Olmazor mahallasida “Quyoşjon” oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim muassasasi oçildi
Yurtimizda qutluğ sanalar va katta bayramlarda ijtimoiy soha obʼektlari va xalqimizga xizmat qiladigan tadbirkorlik şoxobçalarining foydalanişga topşirilişidek xayrli anʼana bor. Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi arfasida ham bu anʼana davom ettirildi. 28-avgust kuni Olmazor mahallasida “Quyoşjon” oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim muassasasining oçiliş marosimi bölib ötdi.
Muassasaning oçiliş marosimida tuman Maktabgaça taʼlim bölimi, hududdagi korxona-taşkilotlar masʼullari, fuqarolar yiğini raisi va boşqalar iştirok etdilar. Tadbirda söz olganlar taʼkidlaganlaridek, keyingi yillarda Amudaryo tumanida maktabgaça taʼlim muassasalari soni 59 taga yetkazildi. Ulardan 49 tasi davlat, 7 tasi oilaviy va 3 tasi davlat-xususiy şerikçilik asosidagi nodavlat maktabgaça taʼlim muassasalari hisoblanadi.
Tuman hududidagi 3-7 yoşdagi bolalar soni 15 ming 407 nafardan iborat bölsa, şundan 6 ming 165 nafari maktabgaça taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya oladi. Ötgan yilning şu davriga nisbatan maktabgaça taʼlim muassasalar soni 10 taga köpayib, maktabgaça yoşdagi bolalarning qamrovi 25,9 foizdan 40,1 foizga oşdi.
Maktabgaça taʼlim tizimini rivojlantiriş böyiça olib borilgan jadal işlar tufayli bunday samarali natijalarga erişildi. Ötgan yili davlat investitsiya dasturi asosida 3 ta maktabgaça taʼlim muassasalari rekonstruktsiya qilinib, “Obod qişloq” dasturi asosida 4 ta maktabgaça taʼlim muassasasida quriliş-montaj işlari bajarildi. Mahalliy byudjet hisobidan esa taʼmirga muhtoj 10 ga yaqin maktabgaça taʼlim muassasasi joriy taʼmirlandi. Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tumanda 7 ta oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim muassasasi taşkil etildi, yana 5 tasiga ruxsatnoma olinib, iş boşlaş arafasida.
Olmazor mahallasida ilgari maişiy xizmat körsatiş şoxobçasi sifatida qurilgan xususiy binoda taşkil qilingan mazkur muassasa 25-öringa möljallangan bölib, yangidan 2 işçi örni yaratildi. Binoda bolalarning soğlom ösişi va tarbiya olişlari uçun zarur şart-şaroitlar mavjud. Şuningdek, yonğin xavfsizligi hamda sanitariya-epidemiologiya nazoratining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos. Bolalar yotoqxonasi, maşğulotlar xonasi kerakli jihozlar bilan taʼminlangan, ovqat pişiriş uçun, bolalarning kiyinişi uçun ham alohida jihozlangan xonalar bor.
Olmazor mahallasi aholisi hududda oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim muassasasi taşkil qilinganidan va davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan nihoyatda mamnun böldilar.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶