Amudaryo tumanida yangi nodavlat maktabgaça taʼlim muassasasi iş boşladi
Kelajagimiz egalari bölgan jajji bolajonlarni maktabgaça taʼlim muassasalariga qamrab olişni kengaytirişda davlat-xususiy şeriklik asosidagi nodavlat muassasalar faoliyatini taşkil qilişga alohida eʼtibor berilmoqda. Bola boğça yoşidanoq taʼlim-tarbiyaga jalb qilinsa, maktab taʼlimiga sifatli tayyorlansa, maktabdagi fanlarni yaxşi özlaştiradi.
Ayni kunlarda tumanimizda ham bu borada köpgina işlar amalga oşirilmoqda.
Tumanimizning Bosuv mahallasi hududida tadbirkor, taʼlim faxriysi Ahmad Maşaripov tomonidan qurilgan, 50 nafar bolajonlarga taʼlim-tarbiya beriş imkoniga ega “Bahoroy” nodavlat maktabgaça taʼlim muassasasi şu yil 31-may kuni tantanali ravişda foydalanişga topşirildi.

Muhtaşam binoning qurilişi va jihozlanişi uçun “Özsanoatqurilişbank”ning 1 mlrd. 208 million söm krediti va tadbirkorlarning öz mablaği, jami 1 mlrd. 623 million söm sarflandi. Natijada zamonaviy uslubdagi ulkan mahobatli bino qad rostladi va bu yerda bolajonlarning yayrab-quvnab ösişlari uçun barça şaroitlar yaratildi.
“Bahoroy” nodavlat maktabgaça taʼlim muassasasi işga tuşirilişi munosabati bilan 11 ta yangi iş örni yaratildi.
Muassasaning oçiliş marosimida Qoraqalpoğiston Pespublika Maktabgaça taʼlim vazirligi bölim mudiri Zamira Yerejepova, tuman hokimi örinbosari Alişer Yöldoşev, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Bekmon Allamberganovlar sözga çiqib, kiçkintoy bolajonlarning yaxşi taʼlim-tarbiya olişlariga munosib şaroitlarni yaratgan tadbirkor va işbilarmon Ahmad Maşaripov va unga qöl-qanot bölgan farzandlariga ulkan minnatdorçilik bildirdilar.

Tantanaga taşrif buyurgan tuman Xalq taʼlimi, Maktabgaça taʼlim bölimlari masʼul xodimlari, tumanimizda faoliyat yuritayotgan MTMlar mudiralari, ota-onalar muassasada bolajonlar uçun yaratilgan şaroitlarga yuqori baho berdilar.
Davlat-xususiy şeriklik asosidagi “Bahoroy” nodavlat maktabgaça taʼlim muassasasi hudud bolajonlariga 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuniga munosib sovğa böldi.
O.Pajabova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶