Fuqarolik holati böyiça muammosi bor ayollar uçun qabul ötkazildi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyundagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida tuman Xotin-qizlar qömitasi tomonidan tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmasi, adliya bölimi, xalq taʼlimi bölimi, vasiylik va homiylik organi, tuman Tibbiyot birlaşmasi, FHDYo bölimi, “Oila” markazi hamda ovul va mahallalar bilan hamkorlikda fuqarolarning şaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilişga qaratilgan yiğiliş ötkazildi.

Tuman hokimligida bölib ötgan mazkur yiğilişda tuman xotin-qizlar qömitasi tomonidan farzandlariga tuğilganlik haqidagi guvohnomasini olmagan, rasmiy nikohi qayd etilmagan, fuqarolik pasporti bilan boğliq muammosi bor bölgan ayol-qizlar uçun qabul ötkazildi. Unda iştirok etgan tuman IIB bölimi, tuman tibbiyot birlaşmasi, vasiylik va homiylik organi, “Oila” markazi, fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş tuman Kengaşi rahbarlari hamda masʼul xodimlari iştirok etişib, aniqlangan har bir holat mutaxassislar tomonidan çuqur tahlil etildi. Şuningdek, har bir aniqlangan holat yuzasidan tegişliligi böyiça masʼullarga topşiriqlar berilib, ularni hal etiş muddatlari ham belgilandi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶