21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 09:00
Siyosat 👁 4,695

Farzandlari sogʻlom mamlakatning kelajagi buyukdir

Farzandlari sogʻlom mamlakatning kelajagi buyukdir

OʻzA, 22.02.2014 06:02

Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan 2014-yilning mamlakatimizda Sogʻlom bola yili deb eʼlon qilinishi jamoatchiligimiz tomonidan keng qoʻllab-quvvatlandi.

Joriy yilning 19-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Sogʻlom bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, bu mustaqilligimizning ilk kunlaridan jismonan sogʻlom va maʼnan yetuk barkamol avlodni tarbiyalash ustuvor vazifa etib belgilangan ijtimoiy yoʻnaltirilgan davlat siyosatining mantiqiy davomi boʻldi. Ona va bola, Yoshlar, Barkamol avlod, Oila va boshqa nomlar bilan atalgan yillarda amalga oshirilgan ishlar xalqimizning ezgu orzusi boʻlgan sogʻlom bola tarbiyalashdek olijanob maqsadga hamohangdir. Hech shubhasiz, har birimiz farzandlarimizni sogʻlom va har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, ularning baxt-saodati, yorugʻ kelajagini koʻrishni niyat qilamiz.

Oʻtgan davrda keng miqyosli va teran mazmunli ulkan ishlar, mamlakatimiz va jamiyatimiz taraqqiyoti uchun gʻoyat muhim ahamiyat kasb etuvchi vazifalarni bajarishga yoʻnaltirilgan qator umummilliy dasturlar, birinchi navbatda, "Sogʻlom ona – sogʻlom bola” dasturi amalga oshirildi. Farzandlarimiz va xalqimiz baxti uchun, kelajagimiz uchun qilinayotgan bu ezgu ishlar izchillik bilan davom etib, tobora kengayib borayotgani, yuksak samaralar berayotgani quvonarlidir.

Sogʻliqni saqlash tizimini tubdan isloh etish doirasida yuqori samaradorligi butun dunyoda eʼtirof etilgan ona va bola sogʻligʻini muhofaza qilishning milliy modeli shakllantirildi. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻinlari, shu jumladan, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalarning keng tarmogʻi yaratilgani natijasida aholi, avvalambor qishloq joylardagi onalar va bolalarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlari kengaydi.

Soʻnggi oʻn yilda davolash-profilaktika muassasalarini modernizatsiya qilish va eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlash uchun 750 million AQSh dollaridan ziyod mablagʻ yoʻnaltirildi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda onalar oʻlimi 3,1 barobar, goʻdaklar oʻlimi 3,2 barobar kamaydi. "Ona va bola skriningi” dasturi amalga oshirilishi natijasida tugʻma nuqsonli bolalar tugʻilishi 2000-yildan buyon 1,8-marta kamaydi. Bugungi kunda mamlakatimiz bolalarining 92 foizi rivojlanish koʻrsatkichlari boʻyicha Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti standartlariga toʻla mos keladi. "Save the children” xalqaro tashkiloti reytingiga koʻra, Oʻzbekiston dunyodagi bolalar salomatligi toʻgʻrisida eng koʻp gʻamxoʻrlik koʻrsatadigan oʻnta mamlakat qatoridan joy oldi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab taʼlimini rivojlantirish umummilliy davlat dasturining amalga oshirilishi samaralari mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilayotan ulkan eʼtiborning yaqqol tasdigʻidir. Maʼlumki, Oʻzbekistonda 12 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan, uning sifati xalqaro talablarga javob beradi. 2004-yildan buyon umumtaʼlim maktablarini qurish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash va jihozlash uchun jami 2,8 trillion soʻmdan ortiq, bolalar musiqa va sanʼat maktablariga 2009-yildan buyon 488 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirildi.

Sport mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashning ajralmas tarkibiy qismiga aylangan. Uni bolalar va oʻsmirlar, ayniqsa, qizlar oʻrtasida ommalashtirish, sogʻlom turmush tarzini keng qaror toptirish boʻyicha noyob tizim yaratildi. Nafaqat shaharlarda, balki eng olis tumanlarda ham zamonaviy sport komplekslari barpo etildi. 2003-2013-yillarda 1816 sport obʼekti ishga tushirildi, bu bolalarni ommaviy tarzda sport bilan muntazam shugʻullanishga va ularning salomatligini mustahkamlashga koʻmaklashmoqda. Bugungi kunda Oʻzbekistonda ikki millionga yaqin bola, shu jumladan, 842 ming qizlar 30 dan ortiq sport turi bilan muntazam shugʻullanmoqda.

Mamlakatimizda maʼnaviyat va maʼrifatni yuksaltirishga, bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Shu bilan bir qatorda hayotning oʻzi oldimizga sogʻlom avlodni tarbiyalashdek muhim sohada yangi vazifalarni qoʻymoqda. Masalan, profilaktika ishlari darajasi va tibbiy xizmatlar sifatini, ayniqsa, qishloq joylarda yanada oshirish bilan bogʻliq masalalar hamon dolzarb boʻlib turibdi. Nikohdan oʻtuvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sifatini yanada yaxshilash, koʻrikni amalga oshiruvchi mutaxassislar masʼuliyatini kuchaytirish lozim. Maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, oila institutini mustahkamlash ishlari ham muhim ahamiyatga ega.

Ayni paytda sogʻliqni saqlash tizimiga bolalarning sogʻligʻini taʼminlashdek ulkan masʼuliyat yuklangan. Shu munosabat bilan joriy yilda sohaning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, avvalambor, ona va bola sogʻligʻini muhofaza qilish bilan shugʻullanuvchi tibbiyot muassasalarini eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, malakali kadrlar bilan taʼminlashga eʼtibor yanada kuchaytiriladi.

Albatta, sogʻlom bolani tarbiyalashda aholining tibbiy madaniyati ham muhim oʻrin tutadi, bu masala hanuz dolzarbligicha qolmoqda.

"Sogʻlom bola yili” Davlat dasturida koʻzda tutilgan chora-tadbirlar, avvalo shu muhim masalalarni hal qilishga qaratilgan.

Joriy yilda Davlat dasturini amalga oshirish jarayonida bu ishlarning barchasi yanada yuqori darajaga koʻtariladi. Dasturda avvalo ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan sogʻlom, mustaqil fikrlay oladigan, yuksak intellektual salohiyatli, chuqur bilimli va zamonaviy dunyoqarashga ega, mamlakat taqdiri va kelajagi uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir barkamol avlodni shakllantirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini ana shu maqsadlarga safarbar etishga doir keng miqyosli chora-tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Dastur yetti boʻlim va 125 banddan iborat boʻlib, unda bolalar tugʻilishi, taʼlim-tarbiyasi, oilada sogʻlom muhitni, uning iqtisodiy va maʼnaviy-ahloqiy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy soha rivojiga ajratilayotgan mablagʻlar samaradorligini oshirish bilan bogʻliq barcha masalalar aks etgan.

Birinchi navbatda, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash uchun qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, yangi qoida va meʼyorlarni ishlab chiqish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan.

Sakkizta qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. "Bolalarni jismoniy va maʼnaviy rivojiga zararli taʼsir koʻrsatuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”, "Aholining sanitariya-epidemiologik barqarorligi toʻgʻrisida”, "Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”, yangi tahrirdagi "Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”, "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari toʻgʻrisida”gi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir.

"Bolalarni jismoniy va maʼnaviy rivojiga zararli taʼsir koʻrsatuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunda bolalarni ularning ongini buzuvchi, ruhiy jarohat yetkazuvchi axborot taʼsiridan himoya qilish, ommaviy axborot vositalarida shafqatsizlik va zoʻravonlik targʻibotiga yoʻl qoʻymaslikning taʼsirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmlari koʻzda tutiladi.

"Sogʻlom bola yili” Davlat dasturida oilada mehr-oqibat va oʻzaro hurmat muhiti, yuksak ahloqiy va maʼnaviy qadriyatlarni barqaror qilish, yosh oilalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ona va bola salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar oʻz iqtidorini roʻyobga chiqarishi uchun zarur sharoitlar yaratish, ularning kundalik roʻzgʻor yumushlarini yengillashtirish kabi birinchi darajali vazifalar belgilangan.

Xotin-qizlar, bolalar va oʻsmirlarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida har oyda sogʻlomlashtirish haftaliklari tashkil etiladi, shuningdek, mamlakatimiz yetakchi tibbiyot muassasalari mutaxassislari ishtirokida olis tumanlarda yashovchi 145 ming nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

Yangi oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari, sanatoriya-kurort obʼektlari barpo etish, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlari davom ettiriladi.

Mamlakatimizda 130 madaniyat va dam olish markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, oʻn beshta yangi madaniyat va istirohat bogʻlarini barpo etish, mavjud yigirma toʻqqiztasini rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash rejalashtirilgan.

Maishiy texnika ishlab chiqarish va uni xarid qilish uchun isteʼmol kreditlari ajratishni kengaytirish hisobiga xotin-qizlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash va roʻzgʻor yumushlarini yengillashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. 194 tumandagi olis qishloqlarda goʻzallik saloni, tikuvchilik, taʼmirlash ustaxonalari va boshqa xizmat koʻrsatish korxonalaridan iborat namunaviy maishiy xizmat majmualari ochiladi.

Qishloq oilalarini zamonaviy uy-joy bilan taʼminlash, ularning turmush darajasi va sifatini yuksaltirish borasidagi ishlar yangi bosqichga koʻtariladi. 2014-yilda namunaviy loyihalar asosida 11 ming yakka tartibdagi uylar quriladi. Ikki ming yosh oilaga uy-joy qurish va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish uchun foizsiz ssudalar beriladi. Tumanlar markazlari va qishloqlarda suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini yaxshilashga doir qator yangi loyihalar amalga oshiriladi.

Joriy yilda sogʻlom farzandlar tugʻilishi va ularning salomatligini mustahkamlash uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. MDH mamlakatlarida oʻxshashi boʻlmagan zamonaviy koʻp tarmoqli bolalar markazini (IV darajali) qurish va uni yuqori texnologik tibbiyot uskunalari bilan jihozlash koʻzda tutilgan. Respublika ixtisoslashgan pediatriya ilmiy-amaliy markazining qator boʻlinmalari, ToshPTI klinikalari, 13 viloyat koʻp tarmoqli bolalar tibbiy markazlari, 62 tuman tibbiyot birlashmalari va boshqa tibbiy va tibbiy-ijtimoiy muassasalar quriladi hamda tubdan taʼmirlanadi. Ularning barchasi zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlanadi, bu bolalarga jahon standartlari darajasida ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish imkonini beradi.

Aholining sanitariya-epidemiologik barqarorligini taʼminlashning eng samarali vositalaridan biri yuqumli kasalliklar profilaktikasidir. Shu maqsadda turli infektsiyalarga qarshi yangi vaktsinalarning bosqichma- bosqich joriy qilinishini hisobga olib, bolalarni emlash dasturini takomillashtirish zarur. Milliy emlash taqvimi asosida kontingentning kamida 97 foizini qamrab olgan profilaktik vaktsinatsiya qilish koʻlami kengaytiriladi.

Yil davomida maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari va oʻquvchilarning 6,6 millionga yaqini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi, tarkibida yod moddasi boʻlgan dori-darmonlar vositasida sogʻlomlashtiriladi. Qishloqlarda yashaydigan onalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash maqsadida 400 ming nafar homilador ayol maxsus polivitaminlar bilan bepul taʼminlanadi.

"Sogʻlom bola yili” Davlat dasturida maktabgacha taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash, shu jumladan, ularni tubdan taʼmirlash va jihozlash, yangilarini qurishga yoʻnaltirilgan aniq vazifalar belgilangan. Bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha mutlaqo yangi dasturlarning ishlab chiqilishi va joriy etilishi belgilangan boʻlib, ularda bolalarning aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi koʻzda tutilgan.

"Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish dasturining amalga oshirilishi jarayonida 66 shunday markazlar tubdan taʼmirlanadi va jihozlanadi. Bu bolalarni ijodga, shu jumladan, texnik ijodiy ishlarga yanada keng jalb qilishga koʻmaklashadi.

Boshlangʻich sinflarda oʻqitish sifatini yanada koʻtarish choralari belgilangan. Jumladan, 1-4-sinf oʻquvchilari uchun oʻquv dasturlari va darsliklarning qayta koʻrib chiqilishi, shuningdek, oʻqituvchilar uchun tegishli uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.

2014/2015 oʻquv yilida 2,6 million oʻquvchi 575 nomdagi 25 million nusxa darsliklar va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlanadi.

"Milliy umumtaʼlim elektron kutubxona” loyihasining amalga oshirilishi ham bolalarning intellektual rivojlanishiga koʻmaklashadi. Loyihada turli bilim olishga oid va oʻquv materiallarini elektron formatga oʻtkazish markazi, multimedia axborot resurslari markazi, shuningdek, integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻi tashkil etilishi, Oʻzbekistondagi barcha axborot-kutubxona muassasalarining 2020-yilgacha ushbu tarmoqqa ulanishi moʻljallangan.

Mamlakatimizda ota-ona mehridan mahrum va imkoniyati cheklangan bolalarga alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatib kelinmoqda. 2015-2017-yillarda Mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va maktabgacha tarbiya muassasalarining moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash, rivojlangan davlatlarning ilgʻor tajribasini hisobga olgan holda oʻquv-tarbiya jarayonini tubdan takomillashtirish choralari koʻriladi.

Bu yil rejalashtirilgan qator qiziqarli tadbirlar oʻquvchilarning aqliy, ijodiy va sportga oid layoqatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Namangan viloyatida oʻtadigan "Barkamol avlod” sport oʻyinlari, bolalar ijodiyoti respublika festivallari, "Ona yurt navolari” xalq cholgʻu asboblari xalqaro tanlovi, "Eng yosh ixtirochi” tanlovi va boshqa tadbirlar shular jumlasidandir.

Davlat dasturida 60,1 mingta oʻquv oʻringa moʻljallangan 380 umumtaʼlim maktablarini rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash, ularni kompyuter texnikasi, oʻquv-laboratoriya jihozlari va boshqa uskunalar bilan taʼminlash belgilangan. Bundan tashqari, 161 kasb-hunar kolleji va akademik litsey, 48 bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 110 bolalar sport obʼektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va tubdan taʼmirlash rejalashtirilgan.

Mamlakatimizda bolalarning chet tillarni oʻrganishiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda maktablardagi chet tillari xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya va texnika vositalari bilan jihozlash koʻzda tutilgan.

Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettiriladi. Jumladan, 586,9 ming nafar birinchi sinf oʻquvchilariga oʻquv jihozlari toʻplamlari va 6,5 million nusxadagi darsliklar, umumtaʼlim maktablarining 500 mingdan ortiq 2-sinf oʻquvchilariga chet tillar boʻyicha multimediali ilovali darsliklar bepul beriladi.

Yozgi taʼtil davrida bolalarning hordiq chiqarishi va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishini taʼminlash maqsadida sogʻlomlashtirish oromgohlariga 280 ming nafar oʻgʻil-qiz imtiyozli, 35,7 ming nafari bepul yoʻllanmalar bilan taʼminlanadi.

Toshkent va Termizdagi hayvonot bogʻlarining, Toshkentdagi botanika bogʻining rekonstruktsiya qilinishi, Samarqand va Fargʻonada Toshkent hayvonot bogʻi filiallarining ochilishi, Zarafshon shahrida akvapark qurilishi, shuningdek, Respublika qoʻgʻirchoq teatri va «Tomosha» bolalar musiqali teatr studiyasining kapital taʼmirdan chiqarilishi moʻljallangan.

Xalqimizga xos bagʻrikenglik, muhtojlarga koʻmak berish kabi fazilatlarni aks ettiruvchi koʻplab tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirilgan. Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan kam taʼminlangan oilalar farzandlariga 516,9 ming toʻplamdagi qishki kiyim va 3,1 million nusxada darslik, oʻquv qurollari bepul beriladi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va kam taʼminlangan oilalar farzandlarini xalqimizning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishtirish maqsadida Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlariga bepul sayohatlar, shuningdek, muzeylar, hayvonot va botanika bogʻlariga ekskursiyalar tashkil etiladi.

2014-yil noyabr oyida Toshkentda «Bola uchun ijtimoiy sheriklik: milliy va xorijiy ilgʻor tajriba» mavzusida xalqaro forum oʻtkaziladi.

Mamlakatimiz uchun dolzarb ushbu vazifalarni oilalar, maktablar, sogʻliqni saqlash tizimi, davlat va jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining oʻzaro hamkorligida amalga oshirish mumkin.

Davlat dasturida sogʻlom bolani tarbiyalashda, oilalarga, birinchi navbatda, yosh oilalarga oʻz vaqtida va manzilli moddiy hamda maʼnaviy koʻmak berishda mahalla institutining huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga, rolini oshirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

"Sogʻlom bola yili” Davlat dasturida belgilangan ezgu ishlarning roʻyxatini yana uzoq davom ettirish mumkin.

Prezidentimiz Islom Karimov taʼkidlaganidek, biz tayanchimiz va suyanchimiz, gʻururimiz va iftixorimiz boʻlmish bolalarimizga, farzandlarimizga ishonch bilan, hurmat-eʼtibor bilan qarashni kelajagimizga boʻlgan ishonch, millatimizga, xalqimizga boʻlgan hurmat-ehtirom ifodasi, deb bilamiz.

"Sogʻlom bola yili” Davlat dasturi buning yana bir yorqin tasdigʻidir. Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarga 4 509,2 milliard soʻm va 302,9 million dollar miqdorida mablagʻ yoʻnaltiriladi. Mazkur dasturning bajarilishi mamlakatimiz uchun asosiy maqsadi inson huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar yoʻlida navbatdagi muhim qadam boʻladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026