DÖRMANLIK NURONIYLAR ÖQUVÇI-YoŞLAR BILAN UÇRAŞDILAR
2-aprel kuni 20-sonli maktabda “Nuroniy” jamğarmasi Amudaryo tumani bölimining Davlat granti mablaği hisobidan moliyalaştirilgan “Jaholatga qarşi maʼrifat bilan kuraşamiz” nomli loyihasi doirasida davra suhbati ötkazilib, unda maktab öquvçilari va Dörman ovulida istiqomat qilayotgan bir guruh otaxon va onaxonlar iştirok etdilar.
Davra suhbatini maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Farhod Örozboyev kiriş sözi bilan oçib, yoşlarni maʼnaviy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalaşda nuroniy otaxonlar va onaxonlar tomonidan ularga berilayotgan ögit-nasihatlarning ham örni beqiyos ekanligini taʼkidladi.
Şundan keyin “Taraqqiyot közgusi” gazetasi masʼul kotibi Allambergan Jumaniyozov sözga çiqib, yoşlar tarbiyasiga munosib hissa qöşiş maqsadida “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar xususida gapirdi.
Davra suhbatida keksa otaxon Habibulla Qutlimurodov, onaxonlardan Qunduz Xudoyberganova va Bibi Abdurahmonovalar sözga çiqişib, yoşlarga özlarining qimmatli nasihatlarini berişdi.
Şundan söng maktabning 7 “B” sinf öquvçisi Diyorbek Nurjonov, 10 “A”-sinf öquvçisi Maʼmura Örozboyeva, 8 “A”-sinf öquvçisi Malohat Otajonova, 9 “B”-sinf öquvçisi Maşarif Ozodboyev va 11 “A”-sinf öquvçisi Mekan Otalikovlar sözga çiqişib, ota-onalarining, nuroniy otaxonlar va onaxonlarning ögit-nasihatlariga hamişa eʼtibor berişlarini aytdilar.
Davra suhbati yakunida maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Farhod Örozboyev sözga çiqib, davra suhbati ahamiyati haqida gapirdi va tadbir iştirokçilariga öz minnatdorçiligini bildirdi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶