ENG YaXŞI SOVĞA – KITOB!
Kitoblar inson maʼnaviyatini yuksaltirişga, dunyoqaraşini kengaytirişga xizmat qiladi. Şu boisdan ham umumtaʼlim maktablari, mahalla fuqarolar yiğinlari kutubxonalarini boyitiş, aholini, ayniqsa, yoşlarni kitob mutolaasiga keng jalb qilişga eʼtibor kuçaymoqda.
Yaqinda “Mohidil Shifo med” xususiy klinikasi rahbari, şifokor Zulxumor Mamatqulova turmuş örtoği, tibbiyot fanlari nomzodi Olimboy Halimov taʼlim-tarbiya olgan 21-sonli umumtaʼlim maktabiga 115 ta badiiy asarlar taqdim etdi. Bu kitoblarning deyarli barçasi öquvçi-yoşlar uçun möljallangan, yuqori sinfga qöşimça öqiş uçun tavsiya qilingan adabiyotlar bölganligi bilan ham barçani quvontirdi.
- Bu kitoblarni öquvçilar öqib, bilimli, şuuri yuksalsa, men juda xursand bölaman, - dedi Zulxumor Mamatqulova kitoblarni topşirar ekan.

Kitob sovğa qiliş marosimi maktabda bayram tusini oldi. Tadbirda iştirok etgan öqituvçilar, faxriylar Olimboy Halimovdek sobiq öquvçisi bilan doimo faxrlanişi, maktabdan ayni kunda ham umidli yoşlar yetişib çiqayotganini taʼkidlaşdi. Maktab maʼmuriyati O.Halimov va Z.Mamatqulovalarga bu xayrli işi uçun çuqur minnatdorçilik bildirdi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶