21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 02:39
Jamiyat 👁 2,993

Valentin kim özi?

Valentin kim özi?

OMMAVIY MADANIYaT — MAʼNAVIYaT KUŞANDASI

Gazeta tahririyati. Bu yerga odamlarni baʼzan hayot taşvişlari, muammolar, baʼzan quvonç yetaklab keladi. Biz ularning taşvişlariga yelka tutmoqqa, muammolarini hal etmoqqa intilamiz, quvonçlariga şerik bölamiz, göyo öz muammolarimiz hal bölayotganday, yelkamizdan toğ ağdarilganday sezamiz özimizni. Özganing quvonçini özimiznikiday qabul qilib, barça bilan birga baham köriş uçun har lahza şaylanib turamiz. Ana şu tuyğular bizni yozişga, hayotimizdagi jamiki yaxşiliklarni xalqimiz bilan birga baham körişga undaydi.

Ammo... Ammo bugun meni yozişga undagan sabab tomoman boşqa  narsa – mohiyatan bizning mentalitetimizga yot bir holatki, bu haqda jurnalist sifatida fidoyilik qilmasligim, jon kuydirmasligim aslo mumkin emas.

                                     Hijronda kuygan "şoiralar”

Odatdagi iş kuni. Tumanimizdagi umumtaʼlim maktablaridan birida tahsil olayotgan ikki nafar qizaloqni suratçi-muxbirimiz Mahmudjon Şomurodov xonamga boşlab kirdi. Qizaloqlar bilan tanişib oldik (maʼnaviy-axloqiy masalalarni hisobga olib, qizaloqlarning manzil va ismini sir tutdik). Şeʼrlar yozişarkan. Daftarlar töla ğij-ğij şeʼr. Fikrlari yomon emas, öqiy boşladim. Lekin meni hayratga solgan narsa şu böldiki, hali örta maktabning 7-8-sinflarida öqiyotgan qizaloqlarning allaqanday Valentin ismli şaxsni muhabbat maʼbudi darajasiga kötarib, hatto Valantinning boşiga tuşgan musibatni özi boşidan keçirganday qabul qilib:

"Oh, hijrondan vujudim yonar,

Valentinday yuragim qonar.

Yuragim qoniga ğarq bölaman,

Men ham sevgimni deb ölib qolaman”.

Şeʼrni heç bir tahrirsiz keltirdim. Qofiya joyida, vazn esa tumtaroq. Öqigan odamga, şeʼriyat muxlisiga bu satrlar nima beradi? Heç nima! Endigina 12-13 yoşdagi ösmir qizning "yuragini qonatib”, hatto kuydirib, qoğozga tökilgan şeʼrdagi Valentin kim özi?

- Valentin kim ekan? – savol berdim.

Qizlar jimgina boş egişdi. Garçi özim uyalib  tursam-da yana söradim:

- Valentin ismli yigitni sevasanmi?

Ikkala qizaloq ham "şuniyam bilmaysizmi?” – deganday menga istehzo bilan boqişdi.

Töğrisi, huzurimdagi qizaloqlarni hamma narsadan, hatto sevgi satrlari pala-partiş yozib taşlangan, özlari uçun aziz bölgan qöllaridagi daftarlaridan ham qattiq qizğandim. Va uşbu maqolani yozişga jazm etdim.

"Valentin kuni” muhabbat bayramimi?

Xuddi menga öçakişganday şu kunning ertasiga işga kelayotib yana bir "Valentinparastlar”ga duç kelib, taʼbim battar xira böldi. Öqişga şoşilib ketayotgan 7-8 nafar yoşlar yölakda men bilan bab-baravar odimlaşardi. Çuğurlaşib gaplaşib borayotib, bot-bot töxtab nimanidir muhokama qilişayotganidan bildimki, öquvçi-yoşlar "Valentin kuni”ni nişonlaş uçun örtaga pul yiğişardi. Ana xolos! Yana "Valentin”. Ularning gaplaridan yana şuni angladimki, öşa kunni – 14-fevral sanasini  har galgidan özgaça qilib ötkaziş, davomli sevgi maktublari bitiş zarurligi haqida biri olib-biri qöyib gap talaşardi yoşlar. Yana jurnalistligimga bordim:

- U qanaqa kun ekan, bolalar?

Ösmir yoşlarning biri kulib, biri jiddiy tortib menga ajablanib qaraşdi.

- Muhabbat bayrami kuni-ku!

Bir neça ovoz jörligidagi bu javobdan töğrisi, jonim oğridi. Biz farzandlarimiz tarbiyasiga loqaydmizmi yoki ularning hayotga qaraşlari şunçalik sayozmi, deya kuyundim. Axir bir töda yoşlar qarşimda "Siz hali muhabbat bayramini ham bilmasizmi?” deganday istehzo bilan boqib turişsa? Boz ustiga, bu kunni nişonlaş uçun falon sömdan örtaga pul yiğayotganlariga jim qarab turiş mumkinmi? Demak, ösib kelayotgan yoş avlod ongidagi maʼnaviy böşliqni yuksak axloqiy-tarbiyaviy omillar bilan töldirişga şoşilişimiz kerak. Toki, bu maʼnaviy böşliqni özgalarning yot mafkurasi egallab olmaslaridan burun şoşilişimiz zarur, şart!

Valentin kim özi?

Xöş, yoşlarning qalbini mahv etiş darajasidagi "muhabbat maʼbudi” – "Valentin” özi kim? Nima uçun yoşlar kör-körona bu şaxs nomini tilga olayotir. Ösmir qizaloqlarimiz işqiy şeʼrlar yozib, "Valentinday sevgi yölida qurbon böliş”ga oşiqayotir?

Men uşbu maqolani yozişdan avval juda köp tarixiy manbalarga murojaat qildim, entsiklopediyalarni titkiladim, turli matbuot naşrlarining taxlamlaridan bu şaxs xususidagi maʼlumotlarni axtardim. Va qatʼiy bir xulosa çiqardimki, Valentin – heç qanday yo ilohiy, yo jismoniy kuç-qudrat sohibi emas. U heç kim emas, aziz yoşlar! Valentin – hatto nafratga loyiq şaxs. U insoniyat hayotida heç qanday rol öynamaydi ham. Bu şaxs haqidagi haqiqatni bilmoqçi bölganlarga qatʼiyat va işonç bilan ayta olamanki, bu – "Valentin kuni”ni öylab topib, yoşlar ongini buzişni, maʼnaviy  qadriyatlarimizni tanazzulga olib borişni maqsad qilgan missionerlarning hiyla-nayranglaridan  biri, xolos. 

Tarixiy manbalarga köra, eramizdan uç asr avval Rimning Tern şahrida tuğilgan bu şaxs öz kasbiga xilof ravişda sevgi maktublarini yoza boşlaydi. Oqibatda, ibodatxonadan quvğin qilinadi. Vaholanki, rohiblar aslida seviş u yoqda tursin, tarki dunyo qilib yaşaşni istagan toifa odamlardir. Bu jihatdan Valentin öz tanlagan yöliga, eʼtiqodga xiyonat qilgan şaxs hisoblanadi. Valentin yaşagan davrda Rim imperatori Klavdiy özi boşlab qöygan qonli uruş  rejalarini amalga oşiriş uçun ğalati bir farmon çiqaradi. Uşbu farmon mazmuni qisman şunday bölgan: "Rim jangçilari qizlar bilan uçraşmasin va uylanmasin...”

Özi rohib bölaturib Valentin imperator farmoniga birinçi bölib qarşi çiqadi va zindonga taşlanadi. Va eramizdan  oldingi 273-yilning 14-fevral sanasida Valentin qatl etiladi. Şundan söng u nasroniylar orasida "muhabbat qurboni” degan nom oladi.

Aziz yoşlar, endi bir yaxşilab öylab köraylik. Kimningdir ölgan kunini "bayram” sifatida nişonlaş mantiqan töğrimi? Qolaversa, imperator Klavdiy Valentin yaşagan davrda pravoslavlarga qonli mahorabalar olib borgani bois, hatto slavyanlarning özlari ham Valentin ismli bu şaxsni eʼtiborga olişmagani tarixdan maʼlum. Bundan ham ajablanarli tomoni – MDH doirasidagi davlatlarning birortasida ham "Valentin kuni” bayram qilinmaydi. Masalaning yana bir jihati şundaki, rohiblar oila quriş, sevib-seviliş tuyğularidan voz keçib, tarki dunyo qilgan, öz umrlarini Yaratganning öziga bağişlagan şaxslardir.

Yana bir narsaga eʼtiboringizni jalb etişni lozim topdim. Nasroniylar insonning tuğilgan kunlarini doimo xursandçilik bilan, bayramday nişonlaşadi, dunyodan ötganlarni esa xotirlaşadi, xolos.

                    Özini anglagan sözini anglaydi

Ana endi yaxşilab öylab köraylik. Bizning din-u mazhabimizga, milliyligimizga tamoman yot bölgan bu "bayram” kimga kerak? Öğil-qizining qöliga pul tutqazayotgan ota-ona fevral oyida mamlaktimizda qanday bayramlar nişonlanişi haqida nega öylab körmaydilar? "Valentin kuni” nomi bilan yoşlarimiz ongini zaharlayotgan bu "yasama bayram” aslida bizning gözal hayotimizga raxna solişga urinayotgan missionerlarning nayranglaridan biri emasmi? Çunki mafkura maydonida sinovdan ötgan eng maqbul yöl – millat yoşlarining ongini zaharlaş ekanligini missionerlar juda yaxşi bilişadi. Internet saytlari, turli xil radiokanallar taʼsirida hissiyotga beriluvçan yoşlarimiz jimjimador işqiy nomalar, dil izhorlari bitiş bilan band bölib tursalar, ularning ilm oliş, kasb-kor örganiş xususidagi orzulariga putur yetsa, missionerlar özlarining ğarazli niyatlariga juda osongina  erişadilar, yoşlarni xohlagan tomonlariga egib oladilar. Oqibatda hayotimizdagi maʼnaviy böşliq tobora kengayib boraveradi, maʼnaviy-tarbiyaviy sohada muammolar yuzaga kelaveradi. Missonerlarning maqsadi şu. Buni nainki  ösmir-yoşlarimiz, balki ularning ota-onalari ham yaxşi anglab yetişlari zarur.

Yana şuni aytişni istardimki, ösib kelayotgan yoş avlod Valentin ismli şaxsdan ham, "Valentin kuni”dan hm nafratlanmoği kerak. Çunki yuqorida aytganimday,  birinçidan, Valentin – avvalo xiyonatkor şaxs – u öz eʼtiqodiga xiyonat qildi. Ikkinçidan, Valentin – öz mamlakati qonunlarini oyoq-osti qildi, öz qavmi nomiga isnod keltirdi. Öz qavmdoşlari slavyanlar nomini tilga olmayotgan bu şaxsni bizning millatimiz yoşlari eʼzozlayotganlari umuman mantiqqa töğri kelmaydi. Bu borib turgan gumrohlik emasmi?

Yoşlarimizga baralla aytaman: "Valentin kuni” bilimsiz, ahmoq odamlarning xayoli. Bunday xayolda yaşaş – badxulqlikdir, maʼnaviy qadriyatlarimizga nisbatan hurmatsizlikdir. Agar bilsangiz, aqlli inson haqiqiy muhabbat tuy-ğusini halol kasb-kordan topadi va öz hayot yölini ana şunday uluğ tuyğular bilan bezaydi. Qolaversa mustaqil, ozod va obod Vatanimizda har bir kun bayram. Söz mulkining sultoni, davlat va jamoat arbobi  Mir Alişer Navoiy tavalludi ayyomi – 9-fevral eng uluğ maʼnaviy-maʼrifiy bayram-ku, aziz yoşlar! 14-fevralda esa uluğ şoh va şoir, vatanparvarlikning buyuk timsollarini yaratib ketgan Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining tavallud ayyomi! Faqat özbek millati emas, balki butun dunyo xalqlarining qalb közlarini oçib, öz ijod durdonalari ila nurafşon etgan uluğ bobolarimizning tavallud ayyomlarini nişonlab, bir-birlarimizni muborakbod etsak, ular qoldirgan bebaho maʼnviy merosdan bahramand bölsak – bu umrimizga yetgulik buyuk xazina  - hayotimizni bezagulik uluğ ayyom emasmi, aziz yoşlar?!

Xalqimizda ajoyib bir hikmat bor: "Özini anglagan sözini anglaydi”, deydilar. Sözini anglagan inson esa bilimli, öz millati qadr-qimmatini yuksak tutguvçi maʼnaviyatli şaxsdir. Aytmoqçimanki, millatimizga, şarqona hayot tarzimizga zid bölgan begona qaraşlarga berilmay, öz qadr-qimmatimizni baland tutib yaşaylik, aziz yoşlar!

Robiya YÖLDOŞEVA.

(Foto - http://zarnews.uz)

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026