TANLOVDAGI IŞTIROKIM MENI YaNA HAM IZLANIŞGA UNDADI
Özbekiston yoşlar ittifoqi tomonidan 19-aprel kuni Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq şoiri Ibroyim Yusupov xotirasiga bağişlab “Ayoziy bilimdonlari” tanlovi ötkazildi.
Tanlov 14-19 va 20-30 yoş toifasida, 3 ta bosqiçda bölib, 1-bosqiçda Ibroyim Yusupov hayoti va ijodiga bağişlangan 20 ta test savollari berildi. Bu bosqiçdan ötgan iştirokçilar keyingi bosqiçda şoir şeʼrlaridan sözlar keltirildi va qaysi şeʼridan olingan sözlar ekanligini topiş talab etildi. Şartni bajargan iştirokçi 3-şartga ötdi. Unda Ibroyim Yusupovning poemalari berilgan bölib, u haqida bayon qilib beriş kerak böldi.
Bu tanlovda men ham öz bilim va könikmalarimga tayangan holda qatnaşdim va 2-örin sohibi böldim. Bu yutuğimda qoraqalpoq tili fani öqituvçim Oygul opa Abdumuratovaning örni alohida. Garçi men 1-örinni ola olmagan bölsam-da bundan heç ham xafa emasman. Menga bu katta saboq böldi, öz ustimda bundan-da köproq izlanişim, öqişim kerakligini angladim.
Ozoda TÖLIBOYeVA, 1-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶