MÖYNOQ TAASSUROTLARI
Tuman Tibbiyot birlaşmasi maʼmuriyati va kasaba uyuşmasi Vatanimiz mustaqilligining 28 yilliga biz - tibbiyot xodimlari uçun munosib sovğa hozirladi: Bayram taʼtilida biz uçun Möynoqqa sayohat taşkil qilib berişdi. Safarimizni zamonaviy, ikki salonli “Yupeng” avtobusida amalga oşirdik. Ön ikki soat davom etgan sayohatda butun umrimizga tatigulik maʼnaviy ozuqa oldik. Vatanimizga muhabbatimiz oşdi.
XX asr fojeasi bölgan Orol dengizini köriş hammani qiziqtiradi. Şu bois Orol böyida körganlarimni, his qilganlarimni badia tarzida yozişga qaror qildim. Yozganlarim öquvçilarga maʼnaviy ozuqa berişidan umidvorman.
Sayohatimiz bayramona bezatilgan, Qoraqalpoğiston poytaxti Nukus şahridan boşlandi.
Biz poytaxtning gözal, orasta köçasidan ötib. Xöjayli tumaniga ötdik.
Xöjayli - Qönğirot ikki tomonlama beton yöli özining keng va ravonligi bilan hayratga soldi kişini. Qönğirot-Möynoq yöli esa taʼmirtalab bölib qolibdi: buzilgan, önqir-çönqir joylari bor.
Uzoq yöl yurib, nihoyat, Möynoq şahriga kirib bordik va yöl azobini tezda unutdik. Çunki körganlarimiz dilimizni yayratdi. Har bir şaharning öziga xos qiyofasi böladi. Möynoq ham uzoq yölimiz poyonida öziga xos gözal va maftunkor qiyofada köz öngimizda gavdalandi.
Uzoqdan baland tepalik körindi. Tepalik ustiga bir yodgorlik örnatilgan ekan, oq yelkanli kema. Tepalik atrofida xitoy devorini eslatuvçi tik jarlik – dengiz sohili. Bizni şu tepalikka boşlaşdi. Bu tepalik avvallari Möynoqning porti bölgan joy ekan. Şu joyda 1960-yilgaça bandargoh bölgan, odamlar şu joydan kemalarga ötirgan ekan. Hozir bu bandargoh yöq, lekin uning örnida zamonaviy bino qurilgan. Oynavand bino tepasida ikki ayvonli minora qad rostlagan.
Biz minora tepasiga çiqib atrofni tomoşa qildik. Bu yer öziga xos sayyohlar oşyoni ekan. Atrof qamişdan yasalgan tösiq devor bilan öralgan, beşta çiroyli, oppoq ötov, favvora va hovuzi ham bor, yozgi şiypon qurilgan. Şu şiypon va ötovlarda sayyohlar tamaddi qilib olişlari, hordiq çiqarişlari mumkin.
Bizga ham 50 kişilik dasturxon bezatilibdi. Tamaddi qilib olgaç, tepalikdagi qadim jarni tomoşa qildik. Sal narida yangi zamonaviy “Orol tarixi” muzeyi qad rostlagan. Tepalik uç tomondan jar bilan öralgan. Oldin bu joylar dengiz bölgan, jarda uning tölqinlarining izi qolgan.
Tepalikning balandligi taxminan 300 metrga, uzunligi 600 metrga teng.
Tepalikdan dengizga tuşiş uçun zamonaviy temir konstruktsiyali zinapoya yasalgan. Zina pillapoyalaridan pastga - Orol dengiziga tuşa boşlaymiz.
Mana dengiz tubi: u yerda önta kema qumga kömilib turibdi, zang bosib, ilma-teşik bölib ketgan, faqat skleti qolgan kemalar. Atrofida çiğanoq soçilib yetibdi.
Tepaga qaraymiz - sohil tepasida oq yelkanli kema viqor bilan qad rostlab turibdi. Yuqoriga şoşilamiz, öşa kema yoniga oşiqamiz!
Yodgorlikning kema qismi Orol dengizining 1960-yildan keyingi ahvolida söz oçadi. Orol qurigan, ammo umidsizlikka tuşmaydi, oppoq yelkan dengizning qaytişiga işonçni bildiradi.
Yodgorlik poyida toşga uç tilda: ingliz, rus va özbek tilida lavhalar bitilgan. Öşa lavhalarni öqiymiz: “U bu yerga har kuni kelardi, har kuni kelib uning qaytişini kutardi, u esa kelmasdi. Bu ahvol uzoq yillar davom etardi. U esa har kuni “U keladi” deyişdan çarçamasdi “U keladi, u albatta keladi!”. Juda sirli lavha, mavhum lavha, uni öqigan sayyohning boşi qotişi aniq: “Kim kimni kutmoqda?” lekin atrofdagi manzaralarning özi sayyohni bu sirdan ogoh qiladi: möynoqlik keksa baliqçi dengiz sohiliga kelib dengiz qaytişini sadoqat bilan kutdi. Fojea röy berib, hamma şaharni taşlab ketganda ham keksa baliqçi qolgan, uning çaylasi va ikkita kemasi hamon saqlanmoqda. Oradan yillar ötib, keksa baliqçi bu yoruğ olamni tark etdi, ammo uning avlodlari hali-hanuz sohilga kelib, qirğoqni tark etgan Orolga köz tikadi: “U keladi” deydi. Biz ham bu maxzun hikoya taʼsirida ufqqa tutaşib ketgan taqir kengliklarga tikilamiz “U keladi!” deymiz.
Möynoq möʼjizakor göşa. Qurigan Orol qoldirgan yalangliklar şunçaki çöl emas, u planetamizdagi heç bir çölga öxşamaydi. Bu yerda öziga xos sirli voqealar bölib turadi. Mana hozir ham bir neçta joyda havo girdoblari, tözonlar paydo bölayotganini körayapmiz. Ular goh u joyda, goh bu joyda paydo bölmoqda. Baʼzan qöşilib, quyuq, tutun bölib, kökka örlamoqda.
Baʼzilar bunday hodisani Orol ruhi, keksa baliqçi ruhi kezib yuribdi deb hisoblaşdi.
Tepalikda aks etgan quriyotgan Orol, kema va oq yelkan duoga oçilgan qöl ramzidir göyo.
Möynoqliklar Orolning qaytişiga işonişadi. Inson va dengiz ruhi kezib yurgan bu hududda bölgan har bir kişi bu duoga qöşiladi: “U qaytadi”, deydi, “u qaytsin”, deydi.
Kunning ikkinçi yarmida biz yangi Möynoqni kördik, ekologiya muzeyida böldik.
Bu muzeyning bir qismi oçiq osmon ostida joylaşgan ekan. Birinçi eksponat quriyotgan Orol: qurigan hovuz, hosil bölgan qoyalar, ölgan baliqlar, atrofdan qoçib borayotgan tuyalar, uçib ketayotgan quşlar. Navbatdagi eksponatda çaraqlab turgan quyoş – bu ertangi kunga işonç, istiqbolga işonç. Endi boşqa manzaralar beşta antiqa ötov: atrof eşiklari oynavand. Bu ötovlarda turli xil eksponatlar qöyilgan, Orolning tirik tabiati, Orolböyi xalqlarining madaniyati. Bu eksponatlarni ötov içiga kirmasdan ham tomoşa qilib ötiş mumkin. Keyingi eksponat Orolning kelajagi: suvi tölgan, pörtana bölib mavjlanib turgan hovuz.
Maftunkor Orol, jöşqin Orol! Ekologiya muzeyi içiga kiramiz, zamonaviy zalda Orol va Orolböyining keçagi va bugungi kuni aks etgan. Devordagi monitorlarda Orol dengizi haqdagi barça maʼlumotlar jonli aks ettirilmoqda. Ekologiya muzeyidan çiqib “Möynoq siti” böylab sayr qildik. Madaniyat markazi, Möynoq tekstil kombinati, baliq kombinati, stadion, amfiteatr, hamma qurilişlar öz nihoyasiga yetgan, zamonaviy jihozlangan. Hamma joy yam-yaşil: arçalar, gullar, çamanzor. Favvoralar köngilingizga yanada jöşqinlik soladi. Çeksiz sahroda gözal kelinçakdek yasanib yotgan Möynoq köçalarini kezib, könglimda bir şeʼr tuğildi.
Közi yumilgan Orol
Davr-u davroning keldi.
Sörab kelgan edim hol,
Şodlandim, könglim töldi.
Bu işlarning boşida,
Turgan ekan Yurtboşim.
Umring ötar osuda,
Holing sörar qardoşim.
Buloqlaring köz oçib,
Obi-hayot taratar.
Bugun bağring yam-yaşil,
Körgan közni yayratar.
Qumga kömilgan kema,
Suv yuzini körajak,
Bular töyu-tantana,
Orol suvga tölajak!
Yal-yal yaşnagan Möynoq,
Orolga yuz çayajak.
Intilganga tole naqd,
Senikidir kelajak.
Ey Hayratiy, Möynoqning,
Gul yuziga boqib qöy.
Möynoq – Orol töyiga
Yangi qöşiq töqib qöy!
Tojiboy DÖSANOV, tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶