Yoşlar – KELAJAK BUNYoDKORLARI
Men 2011-yilda oliy öquv yurtini tugatib kelganimdan söng, 31-sonli maktabda tarix fani öqituvçisi bölib iş boşladim. Yoşlar ittifoqi taşkil qilingaç, 2017-yilda maktabning boşlanğiç taşkiloti yetakçisi qilib tayinlandim.
Bu vazifa zimmamga yanada kattaroq masʼuliyat yukladi. Çunki yetakçi böliş keng qamrovli bilim va malakani talab qiladi. Şu sababli faoliyatimni dastlab öz ustimda işlaşdan boşlab, izlanişda davom etdim. Yoşlarni ham yangiliklar yaratişga, intiluvçan bölişga undadim, turli yönalişlarda ularning iqtidorlarini yuzaga çiqarişga harakat qildim.
Taʼlim muassasasida öquvçilarning böş vaqtini mazmunli taşkillaştiriş, bilimlarini oşiriş, innovatsion ğoyalar, loyihalarni hayotga tatbiq etiş maqsadida va Prezidentimiz tomonidan joriy qilingan 5 ta taşabbus böyiça turli tögaraklar faoliyati ham yölga qöyildi. Hozirgi paytda haftaning belgilangan kunlari yoşlarga öquv maşğulotlari ötkazilib boriladi. Bilim maskanida “Zakovat”, “Tarğibotçi kitobxon öquvçi” hamda “Kitobxon” tanlovlarini ötkaziş ham anʼanaga aylandi.
Maktabda muhim sanalar munosabati bilan har yili inşolar, rasmlar körik-tanlovlari, körgazmalar taşkil qilinadi. Bundan taşqari, “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi tizimi namunali yölga qöyildi. Yoşlar ittifoqi taşabbusi bilan olamşumul işlar amalga oşirildi, desak mubolağa bölmaydi. Köplab qobiliyatli yoşlar aniqlandi, isteʼdodlar kaşf qilindi. Qilinayotgan işlar esa eʼtirof etib kelinmoqda.
Yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş böyiça amalga oşirilayotgan qator loyihalarimiz navqiron avlod vakillarini izlanişga, öz ustida tinimsiz işlaşga, yangi marralarni egallaşga undaydi. Yoşlarning turli yönalişlarda erişayotgan yutuqlari ularni hayotda yanada olğa qadam taşlaşga undaydi. Ular ongu-şuuri va tafakkuriga milliy istiqlol ğoyasiga sadoqat, Vatan taqdiriga daxldorlik, el-yurtning ertasi uçun masʼuliyat tuyğusini singdirib boriş, yangi marralar sari ruhlantiriş esa biz yetakçilarning zimmamizdagi masʼuliyatli vazifalardan biri hisoblanadi.
Orzular insonni olğa yetaklaydi. Ezgu orzularim va istaklarim juda köp. Istiqlol bergan çeksiz imkoniyatlardan foydalanib, ularni röyobga çiqarişga astoydil intilaman. Fursatdan foydalanib, barça öqituvçi va murabbiylarni kasb bayramlari bilan tabriklayman!
Şahnoza Xöjamurodova, 31-sonli maktab
yoşlar yetakçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶