Maktabda “Yoş kitobxonlar” körik-tanlovi ötkazildi
Kitoblar insonni maʼnaviy kamolotga yetkazadi. U qalblarda mehnatsevarlik, Vatanga muhabbat, ota-onaga mehr, vafo kabi insoniy tuyğularni qaror toptirib, dunyoqaraşni kengaytiradi. Şu sababli umumtaʼlim muassasalarida yoş avlodni kitobxonlikka qiziqtiriş, ular örtasida kitobxonlik madaniyatini şakllantiriş, milliy va jahon adabiyoti böyiça bilimlarini oşiriş maqsadida “Yoş kitobxonlar” körik-tanlovlari ötkazilib kelinmoqda.14-may kuni 13-sonli umumtaʼlim maktabida ham 6-8-sinf öquvçilari örtasida “Yoş kitobxonlar” körik-tanlovi ötkazildi. Tanlovda öquvçilarga badiiy adabiyotlar böyiça savollar berilib, bilimlari sinovdan ötkazildi. Hakamlar hayʼatiga iştirokçilarning şu paytgaça öqigan kitoblari röyxati ham taqdim etildi. Röyxat asosida ularga istalgan badiiy asar böyiça savollar berildi.
Tanlov yakunida 7-sinf öquvçisi M.Rahimboyeva 1-öringa, 8-sinf öquvçilari G.Botirova, R.Karimovalar 2-öringa, 7-sinf öquvçisi A.Hayitboyev 3-öringa munosib deb topildi. Şuningdek, tanlovda boşqa faol iştirokçilarga “Eng kitobsevar”, “Eng bilimdon”, “Eng şeʼrxon” nominatsiyalari ham berildi.
Aziza Ahmedova, 13-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶