Aholi bandligini taʼminlaş böyiça davlat xizmatlaridan foydalaniş imkoniyati!
Mamlakatimizda aholining işçanlik faolligini va tadbirkorlik taşabbuslarini rağbatlantirişga, ijtimoiy zaif qatlamlar bandligini taʼminlaşga, aholi bandligini taʼminlaş böyiça davlat xizmatlaridan foydalaniş imkoniyati, sifati va tezkorligini oşirişga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini taʼminlaş borasidagi işlarni takomillaştiriş va samaradorligini oşiriş çora-tabdirlari töğrisida”gi 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-sonli Qaroriga muvofiq 2017 — 2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi ijrosini taʼminlaş böyiça, aholi bandligini taʼminlaşda davlat organlari işlari samaradorligini oşiriş, aholini mehnat faoliyatiga jalb qiliş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, şuningdek, yangi iş örinlarini taşkil etuvçi tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini rağbatlantiriş yuzasidan qişloq tumanlarida, bundan aholi soni 5 ming kişidan köp bölgan aholi punktlari mustasno, sartaroşxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar böyiça kiyim tikiş xizmatlarini, poyabzal taʼmirlaş xizmatlarini körsatiş böyiça faoliyatni taşkil etgan, şuningdek, jamoat hammomlarini taşkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023-yil 1-iyulgaça barça turdagi soliqlar tölaşdan ozod etiladi, yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir yollangan xodimga tölanadigan qatʼiy belgilangan soliqni tölaşdan ozod etiladi.
Şuningdek yuridik şaxs taşkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik subʼektlari 3 nafargaça doimiy işçilarni yollaşga, ular bilan mehnat şartnomasi tuzişga, şuningdek, mehnatga layoqatli yoşga tölgan boşqa yaqin qarindoşlarini, şu jumladan, mehnatga layoqatli yoşga tölgan bolalari va nevaralarining er-xotinlarini, mehnatga layoqatli yoşga tölgan aka-ukalari va opa-singillarini, ularning er-xotinlarini yuridik şaxs taşkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik subʼekti iştirokçilari sifatida jalb qilişga haqli, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini taʼminlaş borasidagi işlarni takomillaştiriş va samaradorligini oşiriş çora-tabdirlari töğrisida”gi 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-sonli Qarorining 6-bandiga muvofiq birinçi marta mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uni olgan sanadan boşlab 6 oy mobaynida qatʼiy belgilangan soliq tölaşdan ozod etiladi, yakka tartibdagi tadbirkorlar 3 tonnadan ortiq yuk kötaruvçi avtomobil transportida yuklarni eng kam iş haqining 2 baravari miqdoridagi stavka böyiça taşiş xizmatlaridan har oyda olinadigan qatʼiy belgilangan soliq tölaydi.
Şuningdek mazkur Qarorda 2018-yil 1-avgustdan boşlab Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasi mablağlari hisobiga bir martalik subsidiyalar berilişini nazarda tutadigan işsizlik böyiça suğurtalaş tizimini joriy etiş, aholi bandligiga kömaklaşiş markazlarida röyxatdan ötgan va tadbirkorlik faoliyatini boşlaşni xohlovçi işsiz şaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatdan ötiş, kiçik korxonalar va mikrofirmalarni davlat röyxatidan ötkaziş uçun xarajatlarni eng kam iş haqining 2 baravari miqdorida tölaş, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga mansub şaxslarni, şu jumladan, nogironligi bölgan şaxslarni zaxiralangan (kvotalangan) eng kam sondan ortiq miqdorda işga qabul qilgan taşkilotlarga — har bir qabul qilingan xodim uçun har oyda eng kam iş haqining 2 baravari miqdorida tölaş. Bunda işga qabul qilingan mazkur toifadagi şaxslarning bandligini eng kam son (kvota) oşgan sanadan boşlab kamida 12 oy davomida saqlaş şarti nazarda tutilgan.
Iş beruvçilarga — aholi bandligiga kömaklaşiş markazlarining yöllanmasi böyiça işga qabul qilingan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga mansub xodimlarni, şu jumladan, nogironligi bölgan şaxslarni kasbga qayta öqitiş va ularning malakasini oşirişga sarflanadigan xarajatlarni moliyalaştirişga har bir xodim uçun eng kam iş haqining 3 baravari miqdorida tölaş amaliyotini joriy qilinişi belgilab qöyilgan
Bundan taşqari 2018-yil 1-sentyabrdan boşlab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş sektorlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari rahbarlarining tasdiqlovçi maʼlumotlari va fuqarolarning arizalari asosida şaxsiy tomorqa xöjaliklarida işlovçi fuqarolarni band bölgan şaxs sifatida hisobga oliş mexanizmini joriy etilişi belgilab qöyilgan.
Aholi bandligini taʼminlaş sohasida Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazida tadbirkorlik subekti sifatida davlat röyxatidan ötiş amaliyotida fuqarolarga xodim yollagan holda faoliyatini yuritiş, iş örinlarini yaratişi, ularga berilgan imkoniyatlar haqida tuşuntiriş işlari olib borilmoqda.
Bundan taşqari markaz xodimlari tomonidan olib borilayotgan tarğibot tadbirlarida aholining bandligini taʼminlaş xususida xuquqiy tuşuntiriş berilib kelinmoqda.
Sodiqov Mansur Saidaxmedoviç
Tuman Davlat xizmatlari markazi direktori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶