ÖQUVÇI QIZLAR MAʼNAVIYaTINI YuKSALTIRIŞGA OID TADBIR ÖTKAZILDI
Mamlakatimizning yuqori sinflari öquvçi qizlari orasida qizlarning odob-axloq qoidalariga, kiyiniş madaniyatiga amal qilişi, mustaqil hayotga qadam qöyişi arafasida kasb-hunarlar haqida tölaroq maʼlumotlar olib, öz kelajagini belgilab olişi juda muhimdir. Aynan könglida olamça orzu-umidlar bilan bilim asoslarini çuqur örganişga intilayotgan yoşlargina ertaga yurtimiz taqdirini öz qöllariga ola biladilar.
Buningdek masʼuliyatli vazifaning ijrosiga intilayotgan 31-sonli umumtaʼlim maktabi maʼmuriyati, yoşlar ittifoqi va boşlanğiç xotin-qizlar taşkiloti hamkorlikda yoşlarning maʼnaviyatini yuksaltirişga hissa qöşuvçi köpgina maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazmoqda.
Ana şunday tadbirlardan biri 16-aprel kuni bölib ötdi. “Qiz bolaning odobi – uning körki” deb nomlangan tadbirda maktab rahbarlari, öqituvçilari va yuqori sinflar öquvçilaridan taşqari Beruniy mahalla fuqarolar yiğini mutaxassisi D.Yoqubova, tuman Xalq taʼlimi bölimi boşlanğiç xotin-qizlar taşkiloti raisi T.Pirlepesova, şuningdek, Manğit şahridagi maktablar boşlanğiç xotin-qizlar taşkilotlari raislari iştirok etdilar.
Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari D.Örozaliyeva oçdi va olib bordi. Dastlab, maktab boşlanğiç xotin-qizlar taşkiloti raisi S.Uzoqboyeva taşkilotning öquvçi-qizlar orasida tibbiy madaniyatning, odob-axloq qoidalarining keng tarğib qilinayotgani, mavzular böyiça ötkazilayotgan tadbirlar haqida, şuningdek, qizlar soğlom dunyoqaraşga ega bölişiga erişiş uçun kitob mutolaasiga keng jalb qilinayotgani haqida gapirdi.
Şuningdek, T.Pirlepesova, D.Yoqubovalar ham bu boradagi öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir yakunida öquvçi qizlarning orasta, odobli va xuşmuomala, bilimli bölib voyaga yetişiga erişiş borasida qilinişi lozim bölgan vazifalar barça umumtaʼlim maskanlari uçun ham daxldor ekanligi taʼkidlandi. Boşlanğiç xotin-qizlar taşkilotlari raislari uçun öziga xos tajriba örganiş va öquvçi-yoşlar maʼnaviyatini yuksaltirişga xizmat qiluvçi tadbir barçada ulkan taassurotlar qoldirdi.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶