif buning oldini olgan.

Ota-onalar farzandlarining aybini yopib, toʻy qilishgan. Erka qiz yigitning uyiga uchinchi nevara kelin boʻlib tushgan va bobo-buvi, qaynona-qaynota, ikki ovsin, ularning bolalari, qaynsingillari orasida oʻz oʻrnini topolmay juda qiynalgan. U kelgusi hayotini faqat yigit bilangina tasavvur qilganini, bunday sharoitda yashashini hatto tasavvur ham qilmaganini aytib yigʻlaydi. Qolaversa, homilasi boʻyida bilinib kelgan kelinning yangi oilada hurmati boʻlmasligi ham tayin.

Xullas, qiz homilasi tufayli muammolar bilan ikki oy kasalxonada yotib, 7 oylik qiz tuqqan. Qizi nimjon boʻlganligi uchun tuqqanidan soʻng ham ancha vaqt kasalxonada yotgan. Boshqalar farzandini bagʻriga bosib baxtdan entikib oilasiga qaytsa, u qizini oʻlib qolmasmikan, degan xavotir bilan oylab yashabdi. Erining uyidagilar qiziga eʼtibor ham bermagan.

Holdan toygan qiz bolasini olib ota-ona uyida yashayapti. Na oʻziga, na bolasiga qarashga holi bor.

- Yoshim ellikdan oshganida yolgʻiz qizim tufayli oʻgʻillarim, kelinlarim, el oldida yuzim yerga qarab oʻtiraman, deb oʻylamagandim, - deya yigʻlaydi qizning onasi. – Shu qizim hech kimdan kam boʻlmasin, deb hamma aytganlarini bajarardim. Kiyim desa, kiyim, telefon desa, telefon olib berdim. Biroq har gal telefoniga pul soʻraganida bu pullarni nimaga, kimlar bilan gaplashishga sarflayapsan, demabman. Boʻy-bastiga qarab quvonib yuraveribman-u koʻnglida ne borini bilmabman. Mening notoʻgʻri tarbiyam uni baxtsiz qildi.

Onaning, qizning pushaymon-nadomatidan foyda bormi? Oʻtgan umrni orqaga qaytarib boʻlmaganidek, oʻtmishdagi xatolarni ham tuzatib boʻlmaydi-da, afsus!

Shundaylar haqida eshitgan odamning yuragi achiydi, bu xijillikdan qutulish uchun chor-atrofingga boqasan. Va kasb-hunar maskanlarida sidqidildan hunar oʻrganayotgan, endigina kollejni bitirib faoliyatini boshlab yuborgan, oliy oʻquv yurtlarida oʻqiyotgan umidli yoshlarimiz koʻnglimizga taskin beradi.

Beixtiyor hamma qizlar ham mana shu qizlardek ishga, ilmga chanqoq, tadbirli, intiluvchan, qobiliyatli boʻlishsa qaniydi, degan havas kechadi koʻnglimizdan.

Aziza Madrahimova, Mangʻit iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 2-bosqich oʻquvchisi:

- Bugungi kundakasb-hunar kollejlarida yaratilgansharoitlar oʻquvchilarning yetuk, malakali kadrlar boʻlib yetishishlariga toʻla kafolat boʻla oladi. Biroq bu imkoniyatlardan hamma ham yetarli foydalanayapti, deb boʻlmaydi. Baʼzan qizlar majlislarda, dars paytlarida ham qoʻl telefonini oʻynab, yo boshqa keraksiz mashgʻulotlarga chalgʻib oʻtirganlarini uchratib qolaman. Va ularga oʻquvchilik davri sizni kutib turmaydi, ilm olib, hunar egallashga intiling, doʻstlarim, degim keladi.

Keyingi yillarda kollejni endigina bitirgan, biron kasbning boshini tutmagan, oq-qorani tanimagan qizini egasiga topshirishga oshiqayotgan oilalar ham koʻpaymoqda. Biron gap-soʻz boʻlmasidan tinib oʻtirayin, deb hisoblashadi ular. Agar buning oʻrniga qizini nazorat qilib, tarbiyalab, odob-axloqqa doir kitoblarga oshno qilib, bilim olishga, hunar egallashga ragʻbatlantirsa, ehtimol qizi hayotda oʻz oʻrnini topar, lekin oilaviy hayotga tayyor boʻlmagan qizni uzatib kim xotirjam boʻlgan deysiz? Negaki qizning yangi oilaga koʻnikishi oson boʻlmaydi. Kattalar oldida kelinlik masʼuliyatini ado etolmaydi. Kattalarga gap qaytarmaslik, ovqatlarni ham oiladagi kattalarning koʻngliga qarab tayyorlash, hovlini ozoda saqlash kabi kelinlar zimmasiga yuklanadigan oʻzbekona shunday jozibali va teran maʼnoga ega urf-odatlarimiz borki, toʻgʻri tarbiyalangan, es-xushini tanigan qizlargina buning uddasidan chiqa olishadi.

Soʻnggi yillarda oila buzilish holatlarining koʻpayib borayotgani hammani tashvishga solayapti. Chunki ajrashgan oila farzandlari yo ota, yo ona mehridan, tarbiyasidan mahrum boʻladi. Agar ajrashgan erkak yo ayol qayta turmush qursa, oʻgay farzandlar tufayli keyingi hayotida ham muammolar paydo boʻlishini va bular oʻz navbatida farzandlar tarbiyasiga salbiy taʼsir qilishini hisobga olsak, bu ajralishlarning jamiyatimiz uchun nechogʻlik xatarli ekanligi yanada yaqqol ayon boʻladi.

Oilalar tinch-totuvligiga erishishda, oilalarda sogʻlom turmush tarzining barqaror boʻlishida oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining oʻrni juda ulkan.

Momojon Rahimova, Oybek nomli mahalla fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi:

- Men kasbim taqozosiga koʻra har kuni necha-necha oilalarga kiraman. Baʼzan arzimagan sabablar bilan nizolar kelib chiqayotganiga guvoh boʻlaman. Bu sabablar koʻpincha qizlarning oilaviy hayotga tayyor emasligidir. Qolaversa, yigitlarning ham, qizlarning ham soliqlarida muammolar koʻp. Qizlarimiz moda ketidan quvmay, har faslning, kunning sharoitiga qarab kiyinsa, oilasiga tashvish keltirmasdi.

Qizlar qaynyurtiga qoʻlida "sotka” bilan keladi. Oila yumushlarini bajarayotganda ham bir qoʻli, xayoli telefonda boʻladi. Dugonalari, yaqinlari bilan uzoq suhbatlari turgan gap, yangi oilasidagilarga yoqmaydi.

Oila totuvligi avvalo toʻgʻri tarbiyada ekanligini unutmasligimiz kerak.

Oila muqaddas dargoh. Negaki unda hayotning davomiyligini taʼminlovchi avlod shakllanadi. Asrlar osha yashab kelayotgan milliy qadriyatlarimiz asrab avaylanadi, jamiyat taraqqiyotiga, yuksalishlarga asos solinadi.

Biz ana shunday oilalarni barpo etish maqsadidagi ishlarimizni farzandlarimizni toʻgʻri tarbiyalashdan boshlashimiz, maktab, kollej, mahalla oila hamkorligini yaxshilashimiz kerak.

At-Termiziy bobomiz aytadilar: "Solih farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazish – har kuni sadaqaberishdan ham afzaldir”.

Farzandlarni komil insonlar qilib voyaga yetkazish – qanchalik ulugʻ va savobli ish ekanligini shu soʻzlardan ham anglashimiz mumkin.

Farzandlar kamolini, yaxshi kunlarini sogʻinib yashash xalqimizga xos odat. Qizini uzatayotgan yo kelin tushirayotgan ota-onaning baxtiyorligini hech bir soʻz bilan taʼriflab boʻlmaydi. Bu boradagi qonuniy, huquqiy meʼyorlarga amal qilish barobarida muqaddas islom dinimizda ham koʻrsatmalar borligini unutmaslik kerak.

Abdurahmon Matsafoyev, "Yusuf Eshon bobo” jomeʼ masjidi imom xatibi:

- Islom dinimizda balogʻatga yetgan, har taraflama qodir boʻlgan erkak va ayol nikohlanishga, farzandlarni dunyoga keltirishga buyurilgan. Bunda har taraflama qodir deganda yigit, qizning jismoniy, maʼnaviy kamoloti, kelgusida oilasini qadrlay olishi, farzandlar tarbiyalab, moddiy taʼminotini taʼminlay olishi nazarda tutilgan.

Oʻgʻlini uylantirish,qiziniuzatishtaraddudidayurganota-onalar bularni ham unutmasligi kerak.

Har bir ota-ona farzandining baxtli, saodatli umr kechirishini istaydi. Keksayganida ularning ardogʻida xotirjam yashagisi keladi. Yaratgan Egam odamzotga ota-onalik baxtini ato etish barobarida ummondek cheksiz mehr-muhabbat ham qoʻshib berganki, shu mehr tufayli bola uchun chekkan zahmatlari ham rohat boʻlib tuyuladi. Baʼzan shu mehr tufayli meʼyorni, masʼuliyatimizni unutib qoʻyamiz. Oqibatda esa yuqorida mulohaza yuritganimizday koʻngilsizliklar kelib chiqadi. Farzand – ota-ona uchun yo mukofot, yo jazo ekan. Qay biriga ega boʻlishimiz ularni bugun qanday tarbiyalashimizga bogʻliq.

Azizlar! Bu haqda batafsil toʻxtalganimizning boisi, sizlarni ham oilangiz guli, umringiz davomchilari - farzandlaringiz tarbiyasi xususida chuqurroq fikrlashga, mushohada yuritishga, ularga doimo ziyrak, ogoh nigoh bilan boqishga undamoq edi. Istagimiz, hech bir ota-ona oʻgʻil-qizining yomonligini koʻrmasin, baxt degani sarob boʻlib chiqmasin.

Oygul RAJABOVA.

(Foto - http://www.haqida.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026