ŞOGIRDLARIM ALBATTA VATAN FIDOYILARI BÖLIŞADI
Men 27-yildan buyon “Numana” mahallasidagi 52-sonli umumtaʼlim maktabida yoş avlodga taʼlim-tarbiya berişdek şarafli işda faoliyat körsatayapman. Taʼlim jarayonida zamon bilan hamnafas bölib, öqitişning ilğor uslublarini qöllagan holda darslarni taşkil qilib, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli va samarali foydalangan holda sifatli taʼlim berişga harakat qilmoqdaman.
Bir neça yillardan buyon maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida faoliyat körsatib, oila, mahalla va taʼlim muassasasi hamkorligi kontseptsiyasi doirasida mahalla faollari bilan hamkorlikda taşkil etilgan “Ota-onalar universiteti”da yetakçi pedagog sifatida yoş ota-onalarga bola tarbiyasi böyiça tuşunçalar berişga ham vaqt ajratayapman.
Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning taʼlim tizimiga qaratayotgan eʼtiborlaridan ruhlanib, yurtboşimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta taşabbusni röyobga çiqarişda jamoamiz bilan hamjihatlikda iş olib bormoqdamiz.
18-Xitoy saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati sifatida tumanimizni va mahallamizni rivojlantiriş borasidagi işlarda ham faol iştirok etişga harakat qilaman.
Har bir deputat faoliyatining asosiy yönalişi bu – saylovçilar bilan yaqin aloqada bölişdir. Şu boisdan ham men öz okrugimda yiğilişlar ötkazib, saylovçilarim bilan uçraşuvga, ularning muammolarini, talab hamda istaklarini örganişga eʼtibor qarataman.
Bugun öqituvçi sifatida yoş avlodga taʼlim-tarbiya berişda faol iştirok qilayotganimdan ham, deputat sifatida el xizmatiga hamişa kamarbasta bölayotganimdan ham nihoyatda baxtiyorman.
Fursatdan foydalanib, barça hamkasblarimni 1-oktyabr – öqituvçi va murabbiylar kuni bayrami bilan tabriklab, ularga yoş avlodga taʼlim-tarbiya berişdek, ezgu işlarida muvaffaqiyatlar tilayman.
Gulmirza BOBOJONOV,
52-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi,
Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶