SAYLOVGA DOIP ÖQUV-SEMINAPLAP ÖTKAZILMOQDA
Joriy yilning 22-dekabrida Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga, viloyat, tuman Kengaşlariga bölib ötadigan saylovlar mamlakatimiz hayotida ğoyat muhim ijtimoiy-siyosiy voqea bölib hisoblanadi. Çunki mamlakatimizning ertagi kuni, yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning surʼati va davomiyligi, natijasi saylovçilar qabul qiladigan qarorga köp jihatdan boğliq.
Mamlakatimiz Prezidenti Ş.Mirziyoyening 2018-yil 6-noyabrda qabul qilgan 4004-sonli Qarorida ham saylovlarga tayyorgarlik köriş va ötkaziş, fuqarolar konstitutsiyaviy saylov huquqlarining amalga oşirilişini taʼminlaş böyiça umumeʼtirof etilgan xalqaro printsiplar va standartlarni hisobga olgan holda, saylov tizimi va qonunçiligini bosqiçma-bosqiç leberallaştiriş mamlakatimizda saylov tizimini yanada takomillaştirişning eng muhim yönalişlaridan biri etib belgilangan.
Ayni kunlarda butun mamlakatimizda bölgani kabi tumanimizda ham yaqinlaşib kelayotgan saylovlarga tayyorgarlik işlari qizğin tus olmoqda, fuqarolarga bu borada maʼlumotlar beruvçi tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda. Şuningdek, tumandagi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, viloyat va mahalliy Kengaşlarga saylov ötkazuvçi okruglar, uçastkalar saylov komissiyalari aʼzolari uçun saylovlarni uyuşqoqlik bilan, amaldagi qonuniy-meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq ötkazilişiga erişiş uçun bu boradagi özgarişlarni tarğib etişga bağişlangan öquv-seminarlari ötkazilmoqda, “bitta saylovçi – bitta ovoz” tamoyilini amalga oşiriş lozimligi tuşuntirilmoqda.
11-14-noyabr kunlarida ötkazilgan öquv-seminarlariga dastlab Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Qoraqalpoğiston Pespublikasi Jöqorği Kengesi va Amudaryo tuman Kengaşiga saylov ötkazuvçi okruglardagi uçastka saylov komissiyalari aʼzolari ikki guruhga bölingan holda jalb qilindi.
Ularga saylovga doir qonunçilikdagi özgarişlar xususida, 22-dekabr kuni saylovlarni namunali va faollik bilan ötkazilişini taʼminlaş xususida maʼruzalar öqilib, bu boradagi bilimlari mustahkamlanmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶