DEPUTAT ÖZI ÖQIGAN MAKTABIGA NEGA BORDI?
Özi taʼlim-tarbiya olgan jonajon maktabiga borişni, orzu-öylar qanotida göyoki yuksaklarda parvoz qilib yurgan beğam bolalik xotiralarini eslaşni, sinfxonalarda diqqat-eʼtibor bilan dars ötayotgan bolajonlar davrasiga kirib, dildan suhbat qurişni istamaydigan odam bormikan, dunyoda?
Ha, hammamiz ham özimiz uçirma bölgan taʼlim maskanimizni doimo hurmat bilan eslaymiz. Biroq xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati, tadbirkor, şifokor Adilboy Yusupov keça, 10-aprel kuni özi öqigan 33-sonli maktabga şunçaki uçraşuv uçun emas, kutubxonasiga özi öqigan 30 ta sara badiiy asarlarni sovğa qiliş uçun bordi.
Muhtaram Yurtboşimizning aholini, ayniqsa, öquvçi-yoşlarni kitobxonlikka jalb qiliş, kutubxonalar fondini boyitiş maqsadida özi öqigan kitoblardan sovğa qiliş taşabbusi tumanimizda ham tobora ommalaşmoqda. Bu harakatga qöşilgan Adilboy Yusupovdan maktab öqituvçilari, öquvçilari juda hursand bölişdi.
- Kitob qaçonki öqilsagina maʼnaviy boylikka aylanadi. Men sovğa qilayotgan kitoblarni öquvçilar öqisa, maʼnaviy ozuqa olsa juda quvonaman, - deydi Adilboy Yusupov.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶