21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 20:09
Salomatlik 👁 783

Amudaryo tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi havo harorati keskin koʻtarilgan hozirgi mavsumda issiqdan saqlanish choralarini koʻrishni tavsiya qiladi

Amudaryo tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi havo harorati keskin koʻtarilgan hozirgi mavsumda issiqdan saqlanish choralarini koʻrishni tavsiya qiladi

Hududimizda ayni kunlarda havo harorati keskin koʻtarilayotgani insonlar salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shunday vaziyatlarda ular salqin joylarda hordiq chiqarishadi, oftob urmasligi uchun turli usullarni qoʻllay boshlashadi. Xoʻsh, issiq harorat taʼsiridan qanday saqlanishimiz kerak, bu mavsumda qanday kiyinishimiz va ovqatlanishimiz lozim? Yoz faslining boshlanishi, ayniqsa eng issiq davr – chillaning kirib kelishi har yozda tumanimiz aholisi uchun biroz noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Boisi hududimizda havo harorati +45, +50S darajagacha yetadi. Bunday anomal issiq kunlarda avvalo odam boshini quyosh nuridan asrashi muhim ahamiyatga ega. Chunki bosh miyadan katta arteriya, vena qon tomirlari oʻtgan boʻlib, kunning issiq vaqtida bosh yalang yurganda bosh qizib, butun tanada issiq qon aylanishi oftob urishiga  olib kelishi mumkin. Buning oqibatida tana haroratining koʻtarilishi, terining qizarishi, holdan toyish, nafas olish va puls tezlashishi, yurakning tez urishi, bosh ogʻrishi, aylanishi, koʻngil aynishi, qayd qilish, hushdan ketish kabi holatlar kuzatilishi mumkin.

Nimalar tanovul qilgan maʼqul?

Tabiiyki, issiq kunlari koʻp miqdorda suv ichish organizm faoliyatini yaxshi ishlashga va suv-tuz balansini meʼyorlashtirishga yordam beradi. Ammo bunda organizmning suv tanqisligini toʻldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha, oddiy ichimlik suvini isteʼmol qilish kerak. Shuningdek, issiq kunda yogʻli, goʻsht mahsulotlari isteʼmolini kamaytirib, yengil hazm boʻluvchi taomlar isteʼmolini koʻpaytirish maqsadga muvofiq. Qolaversa, meva va sabzavotlar ham organizmda yaxshi singib, ichki aʼzolar faoliyatini normallashtirishga yordam beradi. Yana shuni alohida taʼkidlash lozimki, yoz kunlarida xiyobon va markaziy koʻchalar atroflarida qoʻlbola usullarda tayyorlanib, isteʼmol uchun chiqarilgan turli sharbat, ayron, goʻja hamda shu turdagi mashulotlarni isteʼmol qilmagan maʼqul. Chunki kun davomida quyosh nuri tushib turgan hamda isteʼmolga yaroqlilik belgisi mavjud boʻlmagan bu turdagi mahsulotlar turli noxush vaziyatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin.

Qanday kiyinish kerak?

Yosh kunlari tabiiy matodan tikilgan, havoni yaxshi oʻtkazib, quyosh nurini qaytaradigan hamda keng tikilgan kiyimlarni tanlash maqsadga muvofiq. Chunki ular terining nafas olishiga imkon yaratadi hamda tana haroratining koʻtarilib ketishiga  toʻsqinlik qiladi. Qolaversa, jazirama kunda bosh kiyim kiyib yurish ham maqsadga muvofiq. Maʼlumki, quyosh nuri kunduzi soat 12dan 16 gacha judayam faol holatda boʻladi. Shuning uchun bu vaqt oraligʻida koʻchaga chiqmagan maʼqul. Vaziyat taqozo etgan vaqtda esa tananing ochiq joylarini quyosh nuridan saqlashga harakat qilish darkor.

Durbek BOBOJONOV, tuman DSENM bosh shifokori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026