TUMANIMIZDAGI 1 TA KOLLEJ TEXNIKUMGA, 2 TA KOLLEJ KASB-HUNAP MAKTABIGA AYLANTIPILADI
2019-yil 6-sentyabrda mamlakatimizda mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş, taʼlim sifatini baholaşning xalqaro standartlarini joriy etiş, ilm-fanda erişilayotgan yangiliklarni amaliyotga tatbiq etişning samarali tizimini yaratiş orqali taʼlim sohasida islohotlarning samaradorligiga erişiş maqsadini nazarda tutuvçi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezidentning Farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra 2020-2021 öquv yilidan boşlab, mamlakatimizda taʼlimning xalqaro standart tasniflagiçi bilan uyğunlaşgan yangi boşlanğiç, örta va örta maxsus professional taʼlim tizimi hamda tabaqalaştirilgan taʼlim dasturlari joriy etiladigan taʼlim muassasalari tarmoği taşkil etilib, mazkur dasturlar asosida tegişli kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasalari röyxatlari tasdiqlandi.
Endilikda kasb-hunar maktablarida maktablarning 9-sinf bitiruvçilariga 2 yillik kunduzgi taʼlim beriladi va taʼlim olayotgan öquvçilar davlat byudjeti hisobidan bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uç mahal ovqat bilan taʼminlanadi.
Kollejlarda kamida umumiy örta maʼlumotga ega bölgan şaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib çiqqan holda 2-yilgaça muddatda kunduzgi, keçki va sirtqi taʼlim şakllarida davlat buyurtmasiga binosi tölov-kontrakt asosida taʼlim beriladi.
Texnikumlarda esa umumiy örta maʼlumotga ega bölgan şaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib çiqqan holda 2-yildan kam bölmagan muddatda kunduzgi, keçki va sirtqi taʼlim şakllarida davlat buyurtmasiga binoan tölov-kontrakt asosida taʼlim beriladi.
Şunisi ahamiyatliki, texnikumlarni tamomlaganlar öz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yönalişlarida kiriş imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalariga 2-kursdan qabul qilinadi.
Farmonga köra 2020-yil 1-sentyabrdan Manğit qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji Qoraqalpoq davlat universiteti qoşidagi texnikumga, Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji va Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kolleji esa 9-sinfni bitirganlar öqiydigan stipendiya tölanadigan kasb-hunar maktabiga aylantirilişi rejalaştirilmoqda.
Farmon yoşlarimizning özlari xohlagan kasb yo mutaxassislikni puxta egallab, hayotda öz örinlarini topişlariga yordam beradi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶