22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 00:15
Qishloq xoʻjaligi 👁 991

QAYNOQ MEHNAT VA GʻALABA SUPUPI

QAYNOQ MEHNAT VA GʻALABA SUPUPI

Ayni kunlarda tumanimizning bepoyon paxta dalalarida paxta hosilini nest-nobud qilmay yigʻishtirib olish maqsadida fermer va dehqonlar fidoyilik bilan mehnat qilmoqdalar. Oppoq chamanday ochilgan paxtazorlar nafaqat paxtakor fermer va dehqonlar, balki oliyhimmat xalqimiz uchun ham chinakam mehnat maydoniga aylangan. Ularning hamjihatlikdagi mehnatlari tufayli tumanimizda yuksak hosil xirmoni bunyod etildi. Mehnat zafariga hissa qoʻshgan ana shunday fidoyilardan bir guruhini suhbatga chorladik.

Jumaboy ASQAPOV, “Tosh yop” MMTP raisi:

– Bizning “Tosh yop” muqobil mashina traktor parkimiz Tosh yop ovulidagi 8 ta fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatadi. Jami paxta maydonlari 276 gektarni tashkil etadi. Ushbu maydonlarda koʻklamda yerga urugʻ oʻz muddatlarida va sifatli ekilishi taʼminlandi va tekis nihol olishga erishildi. Pudratchi va mexanizatorlarimizning yoz boʻyi qilgan fidoyi mehnatlari natijasida moʻl hosil yetishtirildi.

Kuzgi yigʻim-terim uyushqoqlik bilan tashkil etilgani, terimchilarning unumli ishlashlari uchun munosib sharoitlar yaratilgani oʻzining samaralarini berdi: tumanda birinchilardan boʻlib, yillik reja ado etildi.

Shu kungacha ovuldagi fermer xoʻjaliklari paxta dalalaridan 603 tonna oʻrniga 660 tonnadan ziyod hosil yigʻishtirib olinib, yillik shartnomaviy reja 110 foizdan oshirib bajarildi.

Biz tumanimiz paxtakorlari erishgan bugungi yuksak mehnat zafariga oʻzimizning hissamizni qoʻshganimizdan quvonamiz.

***

Pahim DAVLETOV, terim otryadi rahbari:

– Men Oʻrta qalʼa ovulidagi “Ermanov Oʻrozboy” fermer xoʻjaligida terim otryadi rahbariman. Fermer xoʻjaligimizda 65 nafar pudratchi faoliyat yuritadi. Paxta yigʻim-terimi jarayonida terimchilarga yetarli sharoitlar yaratib berilayotganligi, ularga topshirgan paxtasi uchun terim pullarining oʻz vaqtida berib borilishi natijasida uyushmagan aholidan 70 nafar koʻngilli terimchilar yordamga kelishdi. Ularning hamjihatlikdagi mehnatlari natijasida rejadagi 242 tonna oʻrniga 270 tonnadan ortiq paxta topshirishga erishildi.

Fermer xoʻjaligimizning bu yuksak xirmoniga pudratchi Maqsud Doʻschanov oilasi 4 tonna, uyushmagan aholi hisobidan kelgan terimchilardan Zaynab Ollamova 3,5 tonna va Muyassar Pahimova 3 tonna paxta terib topshirib, munosib hissasini qoʻshdilar.

Biz dalalardagi barcha paxta hosilini nest-nobud qilmasdan yigʻib-terib olib, davlat xirmoniga topshirishga harakat qilayotirmiz.

***

Poʻlat SAIDOV, Navoiy nomli MFY kotibi:

– Yigʻim-terim mavsumi boshidanoq mahallamiz uyushmagan aholisi tashabbus bilan chiqdilar: “Har bir oila – paxtakorlarga madadkor!” shiori ostida 11-sentyabr kuni 120 nafardan ziyod aholi vakillarini birlashtirgan koʻngilli hasharchilar guruhi tuzilib, “Yusufxoʻja”, “Erlapas” fermer xoʻjaliklari dalalarida paxta terimini boshlab yuborishdi. Amir Temur nomli ovul hududidagi fermer xoʻjaliklarida oʻz ijara yerlari mavjud boʻlgan 50-60 nafar kishi esa oʻzlari mehnat qilayotgan fermer xoʻjaliklarida paxta yigʻim-terimida faol qatnashmoqda.

Mahallamizning koʻngilli hasharchilar guruhi aʼzolari kuniga 11,5-12 tonna paxta terishmoqda. Birinchi terimda qoʻlda terilgan har bir kg. paxta uchun 800 soʻmdan, ikkinchi terimda 1000 soʻmdan ish haqi berildi. Ilgʻor terimchilarimiz kuniga 120-130 kg., hatto undan ham koʻproq paxta terishga erishishayapti.

Terimchilar uchun “Yusufxoʻja” va “Yerlapas” fermer xoʻjaliklari rahbariyati tomonidan yaxshi dam olish, qulay mehnat sharoiti yaratilgan. Dala boshida har kuni issiq ovqat bilan taʼminlangan terimchilar ish unumini yanada oshirmoqda.

***

Oʻtkir MATYoQUBOV, “Agrobank” Amudaryo filiali boshqaruvchisi:

– Tumanimiz paxtakorlarining erishgan yuksak mehnat gʻalabasida bizning “Agrobank” Amudaryo filialimiz xodimlarining ham hissalari bor. Filialimiz tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun fermer xoʻjaliklarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 2019-yil boshidan bugungi kunga qadar texnika vositalarini sotib olish uchun jami 3 mlrd. 961 mln. 257 ming soʻm kredit ajratildi.

Shu bilan birga paxta hosildorligini oshirish va suv resurslaridan tejamli foydalanish maqsadida paxtachilik fermer xoʻjaliklari maydonlarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish uchun 2 mlrd. 200 mln. soʻm kredit ajratildi.

Filialimiz tomonidan tumanimizdagi 366 ta fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Paxta hosilini yetishtirish uchun fermer xoʻjaliklariga jami 72 mlrd. 850 mln. soʻm imtiyozli kredit ajratildi. Paxta hosilini yigʻib-terib olish mavsumida terimchilarga terim pullari oʻz vaqtida yetkazib berilmoqda.

***

K.BOBOJONOV, “Qoraqalpoqagrokimyohimoya” AJ tuman filiali boshligʻi:

– “Qoraqalpoqagrokimyohimoya” AJ tuman filiali jamoasi bu yil ham tumanimiz paxta dalalarida moʻl hosil toʻplanishiga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshib, paxtakorlar xizmatiga hamisha shay boʻlib turdilar.

Tumanimizda bu yilgi gʻoʻza parvarishi davrida har bir gektar yerga oʻrtacha 174 kg.dan jami 2653,5 tonna fosforli, har bir gektar yerga 49 kg.dan jami 747,25 tonna kaliyli, har bir gektar yerga oʻrtacha 611 kg.dan jami 9321,75 tonna azotli oʻgʻitlar sarflandi.

Shuningdek, bu yilgi mavsumda qishloq xoʻjaligi ekinlarini, jumladan, paxta oʻsimligini qishloq xoʻjaligi zararkunandalaridan himoya qilish maqsadida ham bir qancha ishlar amalga oshirildi, tumandagi mavjud 16 ta biolaboratoriyalar faoliyatidan ham samarali foydalanildi.

***

Kengesboy DavLetyarov, Nazarxon OFY raisi:

– Paxta yigʻim-terim mavsumi boshidanoq koʻngilli ravishda paxta terimiga chiqishni xohlovchilar safi kun sayin oshib, ikki-uch kun ichida 500 nafarga yetdi. Bugungi kunga kelib har kuni 613-620 nafar kishi ovul hududidagi barcha fermer xoʻjaliklari dalalarida guruhlarga boʻlingan holda, kuniga 40-42 tonnadan ziyod hosilni yigʻib-terib olishda dehqon va fermerlarga koʻmakdosh boʻlishmoqda.

Terimchilar uchun dalalar boshida qaynagan suv, tushlik tashkil etilib, ish haqlari oʻz vaqtida hisob-kitob qilib borilayotgani kunlik surʼatning oshishini taʼminlamoqda. Hasharga chiqayotgan aholi hamjihatlikda mehnat qilib, tumanimizning 2019-yilgi yuksak hosil xirmoniga 22-sentyabrdan 8-oktyabrga qadar salkam 700 tonnaga yaqin paxta terib berishdi.

***

Ilhom POlvonov, “Bekman Allaberganov” fermer xoʻjaligi raisi:

– Bizning fermer xoʻjaligimiz joriy yilda 19 gektar maydonga ekilgan kuzgi bugʻdoyni yaxshi parvarish qilib, hosildorlikni 75 tsentnerga yetkazishga, shu bilan birga 66 gektar maydonga paxta ekib, uning parvarishini yuksak agrotexnika qoidalari asosida tashkil etishga va har bir tup gʻoʻzada moʻl hosil toʻplashga muvaffaq boʻldi.

Biz paxta yigʻim-terimi boshlangan paytdanoq terimchilar uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga harakat qildik. Terimchilarga yaxshi sharoitlar yaratilayotgani, terim pullarining oʻz vaqtida berilayotgani sababli har kuni ovulimizdagi uyushmagan aholidan 100 nafari paxta terimida ishtirok qildilar. Natijada qisqa fursat ichidayoq shartnomaviy rejani oshirib bajarishga, yaʼni davlatga 145 tonna oʻrniga 200 tonna paxta topshirishga muvaffaq boʻldik.

Bizning bu yutuqlarimizga pudratchi terimchilardan Gulora Oʻtaboyeva 8 tonna, Sherali Asqarov 5 tonna, Saida Xoʻjamurodova 4 tonna paxta terishib, munosib hissa qoʻshdilar. Shuningdek, uyushmagan aholi hisobidan kelgan chevar terimchilardan Shirin Dushamova 4 tonna, Pohatoy Qurbonboyeva 4 tonna, Umida Xudoyberganova 3,5 tonna va Muslima Qoʻchqorova 3 tonna paxta terib berdilar. Biz bugungi quvonchli kunda bu ilgʻor terimchilarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Paxta dalalarimizda hali hosil moʻl. Paxta terimini qizgʻin davom ettirib, tumanimiz xirmonining yanada yuksalishiga oʻz hissamizni qoʻshamiz.

***

Erkinboy TOʻPAYeV, “Amat Toʻrayev” fermer xoʻjaligi raisi:

– Joriy yilda bizning fermer xoʻjaligimizda 62 gektar paxta maydonidagi gʻoʻza nihollari parvarishida barcha agrotexnik tadbirlarni oʻz muddatlarida olib borganimiz tufayli gʻoʻza nihollarimiz hosildor boʻlib yetildi. Kuzning ilk kunlarida hosil yigʻim-terimiga kirishgan boʻlsak, sentyabr oyi oxirida yillik shartnomaviy rejamizni oshirib bajarishga erishdik. Mavsumda dalalarimizda 50-60 nafar terimchilar gʻayrat-shijoat bilan ishladilar. Ayniqsa, Gulnoz Boltaboyeva, Shohida Sobirova, Salomat Saymonova, Nasiba Yerboyeva kabi pudratchilarimiz mavsum davomida kuniga 150-140 kg.dan paxta terib, barchaga namuna boʻldilar.

Shu kungacha fermer xoʻjaligimizda yillik rejaning 110 foizidan ziyod hosil yigʻishtirib oldik. Bu bizning tumanimizning yuksak paxta xirmoniga qoʻshgan hissamizdir.

***

Azamat Qurbonboyev, “Fidoyi yoshlar otryadi” aʼzosi:

– Joriy yildagi yigʻim-terim mavsumida ham Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan “Fidoyi yoshlar otryadi” tashkil etildi. Otryadga 810 nafar vaqtincha ish bilan band boʻlmagan yoshlar jalb qilindi.

Men ham 150 nafar otryad aʼzolari qatorida Namuna mahallasi hududidagi fermer xoʻjaliklarida paxta terimida ishtirok etmoqdaman. Bu yerda biz terimchilar uchun yetarli sharoit yaratilgan.

Dastlabki oʻn kunlikda 1,5 tonna paxta terib, paxta xirmonimizning yanada yuksalishiga oʻz hissamni qoʻshdim. Qisqa vaqt ichida 1 mln. 200 ming soʻm miqdorida pul olib, daromadga ega boʻldim. Ittifoqning tuman Kengashi va homiylar bizni qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlashdi.

Tumanimizning “oq oltin” xirmoniga hissa qoʻshganimdan baxtiyorman.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026