Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi oşkoralik va şaffoflik asosida ötkaziladi
Mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirişda mahallaning örni alohida. Şu örinda taʼkidlaşimiz joizki, davlat hokimiyatining öttizdan ziyod vakolatiga ega bölgan fuqarolarning özini-özi boşqariş tuzilmasining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni qanday bajarişi unga rahbarlik qiladigan kadrlarga boğliq. Şu boisdan ham bu borada munosiblarni tanlaşning demokratik şakli bölgan fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) sayloviga puxta tayyorgarlik körilmoqda. “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi töğrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va şu Qonun asosida taşkil qilinayotgan hamda joriy yilning may oyida ötkaziladigan saylov haqida batafsil maʼlumot oliş maqsadida fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman Kengaşi raisining birinçi örinbosari Aşirboy Qöşayev bilan suhbat uyuştirdik. Quyida uşbu suhbatni eʼtiboringizga havola qilamiz.
***
– Yangi tahrirda qabul qilingan Qonun asosida saylov jarayoniga qanday yangiliklar kiritildi?
– Avvalambor, şuni aytiş kerakki, fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi yurtimiz hayotidagi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan sanaladi. Mazkur voqelik mamlakatimizda şakllangan demokratik saylov tizimining uzviy qismi bölib, unda fuqarolar öz xohiş-irodasini erkin ifoda etadi. Bu jihatlarga “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunida alohida eʼtibor qaratilgan.
Yangi tahrirdagi Qonunda belgilanganidek, endilikda saylovlarni taşkil etiş va ötkaziş masalasi bilan Oliy Majlis Senati Kengaşining komissiyasi emas, balki alohida tuziladigan fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş va ötkazişga kömaklaşuvçi Respublika komissiyasi şuğullanadi.
Saylovni taşkil etiş va ötkazişda fuqarolar yiğinlariga amaliy yordam körsatiş uçun barça viloyatlardagi kabi tumanlarda ham tegişli komissiyalar tuziladi. Uşbu komissiyalar saylovni taşkil etuvçi, uning ötkazilişini nazorat qiluvçi va yakuniy natijalarni çiqaruvçi organ hisoblanadi.
Fuqarolar yiğinida saylovlarni taşkil etiş hamda ötkaziş bilan boğliq taşkiliy tadbirlarni amalga oşiriş uçun fuqarolar yiğini (fuqarolar vakillarining yiğilişi) qarori bilan 7-15 kişidan iborat işçi guruhi tuziladi.
Işçi guruh tegişli hududda doimiy yaşovçi fuqarolarning fikrlarini inobatga olgan holda yiğin raisi (oqsoqol) lavozimiga nomzodlar böyiça takliflarni tayyorlaydi.
Saylovdan kamida beş kun oldin fuqarolar yiğini (fuqarolar vakillarining yiğilişi) ötkaziladigan sana, vaqt va joy haqidagi maʼlumotlarni yiğin binosi va guzarlarga, şuningdek, aholi gavjum bölgan joylarga osib qöyiş, saylovga uç kun qolganda saylangan vakillarga taklifnomalar yuboriş ham işçi guruhning vazifalaridandir.
– Vakillar qaysi mezonlar asosida saylanadi?
– Saylovlarda bevosita fuqarolarning özlari köproq iştirok etişini taʼminlaş maqsadida hovlilar, uylar, köçalardan fuqarolar vakilligining minimal normasi belgilanadi. Endi vakillar soni har bir hudud aholisining sonidan kelib çiqqan holda şakllantiriladi. Bunda vakillarning soni saylovda iştirok etiş huquqiga ega bölgan fuqarolar umumiy sonining kamida ön ikki foizini taşkil etişi kerak. Bunday holatda mahallada yaşovçi örtaça 3 ming nafar saylovçi nomidan 360 nafar vakilning saylovda iştirok etişi taʼminlanadi.
Şu bilan birgalikda saylovda iştirok etadigan saylovçilar vakillariga ham qator talablar belgilandi. Unga köra, endilikda taşkilotçilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi örtasida obrö-eʼtiborga ega kişilar vakil bölişadi. Rais (oqsoqol) lavozimiga körsatilgan nomzodlar yoki ularning yaqin qarindoşlari vakil bölişi mumkin emas. Bu tizimning yölga qöyilişi, albatta, saylovning yanada şaffof, demokratik qoidalarga mos ravişda ötişini taʼminlaydi.
Yangi tahrirdagi Qonun bilan fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli)ning vakolat muddati uç yil qilib belgilandi. Endilikda yiğin raislaridan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholi turmuş farovonligini yuksaltiriş bilan birga, mahalladagi har bir oila, har bir inson taqdiri uçun masʼuliyatni zimmasiga olişga qodir fidoyi bölişi, yiğin ahlining fikr-öylari, maqsad va muddaolarini iş faoliyati orqali ifoda etişi talab qilinadi.
Oldingi saylovlarda fuqarolar yiğini raisi va uning maslahatçilari bir vaqtning özida saylanardi. Bu jarayon saylov paytida bir qança qiyinçiliklarni yuzaga keltirardi. Şu boisdan ham yangi Qonunga birinçi navbatda fuqarolar yiğini raisi saylovini ötkaziş, saylovdan keyin bir oy içida maslahatçilarni saylaş hamda komissiyalarni şakllantiriş normasi kiritildi.
– Fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik böyiça tumanimizda qanday işlar amalga oşirilmoqda?
– Avvalo, Xalq deputatlari tuman Kengaşining 2019-yil 27-fevral kungi qarori asosida tuman hududida 2019-yil may oyida fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş va ötkaziş böyiça tadbirlar rejasi işlab çiqildi va 15 kişidan iborat tuman hududida fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş va ötkazişga kömaklaşuvçi tuman komissiyasi tuzildi.
Tumandagi barça fuqarolar yiğinlarida saylovni taşkil etiş va ötkaziş böyiça işçi guruhlar tuzilgan. Uşbu işçi guruhlar hozirda öz hududlaridagi köp qavatli uylar va köçalarda fuqarolarning vakillarini saylaş böyiça yiğilişlar ötkazişmoqda.
Şu bilan birgalikda ovul, mahalla va şaharçalarda istiqomat qilayotgan aholi örtasida sörovlar ötkazilib, fuqarolar yiğinlari raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar ham aniqlanmoqda.
Şu örinda yurtdoşlarimizdan öz mahallasi faoliyatiga befarq bölmasdan, özlari munosib körgan nomzodning fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) bölib saylanişi uçun bevosita yoki bilvosita ovoz berişlarini sörab qolamiz.
Suhbatni jurnalist Allambergan Jumaniyozov
yozib oldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶