21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 21:23
Jamiyat 👁 821

31-avgust – Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni: AVLODLAR QALBIDA QAYTA TUFILGAN BOBOOXUN SALIMOV

31-avgust – Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni: AVLODLAR QALBIDA QAYTA TUFILGAN BOBOOXUN SALIMOV

Hayot – kurashlardan, qarama-qarshiliklardan iborat. Bu haqda juda koʻp yozamiz va gapiramiz. Mantiqan olib qaraydigan boʻlsak, bu toʻgʻri. Lekin hayot karvoniga qoʻshilib, yashab oʻtayotgan insonlar uchun bu karvon yoʻllarida turfa mazmundagi  kurashlar silsilasida kechgan umrlari, turfa qarama-qarshiliklar jarayonlarida  goh yengib, goh yengilib oʻtkazgan azobli kunlari, oylar, hatto yillar qanchalik mashaqqatlarga toʻla boʻlganini, afsuski juda koʻp hollarda ular dunyodan oʻtgachgina anglaymiz.  Nima uchun juda koʻp hollarda, dedim?.. Chunki bu hayot karvoniga  qoʻshilib yashab oʻtgan koʻplab  (balki yuzlab, minglab) ajdodlarimizning dolgʻali  umr yoʻllari, el-yurt, ona Vatan ozodligi  yoʻlidagi fidoyiliklari haqida soʻz ochish, ularning oʻzlari hayotlik paytlarida  eʼtirof etish dahshat edi –  aytgan til kesilardi, eʼtirof etgan yuraklarga  xanjar urilardi. Taʼbir joiz boʻlsa, yurtdoshimiz, davlat va jamoat arbobi, oʻtkir siyosatdon, sermulohaza diplomat, yirik islohotchi, Xiva xonligi davrining  huquq bilimdoni –  Qozikalon  Bobooxun Salimov shaxsi,  uning mustaqillik yoʻlidagi buyuk xizmatlari haqida yaqin-yaqinlargacha “churq” etib soʻz ochilmaganining boisi ham shu vajdan ediki, uning nomiga kelajakni koʻra olmagan manqurtlar tomonidan “xalq dushmani” deya tamgʻa bosilgandi. Uni kelajak ufqlarini koʻrib, idrok etolmaganlar mahv etdilar. Aksincha, istiqbol va taraqqiyot sari, ona yurt istiqloli sari qadam qoʻymoqqa intilgan koʻngillar uning nomini yuraklarida  mangu asrab qoldilar.

Xoʻsh, Bobooxun Salimov kim edi?  Biz u haqida  nimalarni bilamiz?

Koʻpchilik eldoshlarimiz – oʻrta va keksa yoshdagi kishilar  Bobooxun Salimov shaxsi  haqida gap ketganda:

–   Jumurtogʻda, Eshonyop mahallasida yashagan, juda bilimli odam boʻlgan, hatto Lenin bilan uchrashib, suhbatlashgan, –  deya eʼtirof etishadi. Ayrimlar tarixchi olim J.Rahimov  qalamiga mansub  “U Lenin bilan uchrashgan edi” (Toshkent, Oʻzbekiston nashriyoti –  1988)  kitobidan iqtiboslar keltirishga harakat qilishadi.  Birov uni “xalq dushmani”  sifatida qatagʻonga uchraganini aytsa, yana birov:

 –  Qizil imperiyaga xizmat qilgan, boʻlmasa, Lenin bilan uchrasharmidi, – qabilida  toʻmtoq fikr bildiradi. Haqiqat esa...

Haqiqat shuki, oddiygina qilib aytadigan boʻlsak, Bobooxun Salimov xalq, millat, ona Vatan, bundan ham muhimi, mustaqillik fidoyisi edi. Bu haqda xorazmlik tarixchi va yozuvchi Umid Bekmuhammad oʻzining  “Xurshid Davron kutubxonasi” uchun maxsus tayyorlagan “Yirtilgan sahifalar sadosi” maqolasida  batafsil soʻz yuritadi.  Unga koʻra, “XX asr boshlaridan to 1929-yil – vafotigacha boʻlgan davrda  Xorazm tarixida oʻziga xos mavqega ega boʻlgan Bobooxun Salimov Xiva xoni Qozikaloni Salimoxunning  eng katta farzandi boʻlib,  1874-yilda Gurlan bekligida  tugʻiladi.  Otasi – xonlikning Qozikaloni Salimoxun oʻgʻliga bobosining ismini beradi. Onasi bobosining ismini olgan oʻgʻlini “bobosining ismini qanday qilib aytaman”, degan vajda  uni Bobooxun deb ataydi”  va uning asl ismi Muhammad Karim boʻlsa-da,  barcha Bobooxun deb atashga odatlanishadi.

Bobooxun Salimovning yoshligi ijtimoiy-siyosiy harakatlar avj olgan XX asr boshlariga toʻgʻri keldi va u bu jarayonga katta jurʼat va shijoat bilan kirib keldi.  Natijada otasi vafotidan soʻng, Xiva xonligining eng yuqori lavozimlaridan biri Qozikalon vazifasini matonat va sabot bilan bajardi.

U oʻz faoliyatida mutaassib ruhoniylarning kirdikorlariga qarshi adolat bilan ish yuritdi,  oʻz davrining yetuk ziyolilari bilan yaqin aloqa oʻrnatdi, jamiyatdagi ilgʻor taraqqiyparvar kuchlar bilan birlashib, ijtimoiy hayotda chuqur ildiz otgan salbiy munosabatlarni yoʻqotish uchun safdoshlarini islohotlar oʻtkazishga undadi. U milliy gʻururni, insonlar dilida jurʼat va jasorat tuygʻularini uygʻotuvchi  sheʼrlar yozdi. Har qanday sharoitda ham haq soʻzni aytishdan, haqiqat, xalq erki va ozodligi uchun kurashishdan toymadi. Vaholanki, uning bu harakatlari Xiva xoni Isfandiyorxonga yoqmadi, maʼlum muddat siyosatdan yiroqlashib, Jumurtogʻ yaqinidagi Eshonyop qishlogʻida dehqonchilik bilan shugʻullanadi.

Uning erkparvar doʻstlari koʻp edi. Xivada madrasada birga oʻqigan doʻstlari, siyosat maydonida topishgan yor-birodarlari  davrasiga yana qaytgan Bobooxun – Muhammad Karim Salimov  1917-yil 5-apreldagi Koʻhna Ark maydonida boʻlib oʻtgan tarixiy namoyishda qatnashadi. Shu tariqa u yana siyosat maydoniga kirib keladi va hayotining asosiy qismi erk va mustaqillik uchun kurashlarda oʻtadi. U 1920-yil 1-fevralda Xiva xoni taxtdan agʻdarilib, muvaqqat hukumat tuzilgach, adliya noziri vazifasiga tayinlanadi.  1920-yil 30-apreldagi 1-Butun Xorazm qurultoyidan  soʻng tuzilgan nozirlar shoʻrosi tarkibida yana  adliya noziri vazifasida faoliyatini davom ettiradi.

Biz maqolamiz boshida Bobooxun (Muhammad Karim) Salimov  mulohazakor diplomat, oʻtkir siyosatchi boʻlganligini qayd etgan edik. Uning ana shu fazilati bois 1920-yilning iyun oyida Xorazm xalq Jumhuriyati  bilan Rusiya davlati oʻrtasida kelishuv shartnomalarini tuzish uchun yuboriladigan delegatsiya rahbarligiga tayinlashadi va Moskva shahriga joʻnatishadi.  Delegatsiya rahbari Bobooxun Salimov qariyb 4 oy  davomida Moskva shahrida yangi Xorazm xalq Jumhuriyatining  Rusiya davlati tarkibidagi mustaqil Respublika sifatida tan olinishi uchun jon kuydiradi. Uning bu boradagi fidoyiliklari tarixchi Umid Bekmuhammad tomonidan alohida tartib berilgan “Bobooxun Salimov: “Kundaliklar”  yoxud Kremldagi muzokaralar” mavzusidagi  “Xurshid Davron kutubxonasi” uchun maxsus tayyorlangan Bobooxun Salimov xotiralarida batafsil hikoya qilinadi.

Bobooxun Salimov xotiralari. Bu shunchaki xotiralar emas, balki davr ruhi singgan, xalqning xohish-irodasi aks etib turgan haqiqat manzaralaridir. U 23 moddadan iborat Umumiy ittifoqnoma, 15 ta moddadan iborat Tijorat ahdnomasi hamda 8 ta shartni oʻz ichiga olgan harbiy ahdnomalarni tasdiqlatish uchun Lenin huzuriga kirdi. Rusiya davlatining xorijiya komissari V.Chicherin va uning muovini L.M.Karaxan   kabi siyosatdonlar bilan qizgʻin muzokaralar olib bordi. Ahdnomalarning har bir bandi uchun kechgan qizgʻin bahslarda oʻz fikrida sobit turdi. Hatto ayrim siyosatchilarning: “Xorazm xalqi bunchalik erkinlik berishga arzimaydi” qabilidagi toʻsqinliklarini yengib oʻtdi, ruslar oʻzlariga maqbul boʻlmagan moddalar oʻrniga kiritgan ilovalarini rad etib, mustaqil Xorazm Jumhuriyati tomonidan ishlab chiqilgan uchta ahdnoma (shartnoma)ni toʻligʻicha tasdiqlatishga muvaffaq boʻldi. Bundan tashqari,  63 kun davom etgan muzokaralardan soʻng,   B.Salimov    yana bir umummilliy  ahamiyatga ega ishning ham uddasidan chiqdi. U Rusiya hukumati tomonidan hibsda saqlanayotgan eldoshlari Obidoxun va Saidulla toʻralarni ozod etish uchun ruxsatnoma oldi.  U Markaziy Osiyo Respublikalari vakillaridan birinchi boʻlib 1920-yil 19-oktyabrda, Kremlda  RSFSR va XXR oʻrtasida shartnoma imzoladigina emas, balki shu anjumanda nutq soʻzladi. U oʻz aql-zakovati, xalqparvarligi, oʻtkir diplomatik qobiliyati tufayli ahdnomalarga Rossiya manfaati ustun qoʻyilgan ilovalarni oldirib tashlashga erishdi. Natijada Lenin, Chicherin va Karaxan Xorazm Respublikasi manfaati uchun zid boʻlgan ilovalarni olib tashlab, shartnomalarni imzolaydilar. Bu – nafaqat Xorazm, balki Osiyo siyosiy iqlimidagi juda katta tarixiy voqea edi. Xalqona til bilan aytganda, Bobooxun Salimov boshchiligidagi delegatsiya Leninni oʻzlari tayyorlagan Xorazm xalq Respublikasi mustaqilligi toʻgʻrisidagi shartnomani tan olishga majbur qiladi.  Bu haqda mashhur turk ruhoniysi, Bobooxun Salimovning zamondoshi  Anvar posho: “Birodar Bobooxun, Osiyo iqlimining, xususan, Islom mamlakatlari xarob va beeʼtibor boʻlib, aksari yerlari musulmonlarning qoʻlidan ketub turgan bir vaqtda siz ruslar birlan bul tariqa musulmonlargʻa manfaatli ahdnomani Xorazm uchun yasaganingiz bir ulugʻ qahramonlik...” (U.Bekmuhammad, “Yirtilgan sahifalar sadosi” maqolasidan)  deya yuqori baho bergan edi.

Bobooxun Salimov bor-yoʻgʻi 55-yil umr koʻrdi. Hayotining asosiy qismi siyosat maydonidagi kurashlarda oʻtdi. U umrining har bir daqiqasini xalq ozodligi, mustaqilligi uchun baxshida etdi. Qishloqlarda maktablar ochish, maktablar uchun darsliklar yozish, adabiyot va maʼnaviyatni yuksaltirishda doimo oldingi safda turdi. Islomiy, fiqhiy, siyosiy bilimdonligi vajidan jaholatga qarshi ilm-u maʼrifati ila kurashdi. Milliy gʻururi, xalq irodasi sinishiga aslo yoʻl qoʻymadi. U hamisha xalqqa intildi, xalqim, ona Vatanim, deb jon bermoqqa shay turdi va ... Mustamlakachilar tomonidan qora roʻyxatga kiritilgan Bobooxun Salimov 1929-yil tongida maxsus yoʻllangan guruh tomonidan Jumurtogʻdagi Eshonyop qishlogʻidagi hovlisida otib oʻldirildi.

Bu tavqi laʼnatdan jabr-zulm koʻrgan farzandi “Saodaddin ham 30-yillarning qatagʻonidan qochib qutulolmay “xalq dushmani” deb  qamaladi”. (U.Bekmuhammad, “Yirtilgan sahifalar sadosi” maqolasidan).

Bobooxun Salimov Jumurtogʻdagi Salomat buva qabristonida mangu makon topgan. Hayit va bayramlarda Bobooxun – Muhammad Karim Salimov qabrini ziyorat qilgani olis-olis shahar va qishloqlardan odamlar kelishadi. Ular orasida istiqlolimiz uchun kurashgan Jumurtogʻning Eshonyop qishlogʻilik Bobooxun boboning avlodlari – Yoqutjon, Hadiyaxon, Saodaddin, Abdulloh, Hamidulloh, Shukrulloh kabi farzandlarining nevaralari, chevara-yu evaralari juda koʻp. Ular yuzlab, balki undan-da koʻproq.

Demak, istiqlol uchun kurashganlarning ildizlari baquvvat, ular endi bobolari qon kechib, kurashib barpo etgan ulugʻ mamlakatning istiqlol manzillarini yaratib, obod koshonalar barpo etib yashamoqdalar. Demak, qatagʻon qurbonlari – shunchaki qurbonlar emas,  ular erk yoʻlida qirqilgan qanotlar, avlodlar yoʻliga toʻkilgan orzular. Bugungi avlod  bu orzularga qanot bagʻishladi. Zero, samoga parvoz aylagan burgut qay makonga qoʻnmoqni yaxshi bilgani kabi bugungi Istiqlol  farzandlari ham qaysi yoʻldan, qaysi manzil tomon qadam tashlashni yaxshi biladilar – Mustaqillik ufqlariga!

Bobooxun Salimovning qanotlari qirqilsa-da, u bugungi avlodlari qalbida qayta tugʻildi, orzulari mangu yashab qoldi va bu orzular uning avlodlari hayotiga ziynat bagʻishladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

Suratda: Bobooxun Salimovning avlodlari – nevara-chevaralari va evaralari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026