Deputat maktablarga kitob sovğa qildi
“Kitob sovğa qil!” aktsiyasi doirasida bölib ötayotgan tadbirlarda xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari ham faol qatnaşmoqdalar.
2-aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan Kuyuk köpir ovulidagi 19-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Kitob sovğa qil!” aktsiyasi ötkazildi. Unda maktabning sobiq öquvçisi – xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi aʼzosi, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori Xonimjon Rajabova iştirok etdi va öquvçi-yoşlarga jahon adabiyoti namoyandalarining sara asarlarini sovğa qildi.

X.Rajabova şu kuni 21-sonli maktabda ham böldi, öqituvçi va öquvçilari bilan uçraşib, maʼnaviy-maʼrifiy mavzuda suhbat ötkazdi. Öquvçi-yoşlarga kitobxonlikning va kitobning inson hayotidagi örni, tarbiyaviy ahamiyati haqida gapirib berdi hamda maktab kutbxonasiga 20 ta kitob sovğa qildi.
R.Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶