36-sonli maktabda profilaktik tadbir ötkazildi
Yoşlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş eng muhim masalalardan biriga aylangan. Çunki, yoşlar Vatan kelajagi va ertangi kun egalaridir. Şu sababdan ham, Özbekiston yoşlari örtasida turli xil illatlarning oldini oliş, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş maqsadida hukumatimiz tomonidan salmoqli işlar amalga oşirilmoqda.
Mamlakatimizda har payşanba - profilaktika kuni deb eʼlon qilinişi munosabati bilan taʼlim muassasalarida ham uçraşuvlar ötkazilib, ularda prokuratura va içki işlar organlari xodimlari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoşlar Ittifoqi, Xotin-qizlar qömitasi vakillari iştirok etmoqda.
21-noyabr kuni “Payşanba – Huquqbuzarlik profilaktikasi” kuni munosabati bilan tumanimizdagi 36-sonli umumtaʼlim maktabida voyaga yetmagan yoşlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ular örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, ularni ğoyaviy va ommaviy madaniyat taʼsiriga tuşib qolişidan saqlaş maqsadida profilaktik tadbir ötkazildi.
Aytiş kerakki, hozirgi kunda 36-sonli umumtaʼlim maktabida 838 nafar öquvçi-yoşlarga 76 nafar pedagog xodimlar taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.
Maktab öquvçilari fanlar olimpiadasi, bilimlar bellaşuvining tuman va respublika bosqiçlarida faol qatnaşib keliişadi.
Yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş maqsadida maktabda turli körik-tanlovlar, sport musobaqalari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazilmoqda va “5 ta taşabbus” loyihasi doirasida tögaraklar taşkil etilgan.
Tadbirda yoşlar bilan işlaş böyiça profilaktika inspektori Çingiz Seytnazarov, 36-sonli umumtaʼlim maktabining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Bahrom Xöjamuratov, yoşlar ittifoqi yetakçisi Nigora Bozorboyeva, maktab psixologi Mahfuza Muratboyeva, “Çordara” mahalla fuqarolar yiğini mutaxassisi Boğdagul Pizayeva hamda 186 nafar öquvçi-yoşlar iştirok etişdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar jinoyatçilikka qarşi kuraşiş barça davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelinganligi, inson tinç va xotirjam yaşaşni hohlaşi va tinçlik bölgan joyda baraka va rivojlaniş bölişini alohida taʼkidlab ötişdi.
Aksariyat jinoyatçilarning şaxsi, dastlab tarbiyasizlik oqibatida şakllanişi, tarbiyasi oğir ösmir – axloqan tuzatiş va qayta tarbiyalaşga muhtoj bölişi, uni axloqan tuzatiş va tarbiyalaş jinoyatçiga aylanişining oldini oliş, şuningdek, jamiyat bilan normal aloqalarini tiklaş, unda faol hayotiy pozitsiyani şakllantiriş zarurligi alohida qayd etib ötildi.
Uçraşuvda öquvçilar bilan savol-javob va bahs-munozara ötkazildi, yoşlar özlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olişdi.
Aytiş joizki, yoşlar örtasida huquqbuzarliklarning oldini oliş tizimining samarali işlaşi içki işlar idoralari profilaktika xizmati xodimlari, ular bilan yonma-yon faoliyat körsatayotgan jamoat tuzilmalarining vakillari hamda fuqarolar hamkorligining töğri taşkil etilişiga boğliqdir.
Bu kabi yiğilişlar esa jamiyatda yoşlarning huquqiy madaniyati va huquqiy qaraşlarini yuksaltirişga hamda qonunga itoatkorlik xulqini şakllantirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Zero, yoşlar örtasida huquqbuzarliklarning oldini oliş – butun jamiyatning vazifasi.
Iroda Erdoşeva, jamoatçi muxbir

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶