21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:13
Adabiyot 👁 3,071

Yoshlar ijodidan

Yoshlar ijodidan

Onajonim

Oqlagayman sutingizni,

Yorugʻ qilay yuzingizni.

Quvontirib oʻzingizni

Onajonim, jonim onam!

Oqila, dono qiz boʻlay,

Vatanimga xizmat qilay.

Murodingiz hosil qilay,

Onajonim, jonim onam!

Sarvinoz Otajonova.

Obod shahrim

Obod turmush yoʻlida

Obod boʻlgan koʻchalar.

Yorishib tun qoʻynida,

Oyday toʻlgan koʻchalar.

Marjonday chiroqlari,

Daraxtlari soyabon.

Shahrimning har yoqlarin,

Suyub, quchadi osmon.

Obodon el, obod el –

Ona shahrim omon boʻl!

Goʻzaloy NURIMBETOVA.

Egizaklar

Sogʻlom bola yilida,

Egizaklar tugʻilar.

Hasan-Husan-u hamda,

Yulduzoy va Qunduzlar.

Ulgʻayar egizaklar,

Hur Vatan ardogʻida.

Koʻngillarni bezaklar,

Gul ochib el bogʻida.

Nurlan JADIGEROV, 36-maktab oʻquvchisi.

Bolalik

Bolalik podshohlikdir,

Bolalik begʻamlikdir.

Bolalik totli davr,

Umrga mazmun berar u.

Bolalik qaytib kelmas,

Undan shirin dam boʻlmas.

Bolalik sururiga,

Odamzod hech ham toʻymas.

Sohiba RAJABBOYeVA,

55-sonli maktab oʻquvchisi.

Sogʻlom bola

Yurtboshimning farzandlari,

Kelajagim dilbandlari.

Fikrlari uygʻoq bola,

Sogʻlom bola, sogʻlom bola.

Kuch-quvvatga toʻlib-toshgan,

Aqllari teran bola.

Shoʻxliklari daryo-daryo,

Sogʻlom bola, sogʻlom bola.

Har jihatdan kamol topgan,

Orzulari olam-olam.

Shoshayotir dunyo tomon,

Sogʻlom bola, sogʻlom bola.

Tillarida Oʻzbekiston,

Dillarida Tinchlik, Doʻstlik.

Fikrlari dono-dono,

Sogʻlom bola, sogʻlom bola.

Umrimizning gʻunchalari,

Oʻqishlari aʼlo-aʼlo.

Hayotimiz mazmunlari –

Sogʻlom bola, sogʻlom bola.

Zuhra Ahmedova,

55-sonli maktab kutubxonasi mudirasi.

Tarixdan soʻzlasam

Asrlardan asrlarga oʻtib kelgan qalʼalar,

Qirgʻinlarning azobini ortib kelgan qalʼalar.

Bobolarim unib-oʻsgan tabarruk maskanlar bu –

Goho ishq deb, ozodlik deb vayron boʻlgan qalʼalar.

Barchasida soʻngsiz azob-uqubat bor, firoq bor,

Ishq nomidan aytayinmi, "Nazlim suluv” qalʼasin.

Moziylarda sirli qolgan "Gavur”, "Yompiq” qalʼalar,

Hatto ishq deb barbod boʻlgan "Guldursun”ning qalʼasi.

Yulduz YuSUPOVA, Melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji talabasi.

Kutish azobi

Tan olaman... Oʻgʻirladim.

Vaqt, imkonni.

Shuncha kutdim, kun sargʻaydi...

Qorlar yogʻdi.

Bahor keldi, qor eridi,

Kurtak chiqdi.

Va nihoyat... Men qoʻmsagan,

Nido keldi.

- Sen oʻgʻrisan!... - Va bu toʻgʻri.

Men bosh egdim.

Bu sas emas...

Umrdan nido!

Bu emas - men kutgan ovoz!

Bekatdaman... Poyezd kelmas,

Kuz keladi.

Sargʻayadi qoʻlimdagi eski qogʻoz.

Bekatdaman... sovuq... ammo -

Qorsiz ilk qish,

Qargʻa ketdi, bahor keldi...

Bekatdaman...

Poyezd keldi... Lekin bahor...

u kechikdi...

Relsda yotar - jonsiz tana...

Men yoʻqotgan Vaqt.

Men oʻgʻriman...

Siroj OLIMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026