16-sonli IDUMda maʼnaviyat soati ötkazildi
18-noyabr Özbekiston Respublikasi Davlat Bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan tumanimizdagi 16-sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabining 2-“A” va “V” sinflarida maʼnaviyat soati ötkazildi.
Har bir sinf öquvçilari ustozlari bilan birgalikda Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganligiga 28-yil tölişi munosabati bilan uning tarixi haqida suhbatlaşdi.
Öquvçilardan Zulayho Qurbonboyeva bayroğimiz eniga 250 sm, böyiga 125 sm ölçamdagi, töğri törtburçak şaklidagi mato bölib, har birining eni 40 sm keladigan, moviy oq va yaşil çiziqlaridan iborat ekanini gapirib berdi. Şu bilan birga öquvçilar Vatanga bölgan muhabbatini mana şu milliy bayroğimizni tariflaş orqali körsatişdi.
2 -”V” sinf öquvçilari esa bu bayram tadbirni davom ettirgan holda özlari tayyorlagan sahna körinişi, şeʼrlari va musiqiy çiqişlari bilan barçani xuşnud qildi.
Boşlanğiç sinf öqituvçilaridan Manzura Allaniyazova va Sumbul Matnazarova lar öquvçilarga zamonaviy ped texnologiyalardan foydalangan holda yangi usullar bilan dars ötiş mahorati va öquvçilarning kelajakda yetuk inson bölişi yölida bor kuç –ğayrati, sabotini ayamasliklari bilan jamoa etiborini va mehrini qozongan.
Şukurjon Jumaniyazova, 16- sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabining boşlanğiç sinf öqituvçisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶