DEPUTAT ÖZ SAYLOVÇILARI IŞONÇINI QOZONAYaPTI
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputati Bahrom Madaminov Kengaş sessiyalariga masalalar kiritişda, 2-Çordara saylov okrugi saylovçilari bilan tez-tez uçraşuvlar ötkazib, ularning turmuş şaroitlari va muammolarini örganişda, şuningdek, ÖzXDP deputatlik guruhi faoliyatini yaxşilaşda faol harakat qilmoqda.
Deputat B.Madaminov Xalq deputatlari tuman Kengaşi sesiyalarida faol qatnaşib, özining fikr va takliflarini bildirib kelmoqda. Jumladan u Xalq deputatlari tuman Kengaşining 43-sessiyasida hududiy nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyatini davlat tomonidan qöllab-quuvatlaşni yanada yaxşilaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida NNT va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondining bölimlarini oçiş va nodavlat notijorat taşkilotlarida faoliyat yurituvçi xodimlarning oylik maoşlaridan daromad soliğiga imtiyozlar beriş töğrisida takliflar bildirgan.
Deputat B.Madaminov 2018-yilda tumanda ÖzXDP tomonidan “Istiqbol” yoşlar qanoti körik-tanlovining ötkazilişiga katta yordam berdi.
Şuningdek, deputat Bahrom Madaminov ÖzXDP tuman Kengaşi huzurida faoliyat yuritayotgan “Tarğibotçilar guruhi” aʼzosi sifatida “Partiyalar imidji, partiyalararo raqobat yuritişda siyosiy ğoyalarning aks etişi, tarğibot-taşviqot işlarining şakllari va usullari”, “2017-2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar Strategiyasida belgilangan “Davlat va jamoat qurilişi tizimini takomillaştirişning ustuvor yönalişlari”, “26-iyun – giyohvandlikka qarşi kuraşiş kuni” munosabati bilan “Biz – giyohvandlikka qarşimiz!”, “Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yillik bayrami munosabati bilan “Aziz va yagonamsan, jonajon Özbekistonim” va yana köplab mavzulardagi öquv-seminarlari, davra suhbatlari va tadbirlarda faol qatnaşib keldi.
B.madaminov özi deputatlikka saylangan 2-Çordara saylov okrugi saylovçilari bilan muntazam ravişda uçraşuvlar ötkazib kelayapti. U 2018-yilda 28 nafar fuqaroni qabul qilib, ularning murojaatlarini örganib çiqdi va deputatlik vakolatiga oid masalalarni ijobiy hal qilişga erişildi.
2-Çordara saylov okrugi saylovçilari öz deputatlari – Bahrom Madaminovning faoliyatidan, uning saylovçilarga bölgan eʼtiboridan minnatdor bölişmoqda.
Bu – saylovçilarning öz deputatiga bölgan işonçi hisoblanadi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶