21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:39
Siyosat 👁 3,336

Amudaryo tumanida mustaqillik bayrami keng nishonlandi

Amudaryo tumanida mustaqillik bayrami keng nishonlandi

Mavzuga oid fotogalereya

Xalqimiz uchun eng ulugʻ, eng aziz ayyom, erkin, obod va farovon hayot qurish yoʻlidagi barcha yutuq va muvaffaqiyatlarimizning asosiy manbai boʻlgan Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligini katta tayyorgarlik bilan kutib olish, bu qutlugʻ sanani uning mohiyati va ahamiyatiga, xalqimizning fidokorona mehnati, ezgu orzu-intilishlariga munosib tarzda nishonlash maqsadida shu yil 8-iyul kuni Prezidentimizning “Oʻzbekiston Pespublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Qarorga asosan bayramga qizgʻin hozirlik koʻrildi. Tumanning barcha ovul va mahallalarida, mehnat jamoalarida istiqlol bayrami keng nishonlanmoqda.

29-avgust kuni Doʻstlik mahallasidagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga qarashli oʻyingohda tumanimizning asosiy bayram tantanalari oʻtkazildi.

Bayram avvalida tumanimiz hokimi Sultonboy Yoʻldashev boshchiligida mehmonlar va tuman faollari ovul va mahallalar jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan sport musobaqalari gʻoliblarini taqdirladi.

Soʻngra tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev bayram qatnashchilarini, ular orqali tumanimiz ahlini mamlakatimiz  mustaqillikka erishgan kunga 28-yil toʻlishi munosabati bilan qizgʻin muborakbod etib, samimiy tilaklarini bildirdi.

Tuman hokimi tabrigidan keyin oʻyingoh uzra Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston respublikalari madhiyalari yangradi. Kishi  ruhiga joʻshqinlik, ezgulik va shukronalik hissini baxsh etuvchi ohang ogʻushida qoʻlini koʻksiga qoʻyib turgan har bir katta-yu yoshning koʻnglida “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” degan ezgu tilak joʻsh uradi, koʻz oʻngida kechagi kunimiz, bugunimiz jonlanadi.

Kechagi va bugungi kunimizni solishtirar ekanmiz, aholi farovonligi va mamlakat iqtisodiyoti yuksalib borayotganini koʻramiz. Eng asosiysi, inson manfaatlari hamma narsadan ustun sanalib, jamiki islohotlar samarasi xalqimiz farovonligiga, tinch-osuda yashashiga, oʻz hayotidan oʻzi  rozi boʻlishiga qaratilmoqda. Xalq davlat idoralariga emas, balki, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishini taʼminlash uchun xalq bilan muloqotning samarali tizimi – sayyor qabullar oʻtkazish yoʻliga qoʻyildi. Shu asosda aholi bilan ochiq muloqotlarda hududlardagi muammolar aniqlanib, joyida hal etilmoqda.

Yuksalishlar, yangilanishlarni tumanimiz misolida olib qarasak, amalga oshirilayotgan ishlar bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Joriy yilda qishloq xoʻjaligi xodimlarining bugʻdoy, pilla yetishtirish borasidagi rejalari ado etilib, ilk xirmonlar salmogʻi koʻzlanganidan-da ortiq boʻldi.

Shuningdek, tumanimiz boʻyicha jami qiymati 286 mlrd. soʻmlik 203 ta loyihalarni amalga oshirish boʻyicha samarali ishlar olib borilmoqda. Tadbirkorlik, oilaviy biznes, xizmat koʻrsatish, tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor tufayli aholi turmush sifati yaxshilanmoqda. Ayniqsa “Obod qishloq” dasturi asosida tumanimizning Qilichboy, Choykoʻl ovullari, Beshtom mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar qishloqlarda turmush madaniyati yuksalishiga asos boʻlayotir. Ushbu dastur doirasida joriy yilda salkam 29 mlrd. soʻmlik qurilish, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilganining oʻzi hududlar aholisi hayotida qanchalik ijobiy oʻzgarishlar yasalishidan dalolat beradi.

Aholining turmush farovonligini yanada yaxshilash maqsadida yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish, namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma bilan taʼminlash, ijtimoiy soha obʼektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish borasida ham keng koʻlamli ishlar qilinmoqda.

Mamlakatimiz Prezidenti 20-21-avgust kunlari Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida Amudaryoga tumanimizni boshqa hududlar bilan bogʻlovchi zamonaviy koʻprik bunyod etish yuzasida tegishli soha xodimlariga topshiriq bergani barcha amudaryoliklar uchun istiqlol bayrami oldidan quvonchli xushxabar boʻldi. Shuningdek, kelgusi yildan tumanimizni bogʻdorchilik, pillachilik va toʻqimachilikka ixtisoslashtirish boʻyicha ham tegishli tavsiyalar bergani hududimiz ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishiga asos boʻladi. Eng muhimi, barcha sohalardagi islohotlar, yangilanishlar samarasini yurtdoshlarimiz oʻz hayotlarida yaqqol his qilayotir, qaddi va qadri yuksalayotganidan koʻngli faxrga toʻlayotir.

Bayram tantanasida ham yurtimiz taraqqiyotiga hamohing ravishda millatimiz, Vatanimiz, ozod va obod turmushimizni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi. Tuman Madaniyat boʻlimi  tomonidan tayyorlangan “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!”, degan gʻoyani ifoda etuvchi teatrlashtirilgan bayram tomoshasi barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Ayniqsa maktabgacha taʼlim muassasalari, maktablar oʻquvchilari ijrosidagi raqs-qoʻshiqlar yigʻilganlarga oʻzgacha zavq bagʻishladi.

Mustaqilligimizning 28 yilligini yorugʻ yuz, ulkan yutuqlar bilan, koʻtarinki kayfiyatda qarshi olayotgan yurtdoshlarimiz bayram tantanasidan ulkan taassurotlar oldilar.

Mustaqillik bayrami tantanalari tumanimizning ovul va mahallalarida, mehnat jamoalarida davom etmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026