Xalq qabulxonasi mudiri özi öqigan maktabga kitoblar va sport anjomlari sovğa qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri E.Rajabov tumanning Qiliçboy ovuli, Toşqalʼa mahallasidagi 8-sonli maktabda bölib, taʼlim-tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanişdi. E.Rajabov öquvçilar bilan muloqot qilib, ularga mamlakatimizda barça sohalarda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar haqida tuşunçalar berdi.
Mehmon maktab kutubxonasida ham bölib, darsliklar va öquv qöllanmalari, badiiy adabiyotlarga boy bölgan mazkur kutubxonaga öz hisobidan badiiy kitoblar hadya qildi. Şuningdek, E.Rajabov maktab öquvçilari foydalanişi uçun sport anjomlari va buyumlarini ham sovğa qildi.

Uçraşuvda maktab öquvçilari va öqituvçilari sözga çiqib, maktabning sobiq öquvçisiga sovğalar uçun minnatdorçilik bildirdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶