Eng yaqin döst – kitob
Tumanimizda “Kitob sovğa qil!” aktsiyasi davom etmoqda.
Uyşin ovulida tuğilib-ösgan va ovuldagi 18-sonli umumtaʼlim maktabida tahsil olgan, ayni paytda Törtköl tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimida işlayotgan Inobat Jumaboyeva ham özi tahsil olgan ilm dargohida öquvçilar bilan uçraşib, dildan suhbatlaşdi.
I.Jumaboyeva öquvçi-yoşlarga 60 dona turli nomdagi jahon va özbek adabiyotining durdona asarlarini, şuningdek sport anjomlarini sovğa qildi.

Ilmga çanqoq va kitobsevar yoşlar bilan bölib ötgan davra suhbatida tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedova ham öz şaxsiy kutubxonasi hisobidan 20 ta sara kitoblarni maktab öquvçilariga hadya etdi.

Kitob mutolaasining ahamiyati, yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş bobomeros urf-odat va anʼanalarni asrab-avaylaş, eng yaqin döst – kitob mavzusidagi dildan suhbat öquvçilarda katta taassurot qoldirdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶