NIMA UÇUN KITOB ÖQIŞIMIZ KERAK?
enamdan, momomdan köp ertak eşitganman. “Momom aytgan ertaklar”, “Enamning xotiralari” kabi önlab daftarlarim bor ekan bisotimda. Bu ertaklar bir bor ekan, bir yöq ekan deb boşlanmas, ertaklarga ham öxşamas, öqigan kitoblarimda ham deyarli bunday voqea-hodisalarni uçratmaganman...
...Qaysidir zamonda, yerda yo osmonda, haqiqatmi, yolğonmi bilmadim-u polvonqomat körinsa ham tayoqqa suyanib yuradigan “Höhö” laqabli duduqlanib gapiradigan odam bölgan ekan. Höhö bolalar bilan öynar, itlarni yaxşi köradigan, qişloqdan-qişloqqa köçib yuradigan Höhö ekan... Bir kuni qişloqlarga yomonlar kela boşlabdi. Yomonlar juda köp va yomon ekan. Odamlar qörqib, yurtlaridan ketişga çoğlanişibdi. Şunda Höhö, uzilib - uzilib, uşbu gaplarni, aytibdi:
– Sen Oqsoqol, sen Botirbola, sen Çopqirbolasan. Men Höhöman. Sizlar aytgansizlar, Höhöman. Höhöning közi qop-qora, Höhö qoronğini köradi. Höhö yaxşi eşitadi, yaxşi hidlaydi. Nurbuva aytgan qişloq yolğon emas, qişloq haqiqat. Qişloqda yolğon yöq, qişloq yaxşi degan. Bu uy... Höhöning uyi bor, Höhöning uyi köp. Yomğir yoğsa yaxşi, xuşböy, xuşböy böladi havo. Eşaklar hangrasa, itlar vovullasa, mollar maʼrasa yaxşi. Ketmanglar, bu uy, bu uy...
nega birlaşgan? Odamlar nima uçun kuraşgan? Höhö nima dedi?.. Endi-endi öylayapman bu savollarni. Höhö Vatan haqida gapirgan. Odamlarning könglidagi Vatanini yuziga aytgan. Xalqni uyğotgan. Balki bu gaplarni Nurbobo yoki Oqsoqol aytganida odamlar birlaşmasdi. Höhö duşman nimaligini, uruşning qanday bölişini bilmaydi, hatto, Vatan haqida gapirayotganini ham his qilmasa kerak. Ammo u rost gapirayapti, könglidagini aytayapti...
nos yoki tamaki çekmayman, aroq içmayman. Topgan pulimni ham köça sanğib ötkazişga isrof qilmayman. Öqiyapman, örganayapman, tengdoşlarim ila ğoyibona suhbatlaşayapman. Özbek va jahon adabiyotidan mutolaa davomida oldin tuşunmagan maʼnolarni tuşunayapman. Vatan farzandlarini kutayapti. Farzandlarini har qaçongidan ham köp soğingan. Vatan dunyo hamjamiyatida öz munosib örnini izlayapti. Xalqlarga öz sözini aytayapti. Bugun, “maʼnaviy xujum”, “ğoyaviy kuraş”, “mafkuraviy himoya” kabi iboralar tez-tez gapirilayapti. Xavfli guruhlar odamlarning ongini, könglini zaharlaşga harakat qilişayapti. Tahlikali zamon... Jangoh maydonida ilm, texnologiya, söz böy körsatayapti.
Mana, nima uçun kitob öqişimiz kerak? Tomirimizda qon örnida loqaydlik oqayotgandek, göyo. “Men qilmadim, men körmadim? Bu mening işim emas? “U birovning bolasi”... Qandaydir yangilik eşitsak, oğzimiz oçiladi –Öhhooö, bu Xitoy bilan Koreys balo-da? Aqlning bor-yöği şu Yevropa degan tomonlarda-da, bizda esa, heç vaqo yöq. Yangiliklarning tub zamiriga nazar solar ekanmiz, qadim çarx ovozi yangraydi.
Nega kitob öqişimiz kerak? Javob izlaymiz: Dunyoning har yerida işlab yurgan baʼzi yurtdoşlarimiz Vatanga qaytariş uçun! Kelgusi avlod qaramlikka, mutelikka mahkum bölmasligi uçun! Bobolar kun kelib men kabi dangasa avlod yaxşi yaşaşi uçun emas, aksinça, yurt oldidagi qarzini, tiriklik burçini, Vatan maʼnosini çuqur anglaganliklari sabab yomonlarga qarşi kuraşganlar. Öylab qolaman, töqlikka şöxlik qilişimizga kim huquq bergan, uyquli ong birla yaşaşga haqqimiz bormi? Özbekiston atalmiş Vatan borligi sabab kitob öqişimiz kerak!
Şohzod Anvar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶