ÖQITUVÇILAR DAVLAT VA JAMIYaT EʼTIBORIDA
Jadal surʼatlarda özgarib, yangilanib borayotgan hayot biri-biridan dolzarb masalalarni hal qilişning eng muhim yeçimi aynan taʼlim-tarbiya bilan, yoşlarning dunyoqaraşini zamonaviy bilim, yuksak maʼnaviyat va maʼrifat asosida şakllantiriş bilan boğliq ekanligini körsatmoqda. Şu boisdan ham bugungi kunda yoşlarni ezgu ideallar ruhida kamol toptiriş, zamonaviy bilim asoslari, ilm-fan yutuqlari bilan qurollantiriş hamda ota-onasiga, yurtiga mehr-oqibat, sadoqat tuyğularini singdiriş Xalq taʼlimining asosiy faoliyat mezoniga aylandi.
Buningdek kölamdor vazifalar tumanimizda qanday amalga oşirilmoqda? Muxbirimiz 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni arafasida tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri Otabek Yöldoşov bilan uçraşib, şu haqda suhbatlaşdi.
– Joriy yilning 29-aprel kuni Yurtboşimiz “Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgaça rivojlantiriş kontseptsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi Farmonini imzoladi. Uşbu Farmon bilan Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgaça rivojlantiriş kontseptsiyasi va uni amalga oşiriş uçun “yöl xaritasi” tasdiqlandi. Mazkur kontseptsiyada taʼlim tizimini rivojlantirişning bir qança yönalişlari belgilab berildi. Şu asosda öz faoliyatini olib borayotgan tumanimiz maktablarida öqitiş samaradorligi tobora yuksalmoqda.
Jamiyatning buguni va ertasi, uning maʼrifiy-maʼnaviy salohiyati taʼlim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Sohada amalga oşirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati esa tom maʼnoda öqituvçi va murabbiylar mehnatiga boğliqdir. Bugungi kunda taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtibor, öqituvçi va murabbiylarning mavqei oşirilib, moddiy-maʼnaviy qöllab-quvvatlanayotgani boisi ham şundandir.
Biz kim bölmaylik, oldida doimo özimizni qarzdorday sezadigan, xizmatlari oldida doimo boşimizni egib taʼzim qilişga tayyor turadigan insonlarimiz bor. Ularning yoş avlod kamolidagi beqiyos xizmatlarini heç narsa bilan ölçab bölmaydi. Ular – onamizday mehribon, otamizday ğamxör, har birimiz uçun aziz va möʼtabar insonlar – ustoz va murabbiylar.
Ustoz va murabbiylarga azal-azaldan hurmat-ehtirom körsatib, otaday uluğ sanalgan. Alloma bobolarimiz adabiy merosida bu haqda juda köp ögit-nasihatlar örin olgan.
Mamlakatimizda 1997-yildan boşlab, 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nişonlanayotgani ham soha xodimlari mehnatiga eʼtibor va eʼtirof namunasidir.
“Odamlarga bir yil yaxşilik qilmoqçi bölsang, buğdoy ek, umrbod yaxşilik qilmoqçi bölsang, taʼlim-tarbiya ber”, degan xalqimiz naqlida juda teran maʼno bor.
Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning şu yil 23-avgustdagi yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş va jamiyatda öqituvçi mavqeini oşiriş yuzasidan ötkazilgan yiğilişda “Har bir islohot özimizdan boşlanadi, özimiz özgarmasak, heç kimni özgartira olmaymiz” degan sözlarini özlariga dasturilamal qilib olib, kötarinki ruhda 2019-2020 öquv yilini boşlagan tumanimiz öqituvçi va murabbiylari sohaga qaratilayotgan ğamxörliklarga munosib mehnat qilişga intilişmoqda. Taʼlim-tarbiya samaradorligi, öquvçilarning özlaştirişlari böyiça respublikada joriy yilda oldingilar qatoridan joy olişga harakat qilişmoqda.
Yangi öquv yili oldidan tumanimizdagi ehtiyoj mavjud maktablarda 18 mlrd. sömga yaqin mablağ evaziga quriliş-taʼmirlaş işlari bajarilib, zamonaviy, şinam holga keltirilib, barça qulayliklar yaratilgani soha xodimlari uçun ham, öquvçilar uçun ham munosib tuhfa böldi.
Taʼlimdagi özgarişlar, innovatsion texnologiyalar, yangiliklarni öz faoliyatlariga tatbiq etib, darslar samaradorligiga intilib, ezgu maqsadlar yölida mehnat qilayotgan hazrati insonlar – tumanimizning barça öqituvçi va murabbiylarini kasb bayramlari bilan qizğin qutlayman, mehnatlarining rohatlarini körib uzoq umr körişlarini tilayman.
Suhbatdoş Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶