Vazirlar Kengaşi Raisi Amudaryodagi maktabga kompyuter sovğa qildi
Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi işlarni yangi tizim asosida yölga qöyiş böyiça 5 ta muhim taşabbusni ilgari surgan edi.
Birinçi taşabbus yoşlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boşqa turlariga qiziqişlarini oşirişga, isteʼdodini yuzaga çiqarişga xizmat qiladi.
Ikkinçi taşabbus yoşlarni jismoniy çiniqtiriş, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilişlari uçun zarur şaroitlar yaratişga yönaltirilgan.
Uçinçi taşabbus aholi va yoşlar örtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanişni taşkil etişga qaratilgan.
Törtinçi taşabbus yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ular örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş böyiça tizimli işlarni taşkil etişga yönaltirilgan.
Beşinçi taşabbus esa xotin-qizlarni iş bilan taʼminlaş masalalarini nazarda tutadi.
Prezidentimizning mazkur taşabbuslarini hayotga tatbiq qiliş borasida Amudaryo tumanida ham qator amaliy işlar qilinmoqda. Jumladan, aholi va yoşlar örtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanişni taşkil etiş maqsadida umumtaʼlim maktablarining kompyuterlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internet bilan taʼminlanganlik holati örganib çiqilib, maktablarni yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlaş böyiça tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
1-aprel kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Qahramon Sariyev Amudaryo tumanida bölib, tumandagi 31-sonli maktabda bu borada amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdi. Vazirlar Kengaşi Raisi maktab jamoasiga kompyuter sovğa qildi. Tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev ham maktab jamoasiga qimmatbaho esdalik sovğalarini topşirdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶