21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 21:21
Fan va taʼlim 👁 755

Maktablarda pullik taʼlim xizmatlari

Maktablarda pullik taʼlim xizmatlari

“Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilar uchun ixtiyoriylik asosida tashkil etiladigan pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish tartibi belgilab berilgan.

Pullik taʼlim xizmatlari zarur moddiy-texnika bazasi hamda tegishli pedagog xodimlarga ega boʻlgan yoki tegishli mutaxassis jalb qilingan holda maktablarda tashkil qilinishi mumkin.

Bunda pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish oʻquvchining maktablarda oʻquv dasturi boʻyicha olib boriladigan taʼlim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermasligi nazarda tutilgan.

Maktablarda tashkil qilinadigan qoʻshimcha taʼlim berishga qaratilgan pullik taʼlim xizmatlari maktablarning oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan mashgʻulotlar boʻyicha maktab direktori va oʻquvchilarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasida ushbu Nizomga muvofiq tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Maktabda pullik taʼlim xizmat koʻrsatishga, birinchi navbatda, shu maktabda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar shartnoma asosida jalb etiladi. Buyurtmachilar tomonidan kelib tushadigan mablagʻlarning bir qismi (50 foizidan kam boʻlmagan miqdori) oʻqituvchilarga xaq toʻlashga yoʻnaltirilishi mumkin.

Maktab maʼmuriyati buyurtmachidan shartnomada belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashni talab qilish va ushbu talab bajarilmasa, oʻquvchini pullik taʼlim xizmatlari boʻyicha mashgʻulotlardan chetlashtirish huquqiga ega. Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi maktab qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkinligi aytib oʻtilgan.

Bundan tashqari, mashgʻulotlar jarayonlariga malakali oʻqituvchilarni jalb etish, ilgʻor taʼlim texnologiyalarini, zamonaviy kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalarini joriy etish belgilangan.

Koʻrsatilayotgan pullik taʼlim xizmatlarining bir kalendar oyi uchun belgilangan toʻlov miqdorini shartnoma talablariga muvofiq toʻliq hajmda va oʻz vaqtida toʻlash, toʻlov hujjati nusxasini esa mashgʻulotlar boshlanishidan oldin maktab maʼmuriyatiga taqdim etishlari kerak boʻladi. Shartnoma talablariga soʻzsiz amal qilish maqsadida va shartnomada koʻrsatilgan qoʻshimcha taʼlim va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun oʻquvchining darslarga muntazam ravishda qatnashishini taʼminlash zarur boʻladi. Oʻquvchi maktabning mulkiga yetkazilgan moddiy zararni qoplashga majburdir. Buyurtmachi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkinligi aytib oʻtilgan.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, farzandlarimiz uchun yaratilayotgan bu imkoniyatlardan oqilona foydalana bilsak, qoʻshimcha taʼlim mashgʻulotlari ularning boʻsh vaqtlarini samarali oʻtishiga hissa qoʻshadi.

Albatta, farzandlarimiz mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va maʼnaviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishiga imkon beradi.

Ravshan XOlmurODov, tuman XTB Taʼlim sifati monitoringi boʻlimi

bosh inspektor-metodisti, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026