Fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga bağişlangan seminar

15-aprel kuni Amudaryo tumani hokimligi binosida fuqarolar yiğini raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişga doir işlarni taşkil qiliş masalasiga bağişlangan seminar ötkazilib, unda tumandagi törtta sektor rahbarlari, fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş va ötkazişga kömaklaşuvçi tuman komissiyasi aʼzolari hamda joylarda fuqarolar yiğinlari raislari saylovini taşkil etiş va ötkaziş maqsadida şakllantirilgan işçi guruhlar raislari iştirok etdilar.
Şuningdek, seminar yiğilişda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş va ötkazişga kömaklaşuvçi respublika komissiyasi aʼzosi, Senatning Qonunçilik va sud-huquq masalalari qömitasi raisi Botir Matmurodov va Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş va ötkazişga kömaklaşuvçi respublika komissiyasining tumanga biriktirilgan aʼzosi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirining birinçi örinbosari Alişer Atajanovlar iştirok etişdi.
Seminarni Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşev kiriş sözi bilan oçib, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019-yil 15-fevraldagi “Fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi KQ-507 – 111-sonli Qarori asosida tumanda fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş va ötkaziş böyiça tadbirlar rejasiga, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengaşining fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovini taşkil etiş va ötkaziş hamda saylov natijalariga köra mahalla organlarini şakllantiriş böyiça uslubiy tavsiyalariga muvofiq tumandagi 49 ta fuqarolar yiğinlarida tuzilgan işçi guruhlar tomonidan saylovga tayyorgarlik köriş, fuqarolar vakillarini saylaş, fuqarolar yiğini oqsoqoli lavozimiga eng munosib nomzodlarni tanlaş kabi işlarning amalga oşirilayotgani haqida gapirdi.

Seminar yiğilişi kun tartibidagi masala yuzasidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunçilik va sud-huquq masalalari qömitasi raisi Botir Matmurodov maʼruza qildi.
Fuqarolar yiğini raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş va ötkazişga doir işlarni yanada yaxşilaş masalalariga bağişlangan uşbu seminar özaro muloqot, savol-javoblar asosida ötkazildi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶