EʼTIBOR VA RAĞBAT ULARNI ASTOYDIL MEHNAT QILIŞGA UNDAMOQDA
Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan barça sohalardagi islohotlar, erişilayotgan yutuqlar, yangilanişlar, özgarişlar zamirida möʼtabar kasb egalari – muallimlarning alohida örni bor. Boisi uşbu jarayonlarni amalga oşirayotgan jamiki insonlarni ilm örgatib, tarbiyalab voyaga yetkazgan ustoz-muallimlardir. Keyingi vaqtlarda sohaga ulkan eʼtibor qaratilayotgani uzoq yillar goh qurilişga goh paxta yaganasi, goh terimi, baʼzan esa jazirama oftob tiğida obodonlaştiriş işlariga safarbar etilib kelingan soha xodimlarining öz kasbiga munosabati tubdan özgarişiga olib keldi, mehnati moddiy va maʼnaviy qadrlanayotgani, faoliyatiga salbiy taʼsir körsatuvçi tösiqlar bartaraf etilgani, oylik maoşlari oşirilib, ortiqça qoğozbozlikka, majlisbozlikka çek qöyilayotgani ularni bugungi talablar darajasida mehnat qilişga undamoqda.
Taʼlimdagi sifat va samaradorlik pedagoglar salohiyati, mahorati, tajribasiga boğliq ekanligini töğri anglab, işni şu asosda taşkil etişga intilayotgan Tölqin ovulidagi 28-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçilari yangi – 2019-2020 öquv yilini özgaça ruhda boşlaşdi.
1983-yilda qurilib, foydalanişga topşirilgan maktab binosi 2004-yildan beri taʼmirlanmagan bölsa-da, körinişi, saqlanişi eʼtiborga arziydi. Muassasa aslida 320 öquvçi örin quvvatiga ega bölsa-da, ayni kunda 581 nafar ovul farzandlari taʼlim-tarbiya olişmoqda. Ularga 23 ta sinfda ikki smenada 58 nafar malakali muallimlar saboq berişadi.
Joriy öquv yili uçun barça öquvçilar ijara asosida darsliklar bilan, 47 nafar 1-sinfga qabul qilinganlar esa 12 turdagi öquv predmetlari jamlangan qulay va sifatli portfellar bilan taʼminlandi. 48 nafar kam taʼminlangan oilalar farzandlariga öquv darsliklari ijara pulisiz berildi.
Maktabda şinam va barça qulayliklarga ega kutubxona, sport zali, öquv-fan xonalari mavjud.
Pedagogik jamoa özlariga yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanişga, öquvçilarga dars maşğulotlarini yangi pedagogik innovatsion texnologiyalar asosida qiziqarli tarzda ötişga, öquvçilarning intellektual salohiyatini yuksaltirişga intilişmoqda. 2018-2019 öquv yilida maktab öquvçilari Bilimlar bellaşuvining tuman bosqiçida tuman miqyosida 5-örinni, umumiy reytingda esa 17-örinni egallaşdi. Şuningdek, maktab öquvçilaridan tuzilgan basketbolçilar jamoasi turli nufuzli musobaqalarda qatnaşib, tuman, Qoraqalpoğiston bosqiçlarida sovrinli örinlarni egallab kelişmoqda.
Taʼlim sohasiga, muallim mehnatiga munosabat özgarayotgani har bir öqituvçi faoliyatiga özining ijobiy taʼsirini ötkazmoqda. Öquv yili boşida maktab öqituvçilarining umumiy yiğiliş ötkazilib, Prezidentimizning joriy yil 23-avgust kuni xalq taʼlimi tizimini rivojlantiriş, pedagoglarning malakasini va jamiyatdagi nufuzini oşiriş, yoş avlod maʼnaviyatini yuksaltiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişida taʼkidlangan vazifalardan özlariga tegişli xulosalar çiqarib olişdi, taʼlimni bugungi talablar darajasida taşkil etiş yuzasidan özaro fikrlaşib, rejalar belgilab olişdi. Albatta, bu rejalar öquv yili davomida oğişmay amalga oşiriladi. Şuningdek, maktab kuzatuv Kengaşi ham bu borada faollik bilan iş olib bormoqda. Endilikda jamoa muassasani tumandagi ilğor maktablar safiga qöşişga asoydil intilmoqda.
Yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş borasida Yurtboşimiz tomonidan ilgari surilgan beşta taşabbus ijrosini taʼminlaş yuzasidan taşkil etilgan hunarmandçilik, çevarlik, ijodkorlik, kompyuter savodxonligi, tasviriy sanʼat va musiqa tögaraklarida darsdan böş vaqtlarida şuğullanayotgan öquvçi yoşlarining iqtidori tahsinga loyiq.
Maktabga biz taşrif buyurgan kunimiz maktab kutubxonasida şu yerda işlab nafaqaga çiqqan faxriy öqituvçilar va öquvçilarning kitob mutolaasiga bağişlangan davra suhbati ötkazilayotgan ekan. Buningdek xayrli işlar kelgusida özining ijobiy samaralarini berişiga işongimiz keladi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶